Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə19/89
tarix26.05.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#88001
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Olam haqidagi diniy tasavvurlar uning kelajagi, yaratilishi yoki utmishiga oid murakkab masalalarni, asosan, iloxiy qudratning xosilasi sifatida talqin etadi. Dinda olamni «bu dunyo» — utkinchi olam va «narigi dunyo» — abadiy olamga ajratib tushuntirishadi. Bu dunyodagi mashakqatlari evaziga odam narigi dunyoda Rohat-farog`atga muyassar bo`ladi, degan G`oyaga asoslaniladi.
Fan olam to`g`risida o`ziga xos fikr yuritadi. Unda olamga oid murakkab masalalarni amaliy tajribalardan kelib chiquvchi mantiqiy dalillar asosida isbotlashga o`riniladi. Mavjud ilmiy mantiq doirasidan chetga chiquvchi hodisalar esa izohlanmaydi. Ayrim ajoyibot hodisalarining fan tadqiqot ob’ektiga kiritilmaganining sababi ana shunda.
Falsafa olamni izohlashda fanning, dinning, san’at va adabiyotning, xullas, fan bilan birgalikda boshqa xilma-xil bilimlarga tayanib, umumlashgan xulosalar chiqaradi. Demak, falsafadagi olam tushunchasi kosmologiyadagi, dindagi va boshqa bilim soxalaridagi olam tushunchalariga nisbatan boyrok, sermazmunrok va kengrokdir.
Olamning namoyon bo`lish shakllari xilma xildir. Faqat moddiy jismlarnigina o`ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya’ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma’naviy, ruxiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo`lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo`lish imkoniyati bor va bo`lishi mumkin bo`lgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi talabaligingiz aktual olamga mansub bo`lsa, kelajakda mutaxassis bo`lib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir.
Olamning mavjudligi shubxasiz bo`lgan va barcha e’tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo`lishi extimoli bo`lgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so`zi lotincha virtualis — extimoldagi degan ma’noni beradi). Aniq ma’lum bo`lgan olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi abstrakt olam deyiladi.
Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma’lum bo`lgan, tan olingan hayoti real olamga mansub bo`lsa, uning xayoliy rejalari virtual olamga, uning o`zi va atrofidagilar konkret olamga, kelajakka yo`nalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir. Odam o`z rejalarini real olamga asoslanib to`zsa, potensial olamining konkret reallikka aylanish extimolligi oshadi.
Odam olamda boshqalardan ajralib, yakkayu yagona bo`lib emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bo`lib yashaydi. Odamlar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Odamlar jamiyatdagi o`zaro munosabatlari, faoliyatlari, uy-xayollari, ideallari, maqsad va maslaqlari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi. Odamning jamiyatdagi boshqalar bilan birgalikdagi ijtimoiy faoliyati, ularning har biriga xos bo`lgan takrorlanmas individual olamlariga bog`liqdir. Individual olam, ayni paytda tashqi olamni ham, ijtimoiy olamni ham aks ettiradi, o`zida ifodalaydi. Bo`lar bir-birlari bilan chambarchas bog`liqdir.
Хullas, olam haqidagi xilma-xil tasavvurlar mavjudlikning eng umumiy falsafiy tushunchasi shakllanishiga asos bo`lib keldi. Bunday tushuncha borliq haqidagi tushunchadir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə