Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

 153
Solanum tuberosum – kartoshka, S.melongena –baqlajon, S.nigrum- qora 
ituzum, Lycopersicum –pomidor, Nicotiana- tamaki. Capsicum-garmdori, Hyoscy-
amus-ming devona, Datura-bangidevona, Physalis-paq-paq. 
 
LABGULDOShLAR OILASI-LAMIACEAE.(LABIATAE). 
Morfologik ta'rifi: Bu oila o‘z ichiga 200 dan ortiq turkum va 3500 turni 
o‘z ichiga oladi. Ular asosan er sharining issiq va mo‘'tadil iqlimli hududlarida tar-
qalgan bo‘lib, bir va ko‘p yillik o‘t, chala buta, tropik mintaqalarda esa ba'zi vakil-
lari buta va daraxtsimon o‘simliklardir. 
Ularning poyasi 4 qirrali, barglari oddiy, poyaga qarama-qarshi joylashgan
yonbargchalari yo‘q. To‘pgullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan, (dixaziy). Ikki 
qarama-karshi barg qo‘ltig‘idan chiqqan dixaziy to‘pgullar o‘zaro birlashib xalqa 
to‘pgul hosil qiladi. Har bir doira to‘pgullar o‘z navbatida boshoq, ro‘vak, shingil, 
ba'zan kallak to‘pgullarda joylashgan. Gullari asosan noto‘g‘ri, ba'zan to‘g‘ri, 5 
a'zoli qo‘sh gulqo‘rg‘onli. Gulkosa barglari 5 ta, birikib o‘sgan 5 tishli bo‘ladi. 
Gultojbarglari 5ta, birikib o‘sib 2 ta labni hosil qiladi. 
Ustki labi ikkita, pastki labi uchta gultojbargning birikib o‘sishidan hosil 
bo‘lgan. Changchilari 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa chang iplariga ega. Ba'zan chang-
chilari ikkita bo‘lib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan bo‘ladi. 
Changchi iplari gultoji naylariga birikib o‘sgan. Urug‘chisi bitta, ikkita mevabar-
gli, tugunchasi ustki. Har qaysi urug‘ kurtak orasida juda barvaqt to‘siq hosil 
bo‘ladi. Natijada tuguncha 4 bo‘lakchaga ajraladi. Mevasi bir urug‘li 4ta 
yong‘oqchasimon mevachalarga ajraladigan uvoq meva. 
Ahamiyati. Oila vakillari efir moylariga boy bo‘lganligidan parfyumeriya 
va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor 
o‘simliklar hisoblanib tibbiyotda qo‘llaniladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 154
 
 
80-rasm. Kartoshka (Solanum tuberosum):  
A—gullagan novdaning bir bo’lagi, B—guli, V—gulining bo’ylama kesimi, G—mevasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 155
 
 
 
81-rasm. Yasnotka (Lamium): 
A—guli 
 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
Gerbariylardan foydalanib, oilaning morfologik tuzilishini, ya'ni poyaning 
4 qirraligiga, poyada barglarning qarama-qarshi yoki xalqasimon joylanishiga, gu-
lining noto‘g‘ri tuzilishiga, tukchalar bilan qoplanishiga e'tibor bering. 
Oilaning keng tarqalgan vakillaridan oq lamium, yalpiz, kiyiko‘t, 
tog‘rayxon kabi o‘simliklari misolida, gul va meva tuzilishini o‘rganing. Ularni 
aniqlagich yordamida bir-biridan ajrating. Rasmlarini chizib oling. Oilaning 
umumiy gul formulasini tuzing,    
     Ca
(4)-(5) 
Co
(5)
A
4,2 
G
(2)
 
3. Quyidagi oila vakillarining lotincha va o‘zbekcha nomlarini yoz-
ing.Lamium album –oq lamium, Mentha – yalpiz, Salvia –movrak. Ziziphora –
kiyiko‘t, Ocimum –Rayhon, Dracocephalum-bo‘zbosh, Origanum –Tog‘rayhon, 


