Mavzu: Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Grafik axborotlar
bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari
Tayanch so’z va iboralar:
matn
muxarrirlari,
Microsoft Word, ob’ekt, muloqot oynasi,
taqdimot, slayd, prezentasiya.
Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari
Matnni qayta ishlash texnologiyalarini uskunaviy va dasturiy vositalarga ajratishimiz mum-
kin. Shulardan biz bugungni kunda eng ommalashgan dasturlardan biri matn muharrirlari haqida
fikr yuritamiz.
1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha
Bugungi kunda matnli hujjatlarni tayyorlashda ommabop bo’lgan dastur
Microsoft Word
dasturi
bo’lib, u matn prosessori deb ham ataladi. Haqiqatdan ushbu dastur o’zining juda keng
imkoniyatlari tufayli o’z sinfining matn prosessorlari orasida foydalanuvchi standartiga aylandi.
Word
prosessorining asosiy vazifasi matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlashdir. Ammo shu
bilan
birga
Word
ADP(amaliy dasturlar paketi) hujjatga grafik ob’ektlar, jadvallar,
diagrammalar, giperbog’lovlar joylashtirish kabi keng imkoniyatlarga ega.
Word
ADPi o’zi-
dagi ko’rsatkichlar, mundarijalar, kolontitullar yaratish vositalari mavjud bo’lganligi tufayli katta
hajmdagi hujjatlar bilan ishlashda qulaylik yaratadi.
MS Office
ADPga kiruvchi barcha amaliy dasturlardagi kabi
Microsoft
Word
dasturida
ham tizimli menyular to’plami mavjud bo’lib,
u oltita buyruqni bajaradi
Microsoft Word dasturini sozlash.
Word ADPni sozlash uchun
«Сервис»
menyusining
«Настройка»
punktini tanlash lozim.