«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni


-Mavzu. Schetlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə22/41
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86984
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na

4-Mavzu. Schetlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv.
O’rganiladigan savollar:


  1. Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi.Schyotlar to’g’risida tushuncha.

  2. Buxgalteriya schyotlari asosida xo’jalik muammolarining hisobga olish tpmoyillari.

  3. Schyotlar o’zaro bog’lanishi (koorespondensiya). Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlarni balansda umumlashtirishdagi o’zaro xosligi.

21- sonli BHMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» 2002 yil 23 oktabrda Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan.

Barcha schyotlar yo’nalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga bo’linadi:

- aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;

- majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;

- kapitalni hisobga oluvchi schyotlar.

Balansga nisbatan schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlar guruhiga bo’linadi.

Schyotlar to’rt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasida ishlatilayotgan korxona moliyaviy – xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tavsiya etilayotgan schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek sanalanishi va joylashish tartibi bo’yicha farq qiladi

Korxonalar schyotlar rejasiga asosan xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida o’z ishchi schyotlar rejasini tuzishlari zarur. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning ko’p yoki kam soniga ega bo’lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishni ta’minlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan bo’lishi va qo’shimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini o’zlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə