Korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni
hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son
qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini
tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
talablariga muvofiq tashkil etiladi.
6. Korxonaning barcha xodimlari,
shu jumladan, rahbar xodimlari o‘z kasbi va ish turi
bo‘yicha belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
o‘qishi, yo‘l-yo‘riq olishi va bilimlar sinovidan o‘tishi shart.
7. Korxonada xodimlar bilan ishlash ushbu korxonaning barcha rahbarlari va
mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biridir.
Xodimlar bilan ishlash uchun javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklanadi.
Xodimlar bilan ularning toifasiga qarab ishlash
shakllari ushbu Qoidalarga
1-ilovada
keltirilgan jadvalga muvofiq belgilanadi.
8. Yuqori turuvchi tashkilot xodimlari (mutaxassislari) quyi tashkilot xodimlari bilan
ishlashda ishtirok etishlari lozim.
9. Korxona xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarning malakasi bajariladigan ishlarga
mosligiga,
texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va yo‘riqnomalar talablarini bilishi
hamda ularga rioya etishi uchun javobgar hisoblanadi.
10. O‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslar bilan ishlash ularning asosiy va o‘rindosh kasb
(lavozim)lari bo‘yicha to‘liq hajmda amalga oshirilishi kerak.
11. Mazkur Qoidalarda belgilangan xodimlar bilan ishlash ish vaqtida (xodimlarning asosiy
funksiyalarini bajarishdan ajratilgan holda) amalga oshirilishi kerak.
12. Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar
ularning ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida dastlabki
(ishga qabul qilingan vaqtda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan
o‘tkaziladi.
Zararli ishlab chiqarish omillari va ishlarning ro‘yxati, shuningdek, ushbu ishlarni bajarishda
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan
tartibda belgilanadi.
13. Elektr energetikasi sohasi korxonalari rahbarlari belgilangan
tartibda xodimlarni
dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishlari shart.
14. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganda yoki tekshiruv natijalari bo‘yicha
tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya qilmaganda korxona rahbari ularni ishga
qo‘ymaslik huquqiga ega.
Tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha salbiy xulosa berilganda,
xodimlar zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarga jalb qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: