Meditsina va pedagogika institutlarida hamda universitetlarda odatda gistologiya laboratoriyasi bo'ladi. Laboratoriyasi yo'q institut yoki fakul-tetlarda ham gistologiya burchaklarini tashkil etish qiyin emas. Bunday burchaklarda gistologiya preparatlarini tayyorlash mumkin.
rasm. Ob’ektlarni solib qo'yiladigan og'zi keng va zich yopiladigan shisha idishlar.
Gistologik preparatlar tayyorlash uchun ishlatiladigan idishlarning kimyoviy jihatdan nihoyat toza bo'lishiga e'tibor berish kerak. Buning uchun idishlarni avval maxsus
shchyotka bilan sovunlab yuvib, so'ng distillangan suvda chayqab, quritish lozim. Ayniqsa nerv elementlarini kumushlash usulida qo'llaniladigan shisha idishlarni gugurt kislotasida yuvib, so'ng 5-10 marta vodoprovod suvida va 2 - 3 marta distillangan
suvda chayqash kerak, shundan keyin ularni qurituvchi shkaf, termostatlarda saqlanadi.