Sud tizimi va uning turlari
Maqsadbek Shokir o’g’li Sultonov
Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud
tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Sud, Qonun chiqaruvchi, jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy sud ishlari,
"proletarcha ong", Xalqaro tijorat arbitraj sudi, hakamlar sudi.
Judicial system and its types
Maqsadbek Shokir oglu Sultanov
Karakalpak State University named after Berdakh
Abstract:
This article discusses the reforms being carried out in our country to
achieve an independent, open and transparent judiciary.
Keywords:
Court, Legislature, Criminal, Civil,
Administrative Court,
"Proletarian Consciousness", International Commercial Arbitration Court, Arbitration
Court.
Sud
- zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri - sud hokimiyatini
amalga oshirish yuklatilgan organ. Qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi
organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni
koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari,
shuningdek qabul qilinuvchi
qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi.
Sud
(slavyancha sud - ish) - odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi;
muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik,
maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Ayrim shaxslar
oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat
birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni
koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot
huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Sud boshqa
davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona
faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi
lozim. Sudlar odatiy va favqulodda sudlarga boʻlinadi. Favqulodda Sudlarni tashkil
etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy sudlar umumiy
vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona,
soliq
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1837
(moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va hokozo sudlar boʻlishi mumkin. Sudning
alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy sudlar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda,
shuningdek, diniy sudlar (mas, musulmon mamlakatlari - Eron, Pokiston,
Sudan va
boshqalarda shariat sudlari) va odatiy huquq sudlari (mas, tropik Afrika va
Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila sudlari) ham mavjud. Shuningdek,
instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya sudi,
apellyasiya, kassatsiya va nazorat
sudlari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy sudlarga
boʻlinadi.
Sud hozirgi Oʻzbekiston hududida davlatchilikka xos koʻp asrlik tarixga ega. Sud
faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, anʼanalari va maʼnaviy
negiziga asoslanib,
obrueʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan kishilar amalga oshirishgan. Ular
chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan.
Oʻzbekistonda qariyb 13 asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi
hamda xalq urfodatlari va anʼanalariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud
bulgan. Oʻrta Osiyoni zabt etganidan sung mustamlakachi chor hokimiyati Rossiya
qonunlariga amal qiluvchi sudlarni tuzdi. 1917-yil oktabr toʻntarishidan soʻng "xalq"
sudlari va tribunallar taʼsis etildi. Ular kommunistik partiya va inqilob manfaatlariga
xizmat qildi, qonunga emas, "proletarcha ong"ga suyanardi. Sud oʻrnini koʻp hollarda
"maxsus kengash", "uchlik komissiya" kabi maʼmuriy tuzilmalar egallagandi. Sud
adolatga emas, vahshiyona qatagʻon, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. Sud batamom