Mavzu: Gistologik tekshirish laboratoriyasining ish faoliyati bilan tanishish Reja



Yüklə 202,47 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü202,47 Kb.
#125435
  1   2   3
Gistologik tekshirish laboratoriyasining ish faoliyati bilan tanishish


Mavzu: Gistologik tekshirish laboratoriyasining ish faoliyati bilan tanishish
Reja:

  1. Gistologiya laboratoriyasini tashkil qilish.

  2. Gistologiya laboratoriya xonasida ishlatiladigan laboratoriya idishlari.

  3. Gistologik preparatlar tayyorlash uchun ishlatiladigan asboblar.

Meditsina va pedagogika institutlarida hamda universitetlarda odatda gistologiya laboratoriyasi bo'ladi. Laboratoriyasi yo'q institut yoki fakul-tetlarda ham gistologiya burchaklarini tashkil etish qiyin emas. Bunday burchaklarda gistologiya preparatlarini tayyorlash mumkin.


Gistologiya laboratoriyasini (burchaginj) tashkil qilish uchun quyidagi asboblar, apparatlar, idishlar va har xil kimyoviy moddalar (reaktivlar) bo'lishi kerak.
Laboratoriya stoli. Bu stolda ob’ektlar saqlanadigan bankalar, kerakli reaktivlar solinadigan shishalar, quyg'ich, tsilindr kabi asboblar qo'yiladigan polkalar bo'lishi lozim. Stol usti qalin oyna bilan qoplangan bo'lishi kerak. Laboratoriya stoli xonaning yorug' joyiga qo'yilishi zarur.



  1. rasm. Laboratoriya xonasi.

Laboratoriya idishlari. Idishlar soni turli gistologik tajribalar o'tkazish uchun etarli miqdorda bo'lishi kerak. Bunda distillangan suv uchun 2-3 litrli idish xam bo'lishi lozim. Idishning ostida rezinka nay o'tkazilgan jo'mragi bo'lishi kerak. Rezinka nayda suvni oqizish va to'xtatish uchun qisqich bo'ladi. Gistologik ob’ektlarni konservlash uchun og'zi keng bankalar, tezda parlanadigan moddalarni (reaktiv eritmalar, spirt, efir, atsiton, ammiaklar) saqlash uchun og'zi zich yopiladigan shisha idishlar bo'lishi kerak. Ob’ektlarni yuvish, chayish uchun turli jomchalardan foydalaniladi. Gistologik kesmalarni ishlashda turli hajmdagi byukslar, biologik stakanlar, Petri va Kox idishlari, soat oynalari, shisha quyg'ichlar, tsilindrlar, menzurkalar, pipetkalar, tomg'ichlar ishlatiladi. Shu bilan birga predmet (buyum) va yopg'ich shishalar doimo zapas bo'lishi kerak (odatda buyum shishaning qalinligi 1-2 mm, uzunligi 76, eni 26 mm bo'ladi).



  1. rasm. Suvni distillaydigan apparat.

Yopg'ich shisha kichik va yupqa (qalinligi 0,15-0,2 mm) bo'lishi lozim. Ularni sovun bilan tozalab yuvib, keyin yarim qismi efir va yarim qismi spirtdan iborat
bo'lgan aralashmada saqlash zarur.

  1. rasm. Ob’ektlarni solib qo'yiladigan og'zi keng va zich yopiladigan shisha idishlar.

Gistologik preparatlar tayyorlash uchun ishlatiladigan idishlarning kimyoviy jihatdan nihoyat toza bo'lishiga e'tibor berish kerak. Buning uchun idishlarni avval maxsus shchyotka bilan sovunlab yuvib, so'ng distillangan suvda chayqab, quritish lozim. Ayniqsa nerv elementlarini kumushlash usulida qo'llaniladigan shisha idishlarni gugurt kislotasida yuvib, so'ng 5-10 marta vodoprovod suvida va 2 - 3 marta distillangan suvda chayqash kerak, shundan keyin ularni qurituvchi shkaf, termostatlarda saqlanadi.


Yüklə 202,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə