O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165
pul va banklar

Akkeditiv
– mijozning topshirigiga ko‗ra shartnoma bo‗yicha uning 
kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. 
Unga ko‗ra akkreditiv ochgan bank (bank imitent) uning kontragenti – 
mablag‘larni oluvchi foydasiga to‗lovni amalga oshirish yoki boshqa bankka bu 
turdagi to‗lovni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini mablag‘lar oluvchi 
tomonidan hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa 
shartlarni bajargan taqdirda oladi. 
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: 
- qoplangan (deponentlangan); 
- qoplanmagan (kafolatlangan). 
Akkreditivlar bank tomonidan ko‗zda tutilmagan xolatlarning alohida hisob 
varaqlarida va 22602 – «Mijozlarning akkredtivlar bo‗yicha depozitlar» hisob 
varag‘ida hisobga olinadi. Har bir mablag‘larni oluvchi uchun unga xizmat 
ko‗rsatuvchi bankda akkreditivlar bo‗yicha alohida depozit hisob varaqlari 
ochiladi.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, bank emitent uni 
ochish vaqtida mijozning o‗z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni bank – 
emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank 
ixtiyoriga utkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank – emitent ijrochi bankka 
akkreditivning butun summasini bank – emitentning ijrochi bankida yuritilayotgan 
hisob varagidan ko‗chirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib 
olinmaydigan bo‗lishi mumkin. 
Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank – emitent tomonidan mablag‘larni 
oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda o‗zgartirilishi yoki bekor qilinishi 
mumkin. Akkreditivlarni chaqirib olish bank emitent zimmasiga mablag‘larni 
oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To‗lovchi chaqirib olinadigan 
akkreditivning shartlarini o‗zgartirishi va bekor qilinishi to‗g‘risidagi barcha 
ko‗rsatmalarni mablag‘lar oluvchiga faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, 
ushbu bank mablag‘larni oluvchini banki (ijrochi bank) ni, u esa mablag‘ oluvchini 
xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operasiyalarni bajarish paytigacha akkretivning 
o‗zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo‗lsa u 
chaqirib olinadigan akkreditiv bo‗yicha to‗lovni yoki boshqa operasiyalarni amalga 
oshirishi shart.
Mablag‘lar oluvchining roziligisiz, uni foydasiga ochilgan chaqirib 
olinmaydigan akkreditiv o‗zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Ijrochi bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan 
akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda chaqirib olinmaydigan akkretiv 
tasdiqlangan akrreditiv bo‗ladi.
Tasdiklangan akkreditiv bo‗lganda ijrochi bank bank – emitentni akkreditiv 
shartlariga muvofiq to‗lovni amalga oshirish majburiyatlari bo‗yicha o‗z 
zimmasiga qo‗shimcha ravishda majburiyatlar oladi.


30 
Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‗zgartirilish yoki bekor 
qilinishi mumkin emas.
To‗lovchi akkreditiv shakldagi hisob – kitoblarda bankka akkreditivga ariza 
taqdim etadi.
Akkreditivga arizada akkreditlar bo‗yicha mablag‘larni olish uchun 
mablag‘larni oluvchi taqdim etishi lozim bo‗lgan akkreditiv shartlari ro‗yxati to‗liq 
bo‗lmasa tasdiqlovchi hujjatlarning aniq tasnifi va ularni rasmiylashtirishga doir 
talablar mavjud bo‗lmasa, banklar akkreditiv uchun arizani to‗lovchiga qaytarib 
berish va akkreditiv hisob varaqlarini ochmasligi kerak.
Akkreditivga ariza bank – emitentga ikki nusxada taqdim etiladi:
- birinchi nusxasi to‗lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik 
hujjatlariga tikiladi. 
- ikkinchi nusxasi mablag‘lar to‗lovchining shaxsiy hisob varag‘idan olingan 
ko‗chirmaga ilova qilinadi. 
Mablag‘lar oluvchining bankida akkreditiv quyidagi xollarda yopiladi: 
a) Akkreditiv muddati tamom bo‗lgach 
b) Mablag‘lar oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom 
bo‗lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi yozma arizasiga ko‗ra, 
agarda bu akkreditiv shartlarida ko‗rsatilgan bo‗lsa 
v) To‗lovchining akkreditivni to‗liq yoki qisman chaqirib olish haqidagi 
yozma talabiga ko‗ra, agar bu akkreditiv shartlarida ko‗zda tutilgan bo‗lsa, 
akkreditiv bank – emitentdan xabar yetib kelgan kuni yopiladi yoki kamayadi, 
lekin 22602 – «Mijozlarning akkreditivlar bo‗yicha depozitlari» balans hisob 
varag‘idagi qoldiq summadan ko‗p bo‗lmagan xolda. 
Ijrochi bank akkreditiv yopilganligi to‗g‘risida bank emitentga xabar beradi. 
Foydalanilmagan summa to‗lovchining bankiga mablag‘lar qaysi hisob varaqdan 
deponent qilingan bo‗lsa shu hisob varaqga utkaziladi.
Hisoblashuvlarning akkreditiv shaklini ustunligi mablag oluvchi uchun 
ishonchli, uning shartlari oddiy; 
Kamchiligi – to‗lovchining puli shu davrga muomiladan chiqadi, maxsulot 
junatuvchi bankida kutadi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə