Referati bajardi: Soliq va soliqqa tortish yo`nalish talabasi Boymatov. J tekshirdi: Akbarov. A mavzu



Yüklə 459,88 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü459,88 Kb.
#135579
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
IKT


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI
“IQTISODIYOTDA INFARMATSION KAMUNIKATSION
TENOLOGIYALAR”fanidan
REFERATI
Bajardi: Soliq va soliqqa tortish yo`nalish talabasi
Boymatov.J
Tekshirdi: Akbarov.A
MAVZU:
Oracle ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining ishllash texnalogiyasi
REJA
1.Malumotlar bazasi ozi nima?
2.Oracle ma`lumotlar bazasi haqida.
3 Oracle ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining ishllash texnalogiyasi
4xulosa

Maʼlumotlar bazasi — markazlashtirilgan maʼlumotlar ombori. Maʼlumotlarni oʻqish, saqlash, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan. O´zining tezligi bilan ajralib turadi. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradi.SQL - bu ma'lumotlar bazalari bilan ishlash uchun standart til. SQL ma'lumotlar bazasi yozuvlarini kiritish, qidirish, yangilash va o'chirish uchun ishlatilishi mumkin. SQL ma'lumotlar bazalarini optimallashtirish va ularga xizmat ko'rsatishni o'z ichiga olgan boshqa ko'plab operatsiyalarni bajarishi mumkin. SQL tuzilgan so'rovlar tilini anglatadi, "SQL" yoki ba'zan "See-Quel" deb talaffuz qilinadi ... MySQL ma'lumotlar bazasi, Oracle, MS SQL Server, Sybase va boshqalar kabi relyatsion ma'lumotlar bazalari ANSI SQL dan foydalanadi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq . Ma‘lumotlar b azasini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarning nomlanganto‘plamidir. Ma’lumotlar bazasi - axborot tizimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, Access va boshqalarni misol qilish mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Tizilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi.Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi.Megabayt foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi.Megabayt tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompьyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompьyuterlarda saqlanadigan megabayt maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir.

Oracle ma'lumotlar bazasi nima? Ko'p yillar davomida, Oracle ma'lumotlar bazalari maksimal qulayligi, xavfsizligi, yuqori ishlashi va ishonchliligi bilan foydalanuvchilar beradi. tizimi mukammal o'zini ko'rsatadi va uning xususiyati har bir mijoz uchun muhim ahamiyatga ega. Eng keng ko'lamli axborot tizimlari, bu ma'lumotlar bazasidan foydalanish holda, albatta, mumkin emas. Oracle Ma'lumotlar Bazasi: Oracle Asosiy Xususiyatlari:
Axborot jamiyati jadal rivojlantirish muayyan vazifalar uchun mo'ljallangan turli texnologiyalarini rivojlantirishda olib keldi. Axborot ustuvor saqlash va apparat yordamida katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, yangi yo'llarini loyihalashtirish ehtiyoj edi. muammoni hal etish yaratish edi bir ma'lumotlar bazasi ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash usuli sifatida ma'lumotlar bazasi boshqarish tizimlari vositasi sifatida.A DBMS nima? Bazasi boshqaruv tizimi - dasturiy ta'minot bazasini yaratish uchun ishlatiladi vositalari, shuningdek, odamlar, qidirish to'plamidir, va ularning saqlanishi ma'lumot yangilash. ma'lumotlar silsilasini lingvistik va dasturiy majmui tomonidan nazorat qilinadi. Amalda, ma'lumotlar bazasi, odatda, axborot tizimlari yaratishda ishlatiladi.

Oracle – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi. Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko'ramiz. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.
Oracle ning juda ko'p utilitlari mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish, boshqarish uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi chunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi.
Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p ma'lumotlar bazasini boshqarish Tizim lari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi.
Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin.Faqatgina kerakli "ссылка" larni bosish kifoya. Har bir ma'lumotlar bazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo'ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brauzerlarda bu sahifa yaxshi namoyon bo'ladi va bazani xafsizligiga portlarni boshqarish yo'li bilan erishish mumkindir. Afzalliklari:Katta ma'lumotlarni qayta ishlaydi;SQL-ni qo'llab-quvvatlay olishi;Oracle relyatsion ma'lumotlar bazalaridan kiritish mumkinligi; Ma'lumotlarni o'qish va yozish uchun Java / C API bilan Oracle NoSQL ma'lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi.




1-1 rasmda ma'lumotlar bazasi va uning nusxasi ko'rsatilgan. Har bir foydalanuvchi misolga ulanishi uchun,mijoz- ilovasi dasturni ishga tushiradi. Har bir mijoz jarayoni o'zining server jarayoni bilan bog'liq . Server jarayoni o'zining shaxsiy sessiya xotirasiga ega, dasturiy maydon (PGA) deb nomlanadi .


Yüklə 459,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə