Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Mufassir
va muhaddislar esa, barcha ilmlarning asosi bo‘lgan Qur’on va sunnat ilmini
farzi ayn sanashadi.
Mutasavviflar, farzi ayn tasavvuf ilmi, deb da’vo qilishadi. Ular bu masalada bir necha
qismga bo‘linadilar. Ba’zilari banda Alloh azza va jalla huzurida turishni bilishi farzi ayn,
desa, ayrimlari, ixlos va nafs ofatlarini bilish, insondagi malakiy va shaytoniy nasibani
ajrata
olish ilmi, deydi. Ba’zi tasavvuf olimlari, u botin ilmi bo‘lib, layoqati bor kishilarga
xosdir, deyishadi. Ular farzi ayn lafzini umumiylikdan chiqarib, xos ma’noga burganlar.
Abu Tolib Makkiy aytadilar: «Farzi ayn bo‘lgan ilm Islom asoslarini qamrab olgan hadisni
bilishdir. U quyidagi hadis: «Islom dini besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh»
kalimasini aytish...».
59
Zero, bu besh vojib narsa bilingach, ularni bajarish kayfiyati va
vojib bo‘lish jihatini o‘rganish ham vojib bo‘ladi».
Bu borada shubha qilinmaydigan qat’iy xulosani quyida zikr qilamiz: Ilm,
muomala va
mukoshafa ilmlariga bo‘linadi. Farz bo‘lgan ilmdan maqsad muomala ilmidir. Aqlli,
balog‘atga yetgan bandaga yuklatilgan muomala ilmi uch qismdan iborat: e’tiqod, fe’l
(bajarish), tark qilish.
Agar bir bola ehtilom bo‘lish yoki belgilangan yoshga to‘lish bilan balog‘atga yetsa, unga
birinchi farz bo‘ladigan narsa shahodat kalimasi «La ilaha illalloh Muhammadur
rasululloh»ning ma’nosini o‘rganishdir. Uni bahs, tadqiqot va qiyos bilan o‘rganib bilishi
shart emas. Balki, ikkilanmasdan, hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan tarzda
qat’iyat bilan e’tiqod qilsa kifoyadir. Bu shakldagi e’tiqod gohida taqlid yoki eshitish yo‘li
bilan ham hosil bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) arab
johillarining tasdiq va iqrorini kifoya bilganlar.
60
59. Muttafaqun alayh
60. Bu haqda siyrat va hadis kitoblarida mashhur rivoyatlar keltiralgan. Sahihi Muslim «Masalan»dagi, Zamom ibn Sa’labaning
musulmon bo‘lish qissasi.
Balog‘atga yetgan
kishi shu vazifani bajarsa, o‘sha vaqtda unga farzi ayn bo‘lgan amalni
bajargan sanaladi. Bu vaqtda unga bundan boshqa biron amal vojib emas. U o‘sha
paytda vafot qilsa, Alloh taolo amriga itoat etgan, osiylik qilmagan holda vafot topgan
bo‘ladi.
Shahodat kalimasidan boshqa narsalar ham farz bo‘lishi uchun lozim sabablar vujudga
kelishi zarur. Ammo har bir shaxsda bu sabablar ko‘rinishi shart emas, gohida inson
ulardan xoli bo‘lishi ham mumkin.
Sabablar gohida fe’lda (amalda), gohida tark qilinishi kerak bo‘lgan amalda, ba’zida esa,
e’tiqodda bo‘ladi.
Fe’lga taalluqli bo‘lgan sabablar quyidagilardir: Ertalab balog‘atga
yetgan bola peshin
vaqti kirgunicha yashasa, unga tahorat, namoz ilmini, (garchi oldin bilgan bo‘lsada),
qayta o‘rganish farz bo‘ladi. Agar sog‘lom kishi peshin vaqti kirganida ham tahorat va
namoz ilmini o‘rganishga, ham peshin namozini o‘qishga ulgurmaydigan bo‘lsa, vaqt
kirmasdan oldin tahorat va namoz ilmini o‘rganish vojib bo‘ladi, deyish mumkin. Amal
qilish vojib bo‘lganidan so‘ng uning ilmini o‘rganish ham vojib bo‘ladi, deyish ham
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
mumkin. Chunki vaqti kirmasdan avval namoz ham, uni o‘rganish
ilmi ham vojib
bo‘lmaydi.
Peshindan boshqa namozlarda ham xuddi shunday.
Agar ramazon oyi kirsa, sabab voqe’ bo‘lgani uchun endi ro‘za ilmini o‘rganish farz
bo‘ladi. Ro‘za ilmi subhdan kun botguncha niyat bilan yeyish, ichish va jimo’ qilishdan
tiyilish, ramazon ro‘zasi uchun oyni ko‘rish yoki ikki guvoh bu haqda xabar berishi kabi
hukmlarni bilishdir. Agar moldunyolik bo‘lib qolsa yoki balog‘atga yetgan vaqtida molu
dunyosi mavjud bo‘lsa, unga zakot ilmini o‘rganish farz bo‘ladi. (Abu Hanifa
mazhablariga ko‘ra, balog‘atga yetmagan bolaning molidan
valiylari zakot beradi -
Tarj.). Lekin g‘ayridin odam Islomni qabul qilsa, bir yil o‘tgachgina zakot berishi farzdir.
Faqat tuyasi bor odamlarga tuyaning zakotini berish ilmini o‘rganish kifoya qiladi.
Zakotning boshqa turlari ham shu kabidir.
Agar haj oylari kelsa, uni ado etishga uzoq vaqt ketgani uchun haj ibodatiga tegishli
ilmni tezda o‘rganishga shoshilmasligi kerak. Haj ilmini uni ado etishga qodir bo‘lgan
zahoti o‘rganish shart emas. (Abu Hanifa mazhablariga ko‘ra, kishi zodu rohilaga molik
bo‘lib, hajning boshqa shartlari topilsa, o‘sha zahoti unga haj ham, haj ilmini o‘rganish
ham farz bo‘ladi - Tarj.). Lekin Islom olimlari zodu rohilaga
molik kishiga keyinchalik
bo‘lsa-da, hajga borish farzligini bildirishi zarurdir. Agar kishi o‘sha zahotiyoq hajga
borishga azm qilsa, unga hajning kayfiyati, farz va vojiblarini o‘rganish lozim bo‘ladi.
Hajning sunnatlarini o‘rganish unga farz emasdir.
Hajga qodir bo‘lgan zahoti farz bo‘lishini bildirish yoki bildirmaslik masalasi faqihlar
mavzusi. Farzi ayn bo‘lgan boshqa amallarning hukmi ham shu kabidir.
Tark etish lozim bo‘lgan ishlar holat va sharoitga ko‘ra har xildir. Soqovga yomon so‘zni
so‘zlash haromligini, qoq sahroda yashovchi sahroyi kishi uchun o‘tirish harom bo‘lgan
joylarni, ko‘r uchun qarash mumkin bo‘lmagan narsalarni o‘rganish farz emas.
Shuningdek, holat taqozosiga ko‘ra,bular farz ham bo‘lishi mumkin. Munkar ishlar
ko‘rilmaganda ularning ilmini o‘rganish farz emas.
Ammo sodir etilsa, uning ilmini
o‘rganish va boshqalarni ogohlantirish farz bo‘ladi. Masalan, bir musulmon o‘lkada ipak
kiyim kiyuvchi erkak yoxud birovning molini zo‘rlab oluvchi yoki nomahramga nazar
qiluvchi kishi mavjud bo‘lsa, bu ishlarning haromligini bildirish farzdir. Hali sodir
etilmagan, ammo yaqin orada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni o‘rgatish ham farz.
Masalan, yeb-ichishga doir masalalarni o‘rgatish. Agar aroq ichiladigan, to‘ng‘iz go‘shti
yeyiladigan shaharda bo‘lib qolsa, ularga bu ishlar haromligini bildirib qo‘yish shartdir.
Qaysi narsani ta’lim berish farz bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish ham farz bo‘ladi.
E’tiqod va qalbga tegishli ishlarda shubha, xavotir paydo bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish
shartdir. Agar ikki shahodat kalimasi dalolat qilgan ma’nolarda shubha tug‘ilsa, uni daf
qiladigan ilmni o‘rganish lozim bo‘ladi.
Ammo shubhaga bormasdan, Alloh taoloning
sifatlariga, U zotning kalomi qadim ekaniga, oxiratda Uni ko‘rishga va boshqa narsalarga
mufassal e’tiqod qilmasdan oldin vafot etsa, butun ulamolar ijmosiga ko‘ra, u musulmon
holida ketgan bo‘ladi.
E’tiqodga taalluqli xavotir va shubhalar gohida insonning o‘zidan bo‘ladi, ba’zisi esa,