Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

 
7
 
ADABIYOTLAR: 
 
Belolipov I.V., Sheraliev A.Sh. va boshqalar. O‘rta Osiyo o‘simliklari mor-
fologiyasi. T., 1991. 
Zokirov Q.Z. O‘rta Osiyodagi o‘simlik oilalarini aniqlagich. Toshkent. 
«O‘rta va Oliy maktab» 1963  
Komilova F., Jongurozov F. Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar Toshkent. 
«Mehnat» 1986. 
Maxmedov A.M., Tog‘aev I.U. Yuksak o‘simliklar bo‘yicha amaliy 
mashg‘ulotlar. Toshkent «Universitet» 1994.  
Nabiev M.M. Botanika atlas-lug‘ati. Toshkent, «Fan» 1969. 
Pratov O‘.P., Odilov T.O., Musayev K.Yu., Nabiyev M.M., Tursunov J., 
Oxunov X.M., Ibodov K. Botanika atamalarining ruscha-o‘zbecha qisqacha lug‘ati. 
Toshkent «fan» 1993  
Pratov O‘.P. O‘zbekiston yuksak o‘simliklari oilalarining zamonaviy tizimi 
va o‘zbekcha nomlari. Toshkent.1995 
Umarova A.L. O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasidan amaliy 
mashg‘ulotlar. Toshkent «O‘qituvchi» 1978.  
Hamidov A., Nabiev M., Odilov T. O‘zbekiston o‘simliklari aniqligichi. 
Toshkent, «O‘qituvchi» 1987.  
Hamdamov I., Shukrullaev P. va boshqalar. Botanika asoslari. Toshkent. 
«Mehnat». 1990.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
8
1-MAVZU: MIKROSKOPNING TUZILIShI. MIKROSKOPDAN FOYDA-
LANISh QOIDALARI VA PRЕPARAT TAYYoRLASh
 
MAVZUNING MAQSADI. Mikroskopning qismlari bilan tanishtirish. 
Mikroskop bilan ishlashni va har xil preparatlar tayyorlash qoidalarini o‘rgatish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, us-
tara, chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod, glitserin, spirt, toluol, ksilol, fil'tr 
qog‘oz, bal'zam, oddiy qog‘oz, pintset, har xil rangli qog‘ozlar, fiksatsiyalangan 
ildiz, poya, barg yoki o‘simlik bo‘laklari. 
UMUMIY TUShUNShA. Mikroskop buyumlarni bir necha yuz ming 
martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng asosiy 
qismlardan hisoblanib u ko‘rish nayi (tubus) dan iborat, tubusning yuqori qismida 
okulyar, tagida ob'ektiv joylashgan. 
Shtativ: Shtativ to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat. Shtativda revol'ver,  
mikrovint, makrovint,buyum stolchasi, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi. 
Ob'ektiv: Mikroskopning buyumni kattalashtirib ko‘rsatadigan qismi 
ob'ektividir. Ob'ektiv odatda 2 yoki 4 ta bo‘lib, buyumni kattalashtirib va teskari 
qilib okulyarga tushiradi. 
Okulyar: Okulyar yig‘ish va ko‘rish linzasidan iborat. Ko‘rish linzasi 
qancha kichik bo‘lsa, okulyar buyumni shuncha katta ko‘rsatadi. Okulyar va ob'ek-
tivda buyumni katta qilib ko‘rsatish darajasi sonlar bilan ko‘rsatilgan. Ob'ektiv bi-
lan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytirilsa buyumni necha marotaba katta-
lashtirib ko‘rsatilganligi kelib chiqadi. 
Ko‘rish nayi. Ko‘rish nayi dastaga biriktirilgan bo‘lib tagiga  revol'ver joy-
lashtirilgan. Revolver ob'ektivini harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Makrovintni 
burash bilan ko‘rish nayini yuqoriga ko‘tarib yoki pastga tushirib ob'ektiv bilan 
okulyar o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘rilab olish mumkin. 
Buyum stolchasi. Buyum stolchasi o‘rtasi teshik bo‘lib, bu teshikdan 
preparatga yorug‘lik tushadi, stolchaning tagida teshikni katta-kichik qilib turadi-
gan diafragma, kondensor, joylashtirilgan. Buyum stolchasining pastki qismiga bir 
tomoni botiq ikkinchi tomoni tekis bo‘lgan ko‘zgu o‘rnatilgan. 
Ko‘zgu. Ko‘zgu yorug‘likni ob'ektivga to‘g‘rilab, yig‘ib beradi. 
Ko‘zguning tekis tomoni kuchsiz yorug‘lik beradi. Yorug‘lik kuchli tushishi zarur 
bo‘lsa, botiq tomonidan foydalaniladi. Mikroskop stolchasi ustiga ikkita tutqich 
o‘rnatilgan bo‘lib, preparatni ushlab turish uchun ishlatiladi. 
ISh TARTIBI. Mikroskop tozaligi tekshiriladi. Mikrosopga yorug‘lik 
tushadigan qilib, dastani ushlagich tomonini o‘ziga qaratib qo‘yiladi, yorug‘likni 
ob'ektivga to‘g‘rilab, stolcha ustiga preparat qo‘yiladi. Makrovintni  burab, ob'ek-
tivni preparatga yaqin tushiriladi va ko‘rish nayidan qarab turib namunani 
ko‘rinish darajasiga moslashtiriladi.   Yorug‘lik kuchli bo‘lsa diafragma teshigini 
kichraytirib yorug‘likni kuchsizlantiramiz. Tasvirni aniq ko‘rish uchun mikrovint-
dan foydalaniladi. Stolchaga qo‘yilgan buyum ravshan ko‘ringandan keyin 
mikroskopni qimirlatmasdan okulyardan qarab turib buyumning tasvirini daftarga 
chizib olamiz. 
 


 
9
Preparat tayyorlash: 
Mikroskopda ko‘rib o‘rganish uchun fiksatsiyalangan, ildiz poya barg, 
meva, meva eti, po‘stloq, tolalar yoki tirik o‘simlik bo‘laklari olinadi. Ob'ektlar 
qattiq bo‘lsa suv va glitserin aralashmasiga solib qaynatiladi, bunda hujayra yum-
shaydi, yupqa kesik olish mumkin bo‘ladi yoki marjon daraxti o‘zagi orasiga solib 
kesib olinadi. Kesma juda kichik va yupqa bo‘lishi kerak, uni buyum oynasiga 
qo‘yib, suv tomizamiz va nina yordamida to‘g‘rilaymiz gorizontal ushlagan ho-
latda ustidan qoplag‘ich oynani yopamiz, ikkala oyna o‘rtasida havo qolmasligi 
uchun ortiqcha suvni so‘rg‘ich yordamida so‘rdirib olamiz. Tsitoplazmani yoki hu-
jayra yadrosini aniqroq ko‘rish uchun tayyorlangan (kesikka) preparatga kaliy yod 
eritmasi tomiziladi. Ob'ektni bo‘yash uchun metilen ko‘ki va shunga o‘xshash 
bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bu reaktivlardan tomizg‘ich yordamida bir tomchi olib 
ob'ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so‘ng ortiqcha bo‘yoqni tozalash 
uchun ob'ekt ustiga toza suv qo‘yib bir necha marotaba yuviladi. Yuvilgan kesi-
klarni nina yoki chyotka yordamida olib Glitserin tomizilgan buyum oynachasi us-
tiga qo‘yiladi, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt bir 
qancha vaqt buzilmay turadi. Bu preparat chang tegmaslik uchun maxsus tayyor-
langan qutichaga solib qo‘yiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt uzoq vaqt turishi 
uchun buyum va qoplag‘ich oyna orasi glitserin-jelatin bilan yopishtiriladi. Bu 
usullarda tayyorlangan preparat vaqtinchalik preparat bo‘lib hisoblanadi. Doimiy 
preparat tayyorlash ancha murakkab bo‘ladi. Bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish 
uchun dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‘ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yu-
viladi, kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga bal'zam tomiziladi va qoplag‘ich 
oyna bilan yopib, kleylanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə