Yo’ldoshev Davronbek



Yüklə 104,54 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü104,54 Kb.
#144939
Psixologiya1

Yo’ldoshev Davronbek

Psixologiyaga kirish:Psixikaning evalyutsion taraqqiyoti

Reja:

  • Psixika haqida tushuncha
  • Psixalogiya fanining vazifasi
  • Psixalogiya taraqqiyoti
  • Xulosa

Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan.

  • Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan.

Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir.

  • Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir.

Psixalogiya fanining vazifasi

  • Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir.

Psixalogiya fanining vazifasi

  • Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Psixalogiya taraqqiyoti

  • Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. XVIII asrga kelib M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, A. Golbax, D. Didrolar psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.

Psixalogiya taraqqiyoti

  • Psixologiya taraqqiyotida, umuman, XIX asrdagi eksperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmuasi qoʻllana boshlandi: kuzatish, labaratoriya eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va hokazolar.

Psixalogiya taraqqiyoti

  • XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va hokazolar. Psixologiyaning rivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental laboratoriya (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi labaratoriyasi psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi.

Xulosa.

  • Xulosa qilib aytganda psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning hususiyati, sub’ekt tomonidan obьsktiv borliqni faol aks ettirish, xuddi shu asnoda o`z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo`lib, 
  • anglanilmagan psixika o`z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan tafovutga va ustuvorlikka ega. 

Yüklə 104,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə