1.2 Operatsion faoliyatdan daromadlar hisobining tarmoq xususiyatlari va vazifalari Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ijtimoiy iqtisodiy
rivojlantirish, inovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo’jalik yurituvchi subektlarda asosiy faoliyat daromadlarini
samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Islohatlarning hozirgi bosqichida
iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, uni moderinzatsiyalash
asosida subektlarning daromad topishi imkoniyatlarini yanada asosiy vazifa qilib
belgilandi. Chunki bozor munosabatlari iqtisodiy manfatlarga tayanib, unga
daromad topish, foyda ko’rish orqali erishiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini
mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishini
taminlash va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish vatanimiz
taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishning muxim shartlaridan biri
hisoblanadi. Bu maqsadga erishishi uchun esa, eng avvalo iqtisodiyotning barcha
sohalarida shuningdek, xo’jlik yurituvchi cubektlarda asosiy (operatsion) faoliyat
daromad manbalarini kengaytirish, rivojlantirish zarur bo’ladi.
Asosiy faoliyatdan olingan daromad (foyda), bu maxsulot sotishdan olingan
yalpi foyda bilan davir xarajatlari orasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan
ko’rilggan boshqa daromadlarni qo’shish yoki boshqa zararlarni ayirish orqali
aniqlanadi:
AFF=YAF-DX+BD-BZ (3)
Bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davir xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliatdan ko’rilgan boshqa zararlar.
18
2-BHMSga muvofiq asosiy faoliyat daromadlari o’z ichiga quydagilarni
qamrab oladi.
6-rasm: Xo’jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion) faoliyatdan