«Men» konsepsiyasining differensiallashgan strukturasi
“Men” konsepsiyasi strukturasining asosiy komponentlari:
Xulq-atvor
Emotsional
Kognitiv
“Men” konsepsiyasining elementlari:
“Men” – obyekt
“Men” – anglovchi
“Men” konsepsiyasi – insondagi ustanovkalar yig`indisi
O`ziga baho berishi
O`zini qabul qilishi
O`ziga yo`nalganlik
Real “Men”
Oynadagi “Men”
Kelajakdagi “Men”
“Men” konsepsiyasining sõnggi aspektlari
Kelajakdagi “Men”
Ijtimoiy “Men”
Ma‘naviy “Men”
R.Berns o`ziga yo`nalganlik ustanovkasini 3 ga bo`ladi:
Real (haqiqiy) “Men” ustanovkasi – bu individning o`z aktual qobiliyatlarining rolini qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishi;
Oynadagi “Men” ustanovkasi – bu individning jamiyatga nisbatan munosbatlarida namoyon bo`ladigan hamda individning o`z kamchiliklarini yuzaga chiqarmasligi;
Kelajakdagi “Men” ustanovkasi.
Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog`onada “Men” konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. R.Berns nazariyasida jismoniy “Men” aspekti boshqa elementlarga nisbatan zaifroq ochib berilgan.
Ideal yoki bo`lishi mumkin bo`lgan “Men”. Shaxsning “Men” konsepsiyasi uning ayni paytdagi xarakterlovchi “Men” tizimlarini emas, balki shaxs bo`lishi mumkin bo`lgan yoki bo`lishni istagan “Men”larni ham o`z ichiga oladi. Ameriklik tadqiqotchi J.Markus va uning hammualliflarining fikricha, bo`lishi mumkin bo`lgan “Men” o`z tarkibiga shaxs bo`lishni istagan tasavvurlar – badavlat, yoqimtoy, sevimli “Men”larni oladi. Bo`lishi mumkin bo`lgan “Men”ning ichiga shaxs bo`lishdan qo`rqadigan “Men”lar kiradi – ishsiz “Men”, “ikkinchi” men, yoqimsiz “Men”. Bo`lishi mumkin bo`lgan “Men” shaxsni har doim ma`lum maqsadlarga erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so`ng shaxs o`zi intilgan hayotni ko`rishga muyassar bo`lishi mumkin.
«Men» obrazining asosiy tarkibiy qismi o'zini baholashdir. Uilyam Jemysning orginal formulasi bo'yicha uni hisoblash ham mumkin:
Dostları ilə paylaş: |