3
K I R I S H
Mustaqil O`zbekiston Respublikamizda bir necha yildan buyon yoshlarga
katta e’tibor beriladi. Zero prezidentimiz ta’kidlaganidek yoshlar bu –
kelejagimiz poydevoridir. Davlatimiz sog’lom va barkamol avlodini tarbiyalash,
yoshlarni o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, mamlakatimiz
yigit – qizlarini XXI-asr talablariga javob beradigan har tomonlama rivojlangan
shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart –sharoitlar va imkoniyatlarni
yaratish bo`yicha keng ko`lamli aniq yo`naltirilgan chora tadbirlarni amal oshirish
maqsadida muhtaram prezidentimiz I.A Karimov 2010-yilni “Barkamol avlod yili“
deb e’lon qildilar.
O`zbekiston Respulikasi prezidentining 2010-yil 28- yanvardagi “Barkamol
avlod yili” to`g`risidagi qarorida ilm fanni yanada rivojlantirish .iqtidorli va
qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, o`z ijodiy va intellektual
faoliyatini ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora
tadbirlarni ishlab chiqish “Barkamol avlod yili” dasturida asosiy vazifalardan biri
etib belgilab berilgan [1-2].
O`zbekiston Respulikasi prezidenti I.A.Karimovning Toshkentda 2010-yil
28-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi va
senatining qo`shma majlisida “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish kuchli
fuqarolik jamiyatini barpo etish – ustuvor maqsadlarimizdir ” mavzusidagi hamda
2010-yil 29-yanvarda 2009-yilning yakunlari va 2010-yilda O`zbekistonni ijtimoiy
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar
mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz –Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirish” mavzusidagi mazmun tahlillarga boy
ma’ruzalari biz yoshlarni ruhlantirib yubordi. Yurtboshimizning ichki va tashqi
siyosati yosh avlodni qo’llab-quvvatlash, fan cho`qqilarini egallash uchun
yaratgan qulay sharoitlari ,g`amxo’rligiga javoban biz yoshlar mo`jizakor kimyo
fani sirlarini ilg`or zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur
4
o’zlashtirishimiz jonajon O`zbekistonimiz , xalqimiz va prezidentimizga sodiq ,
ma’nan barkamol mutaxassislar bo’lib yetishishga bor kuchimiz va g’ayrati-
mizni sarflaymiz [1-2].
Shu o`rinda ta’kidlash lozimki nuklein kislotalar organizm uchun zarur
biopolimer moddalardir.
Oqsillar sintezi jarayoni ,organizmlarni irsiy va genetik o’zgaruvchanligi
mexanizmlari, irsiy kasalliklarni kelib chiqishi va avj olib borishi mexanizmlarini
tushuntirish uchun nuklein kislotalarni tuzilishi to’risidagi bilimlar zarur bo’lib
qoldi. Bu masalalarga faqat 20-yilning oxirida, hujayra yadrosidagi xromoso-
malarda, nuklein kislotalaning bir turi-dizoksiribonuklein kislota (DNK) ko`p
miqdorda topilishi tufayli chuqur e’tibor bera boshlandi.
DNK tuzilishi, nukleotidlar tarkibi, strukturasi va biosintezini chuqur
o’rganish XX-asr ikkinchi yarmida biokimyo fani sohasidagi buyuk kashfiyot-
lardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: