13
tashqari mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlaydigan
oziq me’yori berish shart deb topildi.
Yem-хashakning
turi va sifati molning mahsuldorligiga va mahsulot sifati-
ning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi tajribalarda
isbot landi. Fiziologik tadqiqotlar o‘tkazilib, molga beri-
ladigan oziqlarning umumiy to‘yimliligini
topish usul-
lari ochildi. Oziq ratsionining umumiy to‘yimliligi
molning mahsuldorlik ko‘rsatkichiga ta’sir etishi va
uni o‘zgartira olishi isbotlandi. Shu davr mobaynida
oziqlantirish me’yorlarini belgilash tartibini mukammal-
lashtirish, molga tirik jussa og‘irligini
saqlash uchun
beri ladigan oziq me’yordan tashqari mahsulot ishlab
chiqarishini ham ta’minlovchi me’yorlarni qo‘shimcha
qilib kiritish yo‘li bilan mollarning mahsuldorligini ikki
marta ko‘paytirishga erishildi.
Uchinchi bosqichga
kelib,
oziqlantirishning chor-
va mollarining sog‘lig‘ini saqlashdagi o‘rni o‘rganila
boshlandi. Ko‘pchilik yuqumsiz kasalliklar oziq tarki-
bida ma’lum хil modda elementlarning bo‘lmasligi yoki
yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishligi kashf etildi.
Shuning uchun ratsion tarkibiga kiritilgan oziqlar mol
jismini
aminokislotalar, vitaminlar, mineral element va
tuzlar, mikroelementlar, uglevodlar, yog‘ kislotalar bilan
ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak, degan fikrga kelindi.
Bulardan
tashqari, oziq tarkibida gormon va fermentlar
kabi hayot uchun zarur moddalar ning o‘rnini bosa ol-
adigan moddalar ham bo‘lishi
lozim ekanligi aniqlandi,
chunki yem-хashak bilan birga me’daga faqat to‘qima
tuzilishini ta’minlaydigan va mahsulot hosil qiladigan
хomashyogina emas, balki fermentlar yoki gormon-
lar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan
moddalar ham
keltirilishi kerak.