 156
Melissa-limono‘t, Thymus – Tog‘jambil, Phlomis-qo‘ziquloq, Leonurus – 
Arslonquloq. 
 
26-MAVZU, QOQIDOShLAR (MURAKKABGULDOShLAR) OILASI-
ASTERACEAE (COMPOSITAE). 
Mavzuning maqsadi: Oilaning morfologik tuzilishini, hayotiy shakllarini
tarqalishini, keng tarqalgan vakillarini lotincha nomlarini va ahamiyatini o‘rganish.  
KЕRAKLI JIHOZLAR; gebariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval nina va 
boshqalar. 
Morfologik ta'rifi; Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning vakillari er yuzining 
deyarli hamma joyida uchraydi. Oilaning 1000 ga yaqin turkum va 25000 turi 
ma'lum. Ularning ko‘pchiligi o‘tlar, ba'zan chala buta, kamdan-kam hollarda 
daraxtsimonlari  ham uchraydi. Barglari oddiy, poyaga asosan ketma-ket, ba'zan 
qarama-qarshi yoki xalqqa bo‘lib joylashgan. Barg yaprog‘ining shakli har xil yon 
bargchasiz. Gullari to‘pgulli bo‘lib, savatchada joylashgan. Savatcha sirti bir qator 
yoki bir necha qator bo‘lib tuzilgan o‘rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha 
yassi, bo‘rtgan yoki botiq gul o‘rni atrofida hosil bo‘ladi. Gul o‘rni silliq yoki par-
dasimon, qiltiqli ba'zan tukli bo‘lishi mumkin. Savatchada hosil bo‘lgan gullarni 
soni bittadan tortib, ba'zan bir nechtagacha boradi. Ular ikki jinsli, bir qismi ayrim 
jinsli yoki pushtsiz (chanchi va urug‘chilar rivojlanmagan) bo‘ladi. Gulkosacha 
bargi reduktsiyalanib, oddiy yoki patsimon tuklarga, goxo qiltanoqlarga 
aylangan.Bular mevada saqlanib qolib, keyinchalik, urug‘larning shamol yordami-
da tarqalishiga xizmat qiladigan popuk (ukpari) yoki kokillarga aylanadi. 
Gultojbarglari hamisha tutash holda bo‘lib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ridir. 
Changchilari 5ta, chang iplari erkin bo‘lib, chang xaltachalari birikkan 
holda naycha hosil qiladi. Urug‘chisi 1ta, ikkita mevabargchadan iborat. 
Tugunchasi ostki, bir uyali. Mevasi pistacha. 
Oila vakillari gultojbarglarining tuzilishiga qarab, 4ta toifaga bo‘linadi. 
1.Naychasimon gullilar. Bunday gullarni gultojbarglari to‘g‘ri, ikki jinsli, 
qo‘ng‘iroqsimon, 5tishli bo‘ladi. 
2.Tilchasimon gullilar. Bularning gultojbarglari noto‘g‘ri, ikki jinsli, uchi 
5 tishli, uzun tilsimon plastinkadan iborat. 
3.Soxta tilchasimongullilar. Bu xildagi gullarning gultojbarglari ham no-
to‘g‘ri tuzilishiga ega. Bunday gullar faqat urug‘chidan tashkil topgan. Gultojbar-
glari 2 labli. Bu ko‘rinishidan tilsimon gullarga o‘xshaydi. Ammo undan tishining 
3ta bo‘lishi va savatchaning qirg‘og‘ida joylanishi bilan farq qiladi. 
4.Karnaysimon gullilar. Bularning gultojbarglari noto‘g‘ri, tishlari 5ta 
ular bir tekisda emas, past-baland bo‘ladi. Changchisi ham, urug‘chisi ham 
bo‘lmaydi. Ular savatchaning chetki qismilarida joylashgan bo‘lib, hashoratlarni 
jalb qilish uchun xizmat qiladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan belgilariga asosan oilani ikkita oilachaga bo‘lib 
o‘rganiladi. 
1.Naychasimonguldoshchalar oilachasi, - Tubiflorae. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə