Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot insituti DI-74 guruh talabasi Yusupjanov Muhammad ning ichki kasalliklar fanidan Prezentatsiyasi BRONXIAL ASTMA (BA). - nafas yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalligi bo`lib, bunda turli xildagi xujayralar, jumladan semiz xujayralar va eozinofillar ishtirok etadi.
- moyilligi b¢lgan individuumlarda bu yallig`lanish nafas yo`llarining tarqalgan, lekin doimiy b¢lmagan obstruksiyasi bilan bog`liq bo`lgan simptomlar rivojlanishini keltirib chiqaradi. bronxlar obstruksiyasi k¢pincha spontan yoki davo natijasida qaytar b¢lib, nafas yo`llarining turli tashqi ta'sirlarga sezuvchanligining oshishi bilan kechadi
TARQALGANLIGI - yer yuzasining 4 – 10% qismi ba bilan kasallangan, bolalar o`rtasida tarqalganligi 10-15%. ni tashkil etadi. 10 yoshgacha – o`g`il bolalarda, katta yoshda ayollarda ko`p uchraydi
ETIOLOGIYA - XAVFLI OMILLAR
- allergen bilan kontaktda bo`lish
- nasliy moyillik
TRIGGERLAR (PROVAKATORLAR) - nafas yo`llari infeksiyasi (avvalambor orvi), b-adrenoblokatorlar qabul qilish, pollyutantlar (SO-2, NO-2 va boshqalar), sovuq havo, jismoniy zo`riqish.
- «aspirinli» bronxial astmali bemorlarda asetilsalisilat kislotasi va boshqa , psixologik, ekologik va professional omillar, o`tkir hidlar.
- chekish faol na nofaol), yondosh kasalliklar: oshqozon-qizilo`ngach reflyuksi, sinusitlar, tireotoksikoz va boshqalar.
PАTОGЕNЕZI - BA asosini surunkali yallig`lanish patogenezi tashkil etadi.
- astma uchun bronxlar yallig`lanishining ularning giperreaktivligi (turli nospesifik ta'sirlarga sezuvchanlikning me'yoridan ortiq bo`lishi) shakllanishiga olib keluvchi alohida shakli xosdir; yallig`lanishda eozinofillar, semiz hujayralar va limfositlar muhim ¢rin tutadi.
- yallig`langan giperreaktiv bronxlar triggerlar ta'siriga hansirash va b¢g`ilish xurujlari bilan namoyon bo`luvchi obstruktiv sindromga olib keluvchi nafas y¢llari silliq mushaklarining spazmi bilan, shilimshiqning gipersekresiyasi bilan, nafas y¢llari shilliq qavatining shishi va hujayrali yallig`lanish infiltrasiyasi bilan javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |