Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
kifoya qiladigani ko‘p bo‘lib, unutiladiganidan yaxshiroqdir. Suv ham yerga ko‘p
shimdirilsa, sasiydi. Uning ko‘p quyilishi foydasizdir. U (olim) kishilarga noaniq bo‘lgan
narsalarni o‘rgatadi,
agar biror muhim ishga tushsa, befoyda fikrlar beradi. Uning
shubhalarni kesishi xuddi o‘rgimchakning in to‘qishiga o‘xshaydi, to‘g‘ri qildimi, noto‘g‘ri
qildimi, bilmaydi. Jaholatga minib olib bilmaydigan narsasiga uzr aytmaydi. Agar uzr
aytganida, salomat bo‘lar edi. U ilmni oziq tishi bilan uzib olmaydi. Agar shunday
qilganida, behojat bo‘lardi. U qon yig‘laydi. Hukmi bilan harom farjlarni halol qilib oladi.
Allohga qasamki, u o‘ziga topshirilgan narsani sodir etishga ham, unga yuklangan
narsaga ham ahl emas. Ana o‘shalar uqubatga loyiq bo‘lib, hayoti dunyoda yig‘lashlari
lozim bo‘ladi».
Ali (r.a) aytadilar: «Agar ilmni eshitsanglar, uning ziddiga g‘azab
qilinglar, uni hazil bilan
aralashtirib yubormanglar. Yo‘qsa qalblar yaxshi narsalarni qabul qilmaydigan bo‘lib
qoladi».
Ba’zi salaflar aytishadi: «Agar olim kishi kulsa ilmidan bir qismni tuflab tashlabdi».
Agar muallim uch narsani jamlay olsa, ta’lim oluvchiga nisbatan ne’matni hosil qilibdi:
sabr; tavoze’; husni xulq.
Agar ta’lim oluvchi uch narsani jamlay olsa, muallimga nisbatan ne’matni hosil qilibdi:
qo‘l; odob; yaxshi fahm-idrok.
Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Bir oz yashab shunga amin bo‘ldimki, bizlarga Qur’ondan
oldin iymon beriladi, sura nozil bo‘ladi. U undan halol-harom va amrzajrlarni ta’lim oladi.
Uning huzurida to‘xtash lozim bo‘ladi. Va yana shunday kishilarni ko‘rdimki, ularga
iymondan oldin Qur’on beriladi. Fotiha surasini o‘rtasidan oxirigacha o‘qiydi.
Uning amr
va qaytariqlarini bilmaydi. Unday odamning huzurida turish lozim bo‘lmaydi. U xurmolar
bir-biriga jipslashmaganidek sochib yuboradi».
179
Shu ma’nodagi boshqa bir xabarda aytiladi: «Biz Rasululloh sahobalari Qur’ondan oldin
iymon berilgan kishilarmiz. Sahobalardan keyin bir qavm kelurki, ularga iymondan oldin
Qur’on berilur. Ular harflarini qoyim qilib, had va huquqlarini zoe’ qilurlar. «Bizdan ko‘ra
ko‘p o‘qigan va bizdan ko‘ra ko‘p bilgan bormi?» deyishadi. Ana o‘sha ularning
nasibalaridir».
180
Boshqa bir rivoyatda: «Ana o‘shalar bu ummatning yomonlaridir»,
deyilgan.
Aytishlaricha, besh turli axloq oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib,
Allohning kitobidan
olingan: qo‘rqish; xushu’; tavozu’; husni xulq; dunyodan oxiratni ustun qo‘yish, ya’ni
zohidlik.
179. Hokim rivoyat qilgan va ikki shayx hamda Bayhaqiylar shartiga binoan sahih degan.
180. Ibn Moja, Jundubdan bir oz farq ila, qisqa holda rivoyat qilgan.
Qo‘rqishga Allohning ushbu so‘zi misol bo‘ladi:
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-
oyat).
Xushu’ga Allohning ushbu so‘zi dalildir:
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
126
«Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib
yubormaydigan zotlar ham bor» (Oli Imron surasi, 199-oyat).
Tavozu’ga misol:
«O‘zingizga ergashgan mo‘min bo‘lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting
(Ya’ni, ularga xushxulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)» (Shuaro surasi,
215-oyat).
Husni xulqga misol:
«(Ey Muhammad), Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga
(sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz» (Oli-imron surasi, 159-oyat).
Zohidlikka misol:
«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini islom uchun keng qilib
qo‘yar» (An’om, 125-oyat). «Keng qilish nima?» deyilganda, quyidagilar aytildi: «Agar
nur qalbga tashlansa, qalb kengayib kattalashadi». «Uning alomati qanday bo‘ladi?»
deyilganda, Rasulullohning quyidagi so‘zlari misol qilindi: «G‘urur
hovlisidan ajrab,
abadiy hovliga qaytib, o‘lim kelishidan oldin unga tayyorgarlik ko‘rish».
181
181. Hokim va Bayhaqiylar rivoyati. Zahabiy bu hadisni zaif degan.
Zohidlik deganda, amallar ilmini ko‘proq axtarib, uni fasod qiladigan, qalblarni
tashvishga soladigan, vasvasa qo‘zg‘aydigan va yomonliklar olib keladigan narsalarni
bilish tushuniladi. Dinning asli ham yomonliklardan saqlanishdir. Buni ushbu ma’nodagi
she’rdan ham tushunish mumkin:
Yomonlikni tanidim, undan saqlanish uchun,
Yomonlikni tanidim unga tushmaslik uchun.
Yomonlikni tanigan undan uzoqda bo‘lgay,
Yomonlikni bilmagan tuzog‘iga ilingay.
Fe’liy amallar Allohga yaqin qiladi. Ularning eng oliyi qalb va
til bilan Allohning zikrida
bardavom bo‘lishdir. Fasod qiladigan, tashvish keltiradigan narsalarni bilish sha’ndir.
Uning qismlari ko‘p va tarmoqlari uzundir. Uni bilishga ehtiyoji g‘olib keladi. (Ya’ni, uni
o‘rganish zarur.) U narsalar oxirat yo‘lidagi sulukni balolashini umumlashtiradi.
Dunyo olimlari esa, hukm va qozilikdagi g‘aroyib furu’lar va vaz’iy suratlardan bahs
qilishadi. Holbuki, ular bahs qiladigan masalalar zamonga to‘g‘ri ham kelmaydi, voqe’
bo‘lishi ham dargumon. Voqe’ bo‘lsa ham, o‘zlari uchun emas,
balki boshqalar uchun
bo‘ladi. Ertayu kech xotiralarida, dillarida, amallarida yo‘liqadigan muhtoj narsani tark
etishadi! O‘zi uchun muhim bo‘lgan narsani boshqaga bag‘ishlagan kishidan ko‘ra
saodatlikdan yiroq kishi bormi? Undaylar Allohga yaqin bo‘lish o‘rniga xaloyiqqa yaqin
bo‘lishni afzal ko‘rishadi, dunyo bolalari orasida fozil tadqiqotchi,
nozik ilmlar olimi deb
nomlanishni havas qilishadi. Ammo ularni Alloh taolo shu odamlarning hurmatlaridan
foydalantirmay jazolaydi. Qiyomatdagi jazosi esa, muqarrab bandalarning, ilmiga amal
qilganlarning obro‘larini ko‘rib, xasrat va inqiroz holga tushish bo‘ladi.