kasbiy mahorat musobaqalarini o‘tkazish;
ish joylarini tekshirish;
sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika va reabilitatsiya
chora-tadbirlarini amalga
oshirish;
davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
xodimlar bilan ishlashning jamoaviy shakllari.
17. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini
boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi.
18. Yangi xodimlarni o‘qitish, shuningdek, xodimlar, rahbar xodim va mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish kadrlar bo‘limi
tomonidan amalga oshirilishi kerak. Bunda xodimlarni tayyorlash vazifalari yuklangan mutaxassislar
(mutaxassislar guruhlari, sektorlar, bo‘limlar) yoki boshqa xizmat xodimlari jalb qilinadi.
19. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga va korxona rahbariga bevosita bo‘ysunuvchi xodimlar
bilan ishlashni rejalashtirish va tashkil etish korxonaning bosh
muhandisi tomonidan amalga
oshirilishi kerak.
20. Korxonada xodimlarning ishlab chiqarishga moslashishi va malaka ko‘nikmasiga ega
bo‘lishini ta’minlash uchun maxsus o‘quv-ishlab chiqarish punktlari (doimiy kurslar, trenajyorlar va
boshqalar), texnik kutubxona, texnik xonalar, texnika xavfsizligi va yong‘in
xavfsizligi xonasi
faoliyat yuritishi kerak.
Xodimlarni tayyorlash uchun o‘quv-ishlab chiqarish kurslari poligonga ega bo‘lishi, o‘quv
xonalari o‘qitishning va mashq qilishning texnik vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi, o‘qitish uchun
korxonalar hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish imkoniyati
bo‘lishi kerak.
21. Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan, xodimlar soni ellik kishi va undan ortiq
bo‘lgan har bir korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning
bajarilishini nazorat qilish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi yoki mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart.
Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan korxonada yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
ham tashkil etilishi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart.
Xodimlarining soni ellik kishidan kam bo‘lgan korxonada
mehnatni muhofaza qilish
xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish
to‘g‘risidagi qaror mazkur korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari
hisobga olingan holda
korxona rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil
tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va
normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya
etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo‘linmalarning
rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar berish, shuningdek, korxona rahbariga mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
normativ hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnomalar
kiritish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: