JIZZAX VILOYATI SHEVASI, MAROSIMLARI, MILLIY TAOMLARI Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jurnalistika fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili yo’nalishi O’zbek tilshunosligi kafedrasi Bajardi:Mamatqulova Muxlisa Qabul qildi:Saodat Isroilova REJA: - Jizzax viloyati haqida umumiy ma’lumot.
- Jizzax shevasida uchraydigan so’zlar leksikasi, fonetikasi,morfologiyasi.
- Jizzax viloyati milliy taomlari,urf-odat an’analari
Jizzax viloyati-O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida.Shimoli-sharqda Qozog’iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati,janubi-g’arbda Samarqand,Navoiy viloyatlari,janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan viloyat hisoblanadi. Jizzax viloyatida 12 ta qishloq tuman [Arnasoy,Baxmal ,Do’stlik, Sharof Rashidov,Zarbdor, Zomin,Zafarobod, Mirzacho’l, Paxtakor, Yangiobod, Forish, G’allaorol],9 shahar [Gagarin,Dashtobod, Do’stlik,Jizzax,Paxtakor G’allaorol, Zarbdor,Zomin],8 shaharcha[Bo’ston,Zafarobod,O’smat,Uchquloch,Bog’don, Pishag’ar,Qo’ytosh, Sharq yulduzi], 95 qishloq fuqorolar yig’ini bor.Markazi-Jizzax shahri.. Milliy kiyimlar Jizzax viloyati milliy taomlari Eng mashhur taom-Jizzax somsasi. Jizzax viloyati Baxmal tumani shevasidagi ayrim so’zlar leksikasi - Ser solmoq- razm solmoq, qaramoq
- Surmoq, olib qochmoq –aldamoq
- Kazlamoq-qazimoq
- Iyarmoq-ergashmoq
- Qidirmoq(xidirmoq)-mehmonga bormoq
- Sandiramoq- valdiramoq, aljimoq
- Mulgimoq-mudramoq
- Sergimoq-qurimoq,kamaymoq
- Shangraymoq-gerdaymoq
- Shildinglamoq-yupqa yoki kalta kiyinmoq
Jizzax viloyati Baxmal tumani shevasidagi ayrim sifatlar - Palaz-iflos,kir
- Jerik-boshqorong’u
- Qiliy-g’ilay
- Qashqatayoq-gap tasir qilmaydigan, bez
- Savmal-injiq,anqov
- Murrik-so’ligan,bujmaygan
- Choliq-tentak, ahmoq
- Badik-sergap, ko’p gapiradigan
- Suqonoq-ochko’z
- Girtak-ozgina
Jizzax shevasidagi otlar leksikasi - Bovur-jigar Ximich-xivich
- Ovuz-og’iz Gurda-g’urur
- Bovursoq-bo’g’irsoq Pang-mog’or
- Sobov-savag’ich Kampirovuz-ombur
- Jermoy-kerasin Chiq-shudring
- Irga-uy burchaklari Ashkadi-qovoq
- Qo’qim-axlat, chiqindi Pishak-mushuk
- Chinaqay-jimjiloq Zardoli-o’rik
- Girdoli-olxo’ri G’olbir-g’alvir
- Makkayi-makkajo’xo’ri Nebara-nabira
- Zombir-ari Opa,aya-ona
- Urt-lunj Jezda-pochcha
- Shimildiriq-hech narsa Opacha-opa,bovo-bobo,anna-buvi
Jizzax shahar shevasiga doir ayrim xususiyatlar - Kelekkon-kelayotgan
- Ketekkon-ketayotgan
- Ayaq-oyoq
- Avaz-ovoz
- Avqat-ovqat
- Govurt-gugurt
- Oyi-ayollarga nisbatan ishlatiladigan chaqiriq so’zi,yangaga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |