Darsning shiori : - -Oz-oz o’rganib dono bo’lur ,
- -Qatra-qatra yig’ilib , daryo bo’lur.
- Bilib oling !
- Shaxs , narsa nomlarini , shuningdek joy nomlarini bildirib kim ? , nima ? , qayer ? so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar ot deyiladi .Kim ? so’rog’i shaxsni bildiruvchi so’zlarga , nima? So’rog’i narsa – buyumni bildiruvchi so’zlarga , qayer ? so’rog’i joy nomini bildirgan so’zlarga beriladi . Shunga ko’ra otlar shaxs otlari narsa – buyum otlari o’rin– joy otlariga bo’linadi .
“ Muzyorar “ o’yini - “ Muzyorar “ o’yini
- O’quvchilar doira shaklida o’tiradilar , ular o’z ismi , harfi bilan boshlanadigan ot- so’z turkumiga oid so’zlar aytadilar . Koptokcha olgan o’quvchi ismiga mos otni aytib sherigiga otadi .
- Masalan :
- Sabina – sabzi , Munisa – meva , Adiba – anor ,
- Gulnoza – gul
1 – topshiriq: - Salima, chumoli ,
- Namangan, ota, daftar,
- Navoiy, ona, olma, atrof,
- Lolaxon, anor, bedazor,
- aka, qalam, gulzor, ustoz,
- parta, paxtazor.
Nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida mashqlar bajariladi: - O’lmasning onasi uyida o’tiradi , do’ppi tikadi . Qizlari ham onasiga qarashadigan bo’lib qolgan . Biri igna tortadi , biri piltakash uradi , biri do’ppini taxtakachga bostiradi , yana biri ipak qaynatadi , quritadi , xullas , namozgarda boshlangan do’ppi ertasiga tayyor bo’ladi .
-
- Guruhlar ushbu mashqdagi matndan ot-so’z turkumiga oid so’zlarni topib yozadilar .
- Qaysi guruh tez va chiroyli yozib topsa o’sha guruhga rag’bat beriladi .
O o O’quvchilar ushbu so’zlar yordamida gap tuzadilar va izohlaydilar . Mavzuni mustahkamlash : -
- Mavzu: Ot – so’z turkumi
- 1. Ot deb nimaga aytiladi ?
- 2. Ot qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
- 3. Ot qanday ma’no guruhlarga ajratiladi ?
Test savollari: - So’ngra o’quvchilariga o’tilgan mavzu bo’yicha test savollari tarqatiladi .
- 1.Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
- a) Kim ? , nima ? b) Kim ? , nima ? , qayer ?
- s) qayer ? , kim ? , qanday ? d) necha ? , nima ? , kim ?
- 2. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni toping ?
- a) – chi , - dosh , - bon , - kor , - dor , - shunos
- b) – zor , - dosh , - bon , - cha
- s) – loq , - iston , - chi , -kor
- d) – xona , - lik , - chak – gich
- 3. Gul-chechakdan libosi, yoqimlidir havosi .
- Ushbu gapdan otlarning qanday turlari qo’llangan .
- A)juft oti B) tub ot S) juft,soda,tub ot D)yasama,soda ot
E’tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |