chunki kitobxonlik boshqa barcha sohalarni o’rganish uchun asos bo’lib, har bir
davlatlarda iqtisodiy farovonlikka erishish kitobxonlik ko’nikmalari bilan
chambarchas bog’liq, deb yoritiladi (YUNESKO, 2005). Respublikamizda bugungi
kunda juda katta islohotlar olib borilmoqda. Bolalarga
singdirilgan bilim va
qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli barkamol shaxsni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
O’zbek xalqi azaldan kitobxon xalq bo’lgan. Ajdodlarimiz kitob mutoalasi bilan
muntazam shug’ullanganlar. Bolalarda juda yoshlikdan boshlab kitobxonlik
madaniyati
ko’nikmalari
shakllantirilgan.
O’tmishda
bolalarda kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish ota-onalar, enagalar, murabbiylar zimmasida bo’lgan.
Ko’pgina ziyoli, ma’rifatli oilalarda juda katta miqdordagi kitoblar saqlangan. Yirik
kutubxonalar olimlar va zadogonlar ixtiyorida bo’lgan.
Madrasalarda ham kitob
mutolaasi bilan toliblar izchil shug’ullanishgan. Bugungi kunda mana shu muqaddas
meros va qadriyatga sadoqat sifatida oilalarda o’quvchilarda kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.
Bugungi kunda faxrlanib, moddiy meros borasida ham, ma’naviy meros
borasida ham dunyoning sanoqli mamlakatlarigina bizning davlatimiz bilan bellasha
olishi mumkin deb, baralla ayta olamiz. Asrlar osha
qanday yutuq va marralarga
erishgan bo’lsak, albatta, buning zamirida halqimizni kitobga bo’lgan mehr va
mutolaaga bo’lgan ishtiyoqi mujassam bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271 sonli
“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora
tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qarori bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin.Ushbu
qaror doirasida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Kitobxonlik
madaniyati-shaxsning o’z kuch-quvvati,
imkoniyatlari, qiziqishlarini kitob o’qishga
safarbar qilishining muayyan darajasidir. O’quvchilarda o’z o’quv faoliyatlari
davomida kitob o’qish, uni tahlil qilish va mazkur asar haqidagi o’z fikrlarini bayon
etish kabi ko’nikmalar shakllanadi. Kitobxonlik madaniyati mazkur sohada
o’quvchining yetukligini ham ifodalaydi. Kitobxonlik madaniyati - rivojlangan
tamaddunlar davrida butun insoniyatga xos bo’lgan ma’rifiy-ta’limiy hodisadir. U
ta’lim-tarbiya natijasida bolalarda hosil qilinadigan ko’nikmalar, qiziqishlar, ijodiy
imkoniyatlarni ham ifodalaydi.
Yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda ular ongi
va qalbiga milliy istiqlol
g’oyasini singdirish asosida o’z Vataniga, xalqiga mehr-muhabbat va sadoqat
tuyg’ularini paydo qilish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
797
ruhida tarbiyalash, ular ongi, dunyoqarashi, tafakkurini o’zgartirish, mamlakatimizda
sodir bo’layotgan islohotlarning mohiyatini anglab olishiga erishish muhimdir.
Bularning barchasidan yosh avlodni ba’zan yot ta’sirlarga berilib ketishidan saqlash,
iymonli, e’tiqodli, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash zaruriyati kelib chiqadi.
Bunday avlod, albatta, dastavval oila muhitida tarbiyalanadi.
Demak,
har
qanday
davlatning
kelajagi
yosh
avlodning
qanday
tarbiyalanganligiga bog’liq, chunki, kelajak ularning qo’lida bo’ladi. Yosh avlod
tarbiyasining samaradorligi uni qanchalik erta boshlanishi bilan uzviy bog’iqdir.
Ayniqsa, bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
barkamol etib
tarbiyalashni
davrning
o’zi
taqozo
etmoqda.
Shunday
ekan,
mustaqil
respublikamizning kelgusi taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
rivojlanishi hozirgi davrda hayotga qadam qo’yayotgan yosh avlodga, ularning
kamolotiga bevosita bogliqdir. Demak, jamiyat istiqboli ham, halqimiz istiqloli ham
har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishni taqozo etadi.
Kitobxonlikka mehr uyg’otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega
bo’lgan jarayondir. Shuning uchun ham Respublikamizda
ushbu jarayonga katta
ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtni matbuot, bolalar kitobi,
kitobxonlikka mehr uyg’otish ta’lim tarbiya berishda juda katta ahamiyat va o’rinni
egallaydi.
Bobolarimiz butun ro’yi olamni, Yerni xam, samoni xam bilim bilan, tafakkur
va kitob bilan zabt etgan. Seryulduz osmon Mirzo Ulug’bek bobomizning duraxshon
kutubxonasiga o’xshaydi. Termiziylardan Buxoriylargacha,
Ibn Sinolaru Beruniylar,
Ulug’beklaru Farg’oniy va Xorazmiy bobolargacha jaxonni aqlu zakovat, ilmu
xikmat bilan egallagan buyuk jaxongirlar bo’lgan.
Buyuk adabiyot namoyondalari kitobga tafakkurning tolmas qanoti, deb ta’rif
berganlarida, u inson ma’naviy olamini boyitishini nazarda tutganlar. Kitob Vatanga
muxabbat, yurtga sadoqat, odamlarga mexr-oqibat tuyg’ularini kamol toptirishning
eng yaxshi vositasi sifatida qadrlanadi.
Dostları ilə paylaş: