O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94

8
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
- pedagog xodimlarning avgust kengashlarida umumta’lim fanlari
bo‘yicha sho‘’balar ishini, umumta’lim maktablari, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini jalb etgan holda, birgalikda o‘tishini
ta’minlash;
- umumta’lim fanlaridan uzviylashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim
jarayoniga joriy etish ishlarining monitoringini olib borish va har chorak
yakuni bilan Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
markazi monitoring guruhiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, umumta’lim fanlaridan uzviylashtirilgan o‘quv
dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish, uning monitoringini olib borish,
natijalarni tahlil etib, hisobotlar tayyorlash ishlarini tashkil etishga
ta’limning hududiy boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalari rahbarlari
shaxsan mas’uldirlar.
11. Ushbu qo‘shma qaror qabul qilinishi munosabati bilan
Xalq ta’limi vazirligining 2009 yil 26 iyundagi 6/4-sonli qarori, O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligining 2009
yil 6 oktyabrdagi 41QB/273-sonli, Oliy va o‘rta maxsus hamda
Xalq ta’limi vazirliklarining 31 martdagi 134- va 62-sonli qo‘shma
buyruqlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosarlari U.Toshkenbayev, Sh.Javlonov
va  Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.Daniyarov zimmalariga
yuklatilsin.
O‘zbekiston
O‘zbekiston
Respublikasi
Respublikasi
Oliy va o‘rta
Xalq ta’limi
maxsus ta’lim vaziri
 vaziri
________ B.Xodiyev
___________ A.Maraximov


9
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining o‘quv rejasi


10
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
MEHNAT TA`LIMI FANIDAN
DAVLAT TA`LIM STANDARTI
O`quvchilar mehnat ta`limi faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va
malakalarni egallashlari shart:
-
mehnat jarayoni haqida  dunyoqarashga ega bo`lish;
-
umummehnat bilim, ko`nikma va malakalariga ega bo`lish;
-
kasb-hunarlar haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish;
-
xalq xo`jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari
to`g`risida bilimlarga ega bo`lish;
-
turli materiallarga boshlang`ich badiiy ishlov berish
ko`nikmalariga ega bo`lish;
-
milliy mehnat an`analari, urf-odatlarini bilish;
-
buyumni texnologik xaritasini tayyorlash ko`nikmalariga ega
bo`lish;
Mazkur Davlat ta`lim standartida umumiy o`rta ta`lim maktablarida
mehnat ta`limi va kasb tanlashga yo`naltirishning tayanch mazmuni
hamda maktabni bitirgan o`quvchilarning mehnat va kasb tanlashga
tayyorgarlik darajasining me`yorlari ifodalanadi.
Ushbu standart umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun mehnat ta`limi
fanidan o`quv dasturi, darslik, qo`llanma va boshqa rasmiy me`yoriy
materiallarni ishlab chiqish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda
ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun asos sifatida xizmat qiladigan
me`yoriy hujjatdir.
I. Mehnat ta`limining maqsadi va vazifalari
Mehnat ta`limining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat
turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki
mehnat ko`nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda
mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga,
ularning ahamiyatini tushunishga o`rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga
tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda
jamiyat va shaxs farovonligi yo`lida mehnat faoliyatiga qo`shilishlariga
imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.
Mehnat ta`limining vazifalari: turli ishlab chiqarish sohalari
mazmuniga taalluqli dastlabki ma`lumotlarni o`rgatish, o`lchash-


11
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
tekshirish asboblaridan, ma`lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat
amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar
bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o`rgatish;
xalq xo`jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar
to`g`risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy
mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan
ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi,
xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini;
o`quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli,
raqobatbardosh iste`mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va
yetishtirilgan mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazish vositalarini
o`rgatish, ish boshqaruv (menejerlik) unsurlari, homiylik,
ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirib borish;
o`quvchilarni bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat
ruhida tarbiyalash;
xalq hunarmandchiligi kasblarini o`rgatish orqali xalqning milliy
ruhini, yashash tarzini, an`analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy
qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini
o`rgatish, ulardan o`z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko`nikmalarini
mustahkamlash;
yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika,
jihozlarning qo`llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida hamda
jahon tajribalariga mos holda o`rganishlarini ta`minlash;
turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qo`llaniladigan asbob-
uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o`rgatish;
o`quvchilarda umummehnat ko`nikma va malakalarini shakllantirish,
ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko`ra, kasb-hunar
turlarini tanlashga asos bo`ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini
shakllantirish va rivojlantirish.
II. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tayyorgarlik darajasiga
qo`yiladigan zaruriy talablar
O`quvchilar qog`oz ishlab chiqarishining texnik bosqichlari, ularning
yaratilish jarayonlari to`g`risida ma`lumotga ega bo`ladilar, qog`oz bilan
ishlash usullari, qog`oz turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari,


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə