Davriy nashrlarga obuna qilish va yetkazib berish bo‘yicha
Shartnoma №- sonli
20 yil ___ _________ Toshkent sh.
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik Qashqadaryo filiali Nizomi asosida ish yurituvchi direktor E.Ganiev matnda “Yetkazib beruvchi” deb nomlanuvchi bir tomondan ________________________________________________________________ nomidan ________________________ asosida ish yurituvchi __________________________________________________________matnda “Obunachi” deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan quyidagi shartnomani tuzdilar.
1. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. “Yetkazib beruvchi”, “Obunachi”ning talabiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarda chop etiladigan, “Yetkazib beruvchi”ning obuna katalogiga kiritilgan davriy nashrlarga (bundan buyon tovar) obuna rasmiylashtirish va yetkazib berish majburiyatini oladi, “Obunachi” bo‘lsa tovarni qabul qilish va ushbu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan shartlar va tartibda tovar hamda yetkazib berish xizmati uchun to‘lash majburiyatini oladi.
Ushbu shartnoma doirasida tovar deganda davriy bosma nashrlar - gazeta, jurnal yoki doimiy nom( nom), joriy raqamga ega bo‘lgan va yiliga kamida bir marta chop etiladigan boshqa nashr tushuniladi.
1.2. Ushbu shartnoma bo‘yicha tovarlar o‘lchov birligi sifatida kalendar oy ichida chiqadigan bir davriy nashrning tovarlar partiyasi tushuniladi.
1.3. Tovar va xizmatlarning aniq nomi, narxi va boshqa paramertlari shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovadagi buyurtmanomaga asosan belgilanadi. Tovarlar partiyasining narxi ushbu shartnomaning butun muddati uchun belgilanadi va buyurtmanomada ko‘rsatiladi.
1.4. Mazkur shartnoma bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish muddati __ ____2024 yildan 31.12.2024 yilgacha.
1.5. “Yetkazib beruvchi” davriy nashr chop etilgan kundan boshlab tovarni “Obunachi”ga qisqa vaqt ichida yetkazib berish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.
1.6. Shartnoma bo‘yicha hisobot davri 1 (bir) kalendar oy.
Dostları ilə paylaş: |