5
MUNDARIJA
KIRISH
3
1.
Xo‟jalikyurituvchi subektlarda operatsion faoliyatdan 7
daromadlarning shakillanishi
2
Operatsion faoliyat dandaromadlar hisobining tarmoq 15
xususiyatlari vа vazifalari
3.
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda yalpi
hisobi
foydani 25
4.
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJning
faoliyatidan olingan daromadlari hisobini milliy va
standartlarda hisobga olish
asosiy
xalqaro
32
5.
Оperatsion faoliyatdan boshqa daromadlar hisobi
37
XULOSA VA TAKLIFLAR
38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
40
6
Kirish
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoyitda
O‘zbekiston Respublikasida
mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik
sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq
dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish chralari
ko‘rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar
ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqorosi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish
huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan eng kam foiz
stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu
imkoniyatlardan foyalangan xolda mamlakatimizning iqtisodiyotiga xissa qo‘shish
yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng oily burchlaridan biri sifatida
qarasak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘anevich Karimov: ―Oldimizda turgan
birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar
bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikka erishish muammosidir‖
1
deb takidlagan edilar.
Bundan tashqari prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ―Bizning yana bir
muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo‘llab - quvvatlash va
rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va
barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada
oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda,
tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men
takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya‘ni ―Xalq boy bo‘lsa,
davlat ham boy va qudratli bo‘ladi‖
2
deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda
faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko‘rish maqsadida,
1
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimovning 2015 yilgi mamlakatimizni
ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasi.
Xalq so‘zi, 2016 yil 19 yanvar.
7
bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar
ko‘rsatishini talab etadi.
Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun
tadbirkorlik subektlarimizni yanada rivojlantirish va ularni dunyo bozorida o‘z
o‘rinlarini topishi uchun, bundan tashqari mamlakatimizda import o‘rnini
bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, hamda eksport bob tovarlarni ko‘paytirish
bevosita xo‘jalik yurituvchi subektlarning asosiy (operatsion) faoliyatidan
olinadigan daromadlarini hisobini yuritish bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki
har bir xo‘jalik yurituvchi subekt foyda olarkan albatta o‘z faoliyatini
kengaytirishga, yanada ko‘proq foyda olishga intiladi bu esa bevosita mamlakat
iqtisodiyotini o‘sishiga va import mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni kmaytirishga
olib kelishi bilan bir qatorda chetga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Bu esa
chetdan valuta kirib kelish imkoniyatini yaratadi buning uchun mamlakatimizda
imkoniyatlar yitarli darajada deb o‘ylaymiz. Mamlakatimiz uchun tadbirkorlik
yangi soxa emas bu soxa bilan qadimdan ajdodlarimiz shug‘ullanib kelishgan,
bunga misol sifatida birgina ―Buyuk ipak yo‘li‖ning markazi mamlakatimiz
hududidan o‘tganligini misol qilishimiz yitarli deb o‘ylaymiz. Bizning oldimizda
turgan vazifa bu soxani yangi strategik maqsadlarini belgilashdir. Bu maqsadlarga
erishish uchun oldimizda turgan qator to‘siq va kamchiliklarni bartaraf etib
mamlakatimizni jaxon bozoridagi iqtisodiy mavqiyini yanada yuksaltirish va
mustahkamlashdan iboratdir. Bunda bizga xo‘jalik yurituvchi subektlarning
operatsion faoliyati daromadlari hisobini yanada takomillashtirish yordam beradi.
Mamlakatimizning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida
mamlakatda tadbrkorlik subektlarini ko‘paytirish hamda faoliyat yuritayotgan
tadbirkorlik subektlarini rivojlantirib jaxon talablariga mos keladigan tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Isloxatlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda
2
SH.Mirziyoev ―Erkin
va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz‖
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqidan. Toshkent-―O‘zbekiston‖-2016 y.
8
iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash hisobiga uzlusiz iqtisodiy barqarorlikka
erishishdek ulkan dolzarb vazifa qo‘yilgan. Bunda bizga ―Buxgalteriya hisobi‖,
―Moliyaviy va boshqaruv tahlili‖ va ―Amaliy audit‖ fanlarini yanada chuqurroq
o‘rganib chiqish, yanada kengroq tushunish imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyatidan daromadlar
hisobini o‘rganish xo‘jalik yurituvchi subektning foydasi, uning imkonyatlarini
o‘rganish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik foyda keltirishi
hamda mamlakat iqtisodiyotida ushbu korxona yoxud firmaning o‘rni qanday
ekanligini bilish hamda kelajakda uning o‘rnini mustaxkamlashga qaratilgan
chora tadbirlar, daromadlar hisobini o‘rganishning qanchalik dolzarbligini
belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: