yashaydigan dunyoni hayolan ko’z oldiga keltiradi, endigina kitob o’qishni o’rgangan
bola qachon va qanday o’qiydi, bu jarayonga u juda ko’p kuch sarflaydi. Kitob
ichidagi tasvirlarni to’laqonli yaratish va matnni idrok etish orqali qiziqishi ortadi,
bolani hissiy jihatdan bog’laydi. Shu bilan birga, fantaziyaning rivojlanishi bu ijodkor
shaxsni shakllantirish yo’lidagi eng muhim omildir. Buning uchun bola albatta
kitobni ovoz chiqarib o’qishi kerak.
➢
Uchinchidan, kattalar tomonidan kitob o’qiyotganda, bola tinglashni
o’rganadi. Birovning gapini bo’lmaslik, semantik urg’ularni farqlash,
turli
intonatsiyalarni eshitish shular jumlasidandir. Bundan tashqari, eshitish xotirasi
shakllanadi, bola yaxshi yodlashni boshlaydi.
➢
To’rtinchidan, oilaviy kitobxonlik bu birgalikdagi o’yin-kulgi va eng muhimi
muloqot shakllanish jarayonidir. Ota-onalar va bolalar umumiy manfaat va umumiy
sababga ko’ra muloqot qiladilar. Bu esa xulq-atvor bilan birga bolaga to’liq e’tibor
berishni anglatadi. Loyiha doirasida o’tkazilgan so’rovnomadagi "Siz kim bilan va
nimalarni o’qishni hohlaysiz?" nomli savolga bir yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan
bolalar ko’pchiligi ota-onalari bilan muloqot qilishni xohlashadi: birgalikda onam
(dadam) bilan ertak o’qish, ular bilan birgalikda qahramonlar haqida suhbatlashish,
qahramonlarning
quvonchi, tashvishi, qayg’usini birgalikda bo’lishish, o’z ona tili
so’zlarining go’zalligi va ma’nosini ochib beradi deb hisoblashdi.
Ma’lumki, har bir oila o’ziga xos an’anaga, boy ijodiy-intellektual boylikka ham
ega. Ana shu ma’naviy-madaniy boylikni o’rganish, undan jamiyat taraqqiyotida
foydalanish, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun ham bilim va tafakkur manbai
kitobxonlikni oilada va maktabdan boshlamoq zarur. Lekin bu muammo
O.Sharofuddinov ta’kidlaganidek, Keng ma’nodagi kitobxonlik masalasi faqat
chaqiriqlar - u da’vat bilan, xitob-u shiorlar bilan hal bo’ladigan masala emas...
ma’naviyat masalalariga
juda katta ahamiyat berayotgan, uni har bir fuqaro qalbiga
yetkazish tadbirlarini juda jiddiy o’ylayotgan jamiyat bu yo’ldagi dasturiga
kitobxonlik dasturini ham qo’shib qo’ymasa bo’lmaydi.
Olim buni bejiz ta’kidlamaydi. Chunki, bolalarni kitob vositasida tarbiyalash
juda qiyin jarayon. Ana shu jarayonda o’qilayotgan kitoblardagi barcha hodisa-
voqealar ota-ona, oilaning boshqa a’zolari va bolalar uchun tushunarli bo’lishi,
bolalarda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi, bilim berishi,
ezgulikni his etishga
yo’llashi zarur. Ana shu taqdirdagina kitobxonlik o’quvchi ma’naviyatini
shakllantirishga yordam beradi. Bunda ota-onaning ma’naviy dunyosi, xulq-odobi,
orzu-umidlari, hayotiy tajribasi, an’analari, kasbi katta yordam beradi. Chunki, kitob
bolani dunyoni anglab olishi bilan bir qatorda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi,
uning xarakterini tarkib topdiradi, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib
yechish yo’llarini tushunib yetadi. Bu hislatlarni egallab olgan har bir bola yuksak
ma’naviyatli shaxs bo’lib yetishadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
799
Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o’rni
qadimdan ma’lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go’zallikka
muhabbat
uyg’otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg’usini paydo qiladi.
Bolalar kitobxonligini tashkil qilishda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va
mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o’zi ham yuksak gandga
ega bo’lishlari kerak.
Shunday qilib, ma’naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi:
➢
axloqiy qarashlar;
➢
diniy qarashlar;
➢
badiiy qarashlar;
➢
falsafiy qarashlar;
➢
siyosiy qarashlar;
➢
huquqiy qarashlar;
➢
ilmiy qarashlar.
Bularning barchasi kitob mutolaasi asosida amalga oshadi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Oilada va ta’lim muassasalarda kitob
vositasida bolalar ma’naviy shakllantirish quyidagi prinsiplar asosida olib borish
samarali natijalar berishiga tadqiqotlar jarayonida ishonch hosil qildik.
- bolalarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos kitoblarni tanlash;
- oilada va ta’lim muassasalarda kitob zahirasini hosil qilish;
- oilada va ta’lim muassasalarda bolalarning kitob o’qishini kuzatish va kitob
o’qishni tizimli tashkil etish;
- kitob o’qishda ibrat-namuna ko’rsatish;
- oilada va ta’lim muassasalarda o’quvchilarda kitobga mehr uyg’otish va
kitoblarni avaylab asrash ko’nikmasini hosil qilish;
- kitob o’qishning samarali metod va usullaridan foydalanish;
- o’qilgan kitoblarni hisobga olib borish va ular haqidagi fikrlarni aniqlab
borish;
- kitob o’qishni bosqichma-bosqich olib borish;
- bolalarni o’qigan kitoblari yuzasidan fikr yurita olishga o’rgatish;
- o’quvchini kitob o’qishga majbur qilish emas, ularda xohish - istak uyg’otish
dan iboratdir.
Xulosa
va
takliflar.
O’zbekistonda
bolalarning
aqliy
rivojlanish
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talabiga
muvofiq bolalar tarbiyasi ro’lini oshirishga yo’naltirilgan bir qancha tadqiqodlar olib
borilmoqda. Bolalar tarbiyasida bola shaxsiyatini, uning boshqalar bilan o’zaro ijobiy
munosabatini
shakllantirish, axloqiy tasavvurlarni rivojlantirish, vatanparvarlik
hissiyotlarini uyg’otishga alohida e’tibor beriladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
800
Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror
toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual
salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga
muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol
shaxsni tarbiyalashda
beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Bolalarni oilada mehnatga o’rgatish, ularni estetik tarbiyasi ham muhim
vazifalardandir. Bolalarning aqliy, ruhiy va axloqiy diniy tarbiyasi, ma’naviy yuksak
qilib tarbiyalashning asosi bu bilimdadir. Yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va
madaniyatli qilib tarbiyalash muommolari esa bevosita kitob va kitobxonlik
masalalarining qay darajaga ko’tarilgani bilan bog’liqdir.
Kitobxonlik madaniyati juda keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, kitobga qiziqish
va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishib, kitob bilan ishlash haqidagi maxsus
bilimlarga ega bo’lish, shuningdek kitobdan to’la ravishda foydalana bilishda yordam
beruvchi ko’nikmalardan iborat.
Kitobxonlik madaniyati kitobxonga o’qiyotgan asarini to’laqonli
tushunish,
undan badiiy-estetik zavq olish, yozuvchi fikri, asar g’oyasini anglash va baholay
olish, bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, ma’lumotnomadan o’zini
qiziqtirgan yoki zarur masalalarga doir kitoblarni topib olish va undan foydalanish
yo’llarini o’rgatadi.Kitob tanlash, uni tez o’qish, o’qilgan kitoblarni boshqalarga
tavsiya etish, avaylab saqlash ham kitobxonlik madaniyatining tarkibiy qismlariga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: