|
Real va ideal men tushunchalarining tahlillariII BOB. «MEN»KONSEPSIYASINI O’RGANISH BO’YICHA ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI
|
səhifə | 8/11 | tarix | 27.05.2023 | ölçüsü | 262,63 Kb. | | #113617 |
| Real va ideal men tushunchalarining tahlillariII BOB. «MEN»KONSEPSIYASINI O’RGANISH BO’YICHA ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI
2.1 «Men» konsepsiyasining rivojlanishini o’rgangan xorij psixologlari hamda ularning ilmiy qarashlari
«Men» konsepsiyasi borasidagi har qanday ilmiy tadqiqotlar va unga tayangan yondosh nazariyalarning bari 4 ta asosiy nazariy manbaga asoslanadi. Bular:
U.Jeymsning fundamental yondashuvi
Ch.Kuli va J.Midning simvolik interaksionalizm nazariyasi
Eriksonning identiklikning tarqqiyot nazariyasi
Rojersning fenomenalitik yondashuvi
«Men» konsepsiyasi borasida yana bir qancha yirik ilmiy tadqiqotlar olib borilgan, keyingi tadqiqotlar bir muncha samaradorligi bilan ajralib turadi.
Uilyam J eymsning fundamental yondashuvi. Uilyam Jeyms birinchilardan bo’lib «Men» konsepsiyasi muammolarini o’rganishga qo’l urgan. Ushbu konsepsiyaning asosini tushunish uchun avvalo shaxsning, xususan, bola shaxsining “Men”i haqida fikr yuritish kerak bo’ladi. Bu borada U.Jeyms o’zining shaxs nazariyasida shaxs “Men”i haqidagi fikrlarini to’liq ifodalay olgan, desak bo’ladi. Uning nazariyasiga ko’ra shaxs “Men”iga xos ikki aspekt ajratib ko’rsatiladi. Birinchisi – emperik “Men”, ikkinchisi – haqiqiy(axloqiy) “Men”. Emperik “Men” inson nimaniki “o’zimniki” deb atay oladigan narsalar yiğindisi hisoblanadi. Emperik “Men” tarkibiga uchta komponent kiradi, bular: Material “Men”, Ijtimoiy “Men”, Psixik “Men”.
Material “Men” – shaxsning tana tuzilishi va shaxsan o’ziga tegishli bo’lgan narsa(kiyim, xona va undagi jihozlar, tish chotkasi va h.k)lar yiğindisi.
Ijtimoiy “Men” – shaxsning atrofdagilar(jamiyat a‘zolari) tan olgan “Men”i. Bu “Men” shaxs atrofida ijtimoiy guruh qancha bo’lsa, shuncha miqdorda bo’ladi.
Psixik “Men” – shaxsni jamiyatda namoyon etuvchi qobiliyatlar yiğindisidir.
Haqiqiy “Men” – bu shaxsning o’zini-o’zi anglashi hamda o’ziga-o’zi baho berishidan tashkil topgan “Men”dir. Shaxsning ijtimoiylashishi shaxsga maqsadlarni aniqlash imkonini yuzaga keltiradi. «Men»imizni qoniqtira oladigan, muvaffaqiyatimiz va o’zimizga bergan bahomiz tufayli biz faoliyatimizda maqsadlarimizni o’zimiz o’rnatishimiz mumkin bo’ladi. Jeyms buni quyidagicha ifodalagan: bizning o’zimizga bergan bahomiz aslida kim bo’lishni xohlashimiz va atrof-muhitda qanday pozitsiyani egallashimizga boğliq; bizning o’zimizgagina tegishli muvaffaqiyat yoki omadsizliklarni baholashda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Aniqlanishicha, hamma inson o’z «Men»ini kengaytirish uchun yetarlicha imkoniyatga ega. Faqat shart shuki, bu maqsadni aniqlash hamda shu maqsad tufayli ustanovkalar belgilash muhimdir. Inson imkoniyatlarining chekllanishi – ichki dunyosidagi maqsadlarning nihoyatda realikka asoslanganligi bilan xarakterlanadi. Masalan: shaxs o’zining xavaskor tennischi ekanligini bilsa va buni to’ğri qabul qilsa, unda mana bunday imkoniyatlar uchun eshik ochiladi: a) qanday qilib bo’lsa ham, muvaffaqiyatsizlik sababini ratsional tarzda izlash; b) o’ziga nisbatan shikoyatlar darajasini pasaytirish; c) muvaffaqiyat olib keladiganroq va hamda mosroq faoliyat bilan shuğullanish. Albatta, biz biron sohada muvaffaqiyatsizlikka uchrasak, bir olam shikoyatlarni shaxsiy taraqqiyotimiz tomon yo’naltirib yuboramiz, buning natijasida esa «Men» tarkibidagi xususiyatlar talabimizga javob bermayotgandek tuyiladi. Oqibatda esa o’zimizga bo’lgan ishonchimiz susayadi. Eng oson yo’li -muvaffaqiyatsizlikni esdan chiqarish va a, b, c imkonoyatlardan birini ishga tushirish kerak.
Bolalik davrida o’ziga bo’lgan ishonchning ahamiyatini oldingi rejalarda ko’rib o’tdik. Xo’sh, bu nazariya bo’yicha bolada muvaffaqiyatsizlik yuz bergan mahal a, b, c imkoniyatlarni u o’zi tanlaydimi? Yo’q, chunki bolaning tafakkuri hali keng rivojlanmagan. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka uchragan bolaga ota-ona (yoki unga mas'ul tarbiyachi, trener) dalda bergan holda, uning o’ziga bo’lgan ishonchini saqlab qolishi kerak. Bunda: keyingi safar albatta eplaysan; bu balki, murakkabroq mashğulotdir, boshqasi bo’yicha o’zingni sinab ko’r kabi yo’llanmalar ijobiy ta‘sir etishi mumkin. Xullas, Uilyam Jeyms «Men» konsepsiyasiga doir quyidagi qonuniyatlarni ochgan:
Dostları ilə paylaş: |
|
|