Ton respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi



Yüklə 18,35 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü18,35 Kb.
#116015
  1   2
2-topshiriq Turdiyev Shoxrux


TON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Pedagogika. Psixologiya fanidan

2-topshiriq

Bajardi: Turdiyev Shohruhjon 022-19 guruh talabasi
Tekshirdi: Yusupova Z
Toshkent 2023


vazifa 1
Psixologiya fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Psixologiya metodlari

Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi.

vazifa 2
Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.

tushunchalar mazmunini




faoliyat

kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.).


qobilyat

insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi.


temperament

shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig`indisi.


Bilish jarayoni

Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir.


sezgi

olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi


ijtimoillashuv

Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
Har birimizning jamiyatdagi oʻrnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qoʻshilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi.«Ijtimoylashuv» atamasini birinchi boʻlib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qo`llagan. U oʻzining «Ijtimoylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.


xarakter

Har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual - psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu erda gap xarakter haqida boradi. “Xarakter” so`zi aynan tarjima qilinganda grekchadan “tamg`a” degan ma`noni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bo`la olmaydi. Masalan, ko`rish va eshitishning o`tkirligi, tez esda olib qolish bu xarakter emas.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda ko`rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual - psixologik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi.


istedod

nihoyatda zoʻr qobiliyat hisoblanadi. Biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. I. haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, I. xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tugma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi.
I. insonning maʼlum faoliyati turida oʻzini namoyon etadi. Bilim, koʻnikma, malaka, tajribalar I. rivojida katta rol oʻynaydi. Qobiliyat yoki layoqat oʻsishiga ijtimoiy sharoit yaratilganda, uni tarbiyalab kamolga yetkazilgandagina I. yuzaga chiqadi. Daho I. ning yuksak namunasi hisoblanadi. Daho egasi ba-tamom yangilik ijod etib, oʻz sohasida original yoʻnalish yaratadi


motiv

inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa Motivlar jumlasiga kiradi.


idrok

tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.




Yüklə 18,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə