Ton respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi



Yüklə 18,35 Kb.
səhifə2/2
tarix08.06.2023
ölçüsü18,35 Kb.
#116015
1   2
2-topshiriq Turdiyev Shoxrux

vazifa 3

Savollarga javob bering.



  1. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va vazifalari.

  1. Shaxsning individual xususiyatlari.




  1. Motivlarning anglanganlik darajalari; ijtimoiy ustanovka.



Javob.
1.Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:


Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud; a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi; b) aviatsiya psixologiyasi- uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi; v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.
A) yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. B) patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi. Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi. Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi. Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi. 2. Differensial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.

2.Agar «inson» tushunchasio‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa,u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarniham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifigako‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.[1]

Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatidava, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatidao‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarini – uning individualliginishakllantiradi.[2]


Individuallik– bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.
Individuallik– bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi.U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.[2][3]Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications.Shunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxsvaindividuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.

3.Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o`zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag`lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo`lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog`imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug`ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o`rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o`tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo`lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro`yobga chiqadi. Demak, motiv — har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo`lsa, ustanovka — ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.

Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:

A. Kognitiv komponent — ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g`oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;

B. Affektiv komponent — ustanovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);



V. harakat komponenti — sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo`lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo`lish).

Bu uchala komponentlar o`zaro bir-birlari bilan bog`liq bo`lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo`lishi mumkin.
Yüklə 18,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə