O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

Qayta kristallash. 
Bu usul qattiq moddani qaynoq erituvchida eritib
so`ngra sovutilgan kristallar hosil bo`lishiga asoslangan. Masalan, bir necha 
qattiq moddalar aralashmasini qaynoq erituvchida eritib so`ngra sovutilsa, hosil 
bo`lgan eritma qaysi modda uchun o`ta to`yingan eritma hisoblansa, shu modda 
kristallga tushadi. Har qanday organik birikma ma`lum bir erituvchida yaxshi 
eriydi, kristallarning shakli ham o`ziga xos bo`ladi.
Sublimatsiya. 
Qattiq moddaning qizdirilganda suyuqlanmay gaz holatiga 
o`tib yana haydash asbobining sovutilayotgan qismida kondensatlanib 
kristallanish protsessiga 
sublimatsiya
deyiladi. Organik moddalarni tozalashning 
bu usuli kristallantirish yo`li bilan tozalanishi qiyin bo`lgan moddalarni 
tozalashda qo`l keladi. Bunday moddalarga benzoy kislota, naftalin, kamforalar 
misol bo`ladi. Ko`p hollarda uchuvchan moddalarni ulardagi uchishi qiyin 
bo`lgan aralashmalardan tozalash uchun qiyin va uzoq davom etadigan 
kristallantirish o`rniga bir marta quruq haydash kifoyadir. Bu usul bilan 
moddalarni tozalashning afzalligi shundaki, olingan modda juda toza bo`ladi. 
Agar modda sekin uchuvchan bo`lsa, quruq haydashni tezlatish uchun u 
vakuumda olib borilada.
Xromotografiya. 
Moddalarning sifat analizida va sof holda ajratib 
olishda qo`llaniladigan xromotografiya usullaridan biri qog`ozda taqsimlanish 
xromotografiyasidir. Xromotografiya usulini birinchi marta 1906 yili rus olimi 
M.S.Tsvet kashf etgan.



Bu usul bo`yicha moddalarning tozaligi va ularning nechta birikmadan 
tashkil topganligi aniqlanadi. Bu usul maxsus tayyorlangan filtr qog`ozdan 
ma`lum uzunlik va kenglikda qirqib olinadi. So`ngra tekshirilayorgan modda 
eritmasidan qog`ozning bir tomoniga ingichka kapillyar orqali bir nechta tomchi 
tomiziladi va qog`ozning eritma tomizilgan tomoni maxsus kameradagi 
sistemaga (eritunchiga) botirib qo`yiladi. Erituvchi qog`ozga shimilib, moddani 
start nuqtasidan suradi va chegaraga yetgandan so`ng xromotogramma-qog`oz 
kameradan olinib quritiladi, so`ngra maxsus rang beruvchi reaktiv bilan 
ishlanadi, qog`ozda surilib chiqqan moddalar-dog`lar hosil qilib bo`yaladi. Bu 
moddalar dog`larining qiymati moddalarning taqsimlanish koeffitsiyenti birligi 
bilan o`lchanadi. (2-rasm).
Moddalarning taqsimlanish koeffitsiyenti 
)
(
f
R
nuqtadan to dog` 
markazigacha bo`lgan masofaning (
x
) nuqtadan to front chegarasigacha bo`lgan 
masofa (
y
) ga nisbatiga teng:
y
x
R
f

Keyingi vaqtlarda yuqoridagi usullar bilan bir qatorda gaz-suyuq 
xromotografiya usuli ham keng qo`llanilmoqda.
Yuqorida aytib o`tilgan usullardan sof holda ajratilgan moddalarning 
tozaligi birinchi navbatda fizik konstantalarni o`rganish bilan aniqlanadi.
Fizik konstantalar (erish, qaynash temperaturasi, nisbiy solishtirma 
massasi, sindirish ko`rsatgichi va h.k.) moddalarni identifikatsiyalashda va 
ularning tuzilishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə