Yuqori yurak tashlamasi bilan ifodalanuvchi YuE-O‘YuE simptomlari yurak tashlamasi (YuT) yuqori bo‘lgan bemorlarda, odatda takikardiya, issiq teri qatlamlari va oyoqlar, o‘pkadagi dimlanishlar va goxida past AB bilan (septik shok) kelib chiqadi.
O‘ng qorincha yetishmovchiligi – yugulyar venalarda yuqori bosim bilan, jigarni katalashuvi va arterial gipotoniyaga qo‘shilib ifodalanuvchi yurak tashlamasini past bo‘lishi sindromi.
Miokard infarktida Killip bo‘yicha O‘YuE- klinik belgilarni va ko‘krak qafasi rentgenografiyasining natijalarini xisobga asoslangan. Og‘irligini to‘rta bosqichi (klassi, sinfi) ajratiladi:
I Klass — yurak yetishmovchiligi belgilari yo‘q.
II Klass— yurak yetishmovchiligi (o‘pka maydonining quyi yarmida namli xrillashlar, III ton, o‘pkalarda venozli gipertenziyani alomatlari).
III Klass — og‘ir YuE (aniq o‘pka shishi; namli xirillashlar o‘pka maydonining quyi yarimidan ortiq xududlarga tarqalishadi).
IV Klass —kardiogen shok (SAB ≤90 mm sim.ust. periferik vazokonstriksiya belgilari bilan: oliguriya, sianoz ko‘p terlash).
Dostları ilə paylaş: |