153
Solanum tuberosum –
kartoshka, S.melongena –baqlajon, S.nigrum- qora
ituzum, Lycopersicum –pomidor, Nicotiana- tamaki. Capsicum-garmdori, Hyoscy-
amus-ming devona, Datura-bangidevona, Physalis-paq-paq.
LABGULDOShLAR OILASI-LAMIACEAE.(LABIATAE).
Morfologik ta'rifi: Bu oila o‘z ichiga 200 dan ortiq turkum va 3500 turni
o‘z ichiga oladi. Ular asosan er sharining issiq va mo‘'tadil iqlimli hududlarida tar-
qalgan bo‘lib, bir va ko‘p yillik o‘t, chala buta, tropik mintaqalarda esa ba'zi vakil-
lari buta va daraxtsimon o‘simliklardir.
Ularning poyasi 4 qirrali, barglari oddiy, poyaga
qarama-qarshi joylashgan,
yonbargchalari yo‘q. To‘pgullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan, (dixaziy). Ikki
qarama-karshi barg qo‘ltig‘idan chiqqan dixaziy to‘pgullar o‘zaro birlashib xalqa
to‘pgul hosil qiladi. Har bir doira to‘pgullar o‘z navbatida boshoq, ro‘vak, shingil,
ba'zan kallak to‘pgullarda joylashgan. Gullari asosan noto‘g‘ri, ba'zan to‘g‘ri, 5
a'zoli qo‘sh gulqo‘rg‘onli. Gulkosa barglari 5 ta, birikib o‘sgan 5 tishli bo‘ladi.
Gultojbarglari 5ta, birikib o‘sib 2 ta labni hosil qiladi.
Ustki labi ikkita, pastki labi uchta gultojbargning birikib o‘sishidan hosil
bo‘lgan. Changchilari 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa chang iplariga ega. Ba'zan chang-
chilari ikkita bo‘lib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan bo‘ladi.
Changchi iplari gultoji naylariga birikib o‘sgan. Urug‘chisi bitta, ikkita mevabar-
gli, tugunchasi ustki. Har qaysi urug‘ kurtak orasida juda barvaqt to‘siq hosil
bo‘ladi. Natijada tuguncha 4 bo‘lakchaga ajraladi. Mevasi bir urug‘li 4ta
yong‘oqchasimon mevachalarga ajraladigan uvoq meva.
Ahamiyati. Oila vakillari efir moylariga boy bo‘lganligidan parfyumeriya
va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari
bir necha turlari dorivor
o‘simliklar hisoblanib tibbiyotda qo‘llaniladi.
155
81-rasm. Yasnotka (Lamium):
A—guli
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR.
Gerbariylardan foydalanib, oilaning morfologik tuzilishini, ya'ni poyaning
4 qirraligiga, poyada barglarning qarama-qarshi yoki xalqasimon joylanishiga, gu-
lining noto‘g‘ri tuzilishiga, tukchalar bilan qoplanishiga e'tibor bering.
Oilaning keng tarqalgan
vakillaridan oq lamium, yalpiz, kiyiko‘t,
tog‘rayxon kabi o‘simliklari misolida, gul va meva tuzilishini o‘rganing. Ularni
aniqlagich yordamida bir-biridan ajrating. Rasmlarini chizib oling. Oilaning
umumiy gul formulasini tuzing,
Ca
(4)-(5)
Co
(5)
A
4,2
G
(2)
3. Quyidagi oila vakillarining lotincha va o‘zbekcha nomlarini yoz-
ing.Lamium album –oq lamium, Mentha – yalpiz, Salvia –movrak. Ziziphora –
kiyiko‘t, Ocimum –Rayhon, Dracocephalum-bo‘zbosh, Origanum –Tog‘rayhon,
156
Melissa-limono‘t, Thymus – Tog‘jambil, Phlomis-qo‘ziquloq, Leonurus –
Arslonquloq.
26-MAVZU, QOQIDOShLAR (MURAKKABGULDOShLAR) OILASI-
ASTERACEAE (COMPOSITAE).
Mavzuning maqsadi: Oilaning morfologik tuzilishini,
hayotiy shakllarini,
tarqalishini, keng tarqalgan vakillarini lotincha nomlarini va ahamiyatini o‘rganish.
KЕRAKLI JIHOZLAR; gebariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar,
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval nina va
boshqalar.
Morfologik ta'rifi; Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning vakillari er yuzining
deyarli hamma joyida uchraydi. Oilaning 1000 ga yaqin turkum va 25000 turi
ma'lum. Ularning ko‘pchiligi o‘tlar, ba'zan chala buta,
kamdan-kam hollarda
daraxtsimonlari ham uchraydi. Barglari oddiy, poyaga asosan ketma-ket, ba'zan
qarama-qarshi yoki xalqqa bo‘lib joylashgan. Barg yaprog‘ining shakli har xil yon
bargchasiz. Gullari to‘pgulli bo‘lib, savatchada joylashgan. Savatcha sirti bir qator
yoki bir necha qator bo‘lib tuzilgan o‘rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha
yassi, bo‘rtgan yoki botiq gul o‘rni atrofida hosil bo‘ladi. Gul o‘rni silliq yoki par-
dasimon, qiltiqli ba'zan tukli bo‘lishi mumkin. Savatchada hosil bo‘lgan
gullarni
soni bittadan tortib, ba'zan bir nechtagacha boradi. Ular ikki jinsli, bir qismi ayrim
jinsli yoki pushtsiz (chanchi va urug‘chilar rivojlanmagan) bo‘ladi. Gulkosacha
bargi reduktsiyalanib, oddiy yoki patsimon tuklarga, goxo qiltanoqlarga
aylangan.Bular
mevada saqlanib qolib, keyinchalik, urug‘larning shamol yordami-
da tarqalishiga xizmat qiladigan popuk (ukpari) yoki kokillarga aylanadi.
Gultojbarglari hamisha tutash holda bo‘lib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ridir.
Changchilari 5ta, chang iplari erkin bo‘lib, chang xaltachalari birikkan
holda naycha hosil qiladi. Urug‘chisi 1ta, ikkita mevabargchadan iborat.
Tugunchasi ostki, bir uyali. Mevasi pistacha.
Oila vakillari gultojbarglarining tuzilishiga qarab, 4ta toifaga bo‘linadi.
1.Naychasimon gullilar. Bunday gullarni gultojbarglari to‘g‘ri, ikki jinsli,
qo‘ng‘iroqsimon, 5tishli bo‘ladi.
2.Tilchasimon gullilar. Bularning gultojbarglari noto‘g‘ri, ikki jinsli, uchi
5 tishli, uzun tilsimon plastinkadan iborat.
3.Soxta tilchasimongullilar. Bu xildagi gullarning
gultojbarglari ham no-
to‘g‘ri tuzilishiga ega. Bunday gullar faqat urug‘chidan tashkil topgan. Gultojbar-
glari 2 labli. Bu ko‘rinishidan tilsimon gullarga o‘xshaydi. Ammo undan tishining
3ta bo‘lishi va savatchaning qirg‘og‘ida joylanishi bilan farq qiladi.
4.Karnaysimon gullilar. Bularning gultojbarglari noto‘g‘ri, tishlari 5ta
ular bir tekisda emas, past-baland bo‘ladi. Changchisi ham, urug‘chisi ham
bo‘lmaydi. Ular savatchaning chetki qismilarida joylashgan bo‘lib, hashoratlarni
jalb qilish uchun xizmat qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan belgilariga asosan oilani ikkita oilachaga bo‘lib
o‘rganiladi.
1.Naychasimonguldoshchalar oilachasi, - Tubiflorae.