26
Ana shu davrda yaratilgan kartinalaridan biri "Imperator
Rudolf IIning Vertumn
obrazidagi portreti" edi. Bu asar uchun rassomga pfaltsgraf faxriy unvoni berilgan.
Ushbu portretda imperator qadimgi italyan yil fasllar va hosildorlik xudosi
Vertumnning yerdagi aksi sifatida mevalar orqali tasvirlangan. Vertumnni qadimda
bog' qaychisi ko'tarib olgan bog'bon
qiyofasida tasvirlashardi, ammo Juzeppe
portretga o'zgacha yondashishga qaror qiladi hamda Rudolf IIni Vertumn qiyofasida
yilning to'rt fasli pishib yetiladigan o'simliklar orqali aks ettiradi. Rassomning do'sti,
shoir va tarixshunos Gregorio Komanini ushbu portretni shunday tasvirlagan: “Uning
ko'zlari - Olimp yulduzlari, ko'kragi - havo, qorni - yer, oyoqlari - tubsiz jar. Uning
kiyimlari - mevalar va maysalar... ”
27
XVII asrlar
28. El Greko "Toledoning ko'rinishi".
(1600-yil)
Ispan rassomi El Greko qalamiga mansub ushbu kartina rassom qalamiga mansub
saqlanib qolgan 3ta peyzajning biri hisoblanadi. Yana bir nomi - "Momoqaldiroq
ostidagi Toledo". Yevropa tasviriy san'atidagi ilk peyzajlardan biri hisoblanadi.
Kartinada ispan shahri Toledo shimol tomondan turib tasvirlangan. Uning atrofida
o'rmon hamda o'tloqlar mavjud. Osmonida esa yomg'irdan
oldingi momoqaldiroq
suratini ko'rish mumkin. Taxo daryosi ustida Alkantara ko'prigi ham tasvirlangan.
Shahar ichida Alkasar qirollik saroyini hamda Toledo soborini ko'rish mumkin. Chap
tomonda esa San Servando qasri surati chizilgan. Shaharning ko'rinishi pastdan
yuqoriga qarab yo'nalgan, bu esa muallifga gorizontni baland ko'tarish va
nisbatlarning kengayishini kuchaytirish imkonini bergan.
Umuman uyg'onish davri hamda barokko davri ispan
rassomlari deyarli peyzaj
chizishmagan. Chunki cherkov buni ularga ta'qiqlagandi. Kartinada rassom shahar
ko'rinishini erkin usulda tasvirlagan. Shu tufayli ayrim binolar aslidagidan farq qiladi.
San Servando qasri pastrog'idagi bino esa umuman mavjud bo'lmagan. Kartina
buyurtma asosida chizilgani haqida aniq ma'lumotlar yo'q.
Hozirda Nyu-Yorkdagi
Metropoliten muzeyida saqlanadi.