43- rasm.
Rasmdan yaqqol ko’rinib
turibdiki,
ABC
1
yoki
ABC
2
burchakning yolg’iz AB
tomoni
H tekislikka parallel, ikkinchi tomoni H ga og‘madir. Demak, to‘g‘ri
burchakning proeksiyasi o’zgarmasdan (o’ziga teng bo’lib) tushuvi uchun uning bir
tomoni proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lishi kerak.
3. Agar o’tkir yoki o’tmas burchakning tomonlaridan
biri proeksiyalar
tekisligiga parallel bo‘lsa, o’tkir burchakning proeksiyasi o’zidan kichik, o’tmas
burchakning proeksiyasi esa o’zidan katta bo‘ladi.
ABC uchburchakning BC tomoni H tekislikka parallel, B uchidagi burchak esa
o’tkir deb faraz qilaylik (44-rasm). Uchburchakning
A uchidan BC tomoniga
perpendikulyar
tushirib, D nuqtani proeksiyalaymiz. To‘g‘ri
burchakli
proeksiyalashda
bd = BD, ad < AD
,
ab < AB
, demak,
bad
burchak
BAD
burchakdan
katta bo‘ladi; yuqoridagi 2-punktga muvofiq,
bda = 90°
,
chunki
BDA
to’g’ri
burchakdir. Demak,
ABD
o’tkir burchakning
abd
proeksiyasi o’zidan kichik bo’ladi.
44-rasm.
O’tkir burchak yonidagi
ABM
o’tmas burchak haqida teskari xulosa chiqazish
mumkin: uning proeksiyasi o’zidan katta, ya’ni
abm >
ABM
bo‘ladi.
Pirovardida shunday
xulosa chiqarish mumkinki,
bitta burchakning
proeksiyasi, uning proeksiyalar tekisligiga nisbatan joylashuviga qarab, 0° dan 180°
gacha o’zgarishi mumkin. Masalan, 45-rasmdagi proeksiyalovchi tekislikda yotgan
uchburchakning A uchidagi burchagining proeksiyasi 0° ga, B uchidagi burchagining
proeksiyasi esa 180° ga tengdir.
45-rasm.