Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

 10
 
 
1-
 
rasm.Mikroskopning tuzilishi: 
1-
 
okulyar,2-tubus,3-shtativ dastasi,4-macrovint,5-microvint 
6-oyoqchasi,7-kozgu,8-diafragma,9-buyum stolchasi,10-revolver, 
11-obyekti 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Mikroskop ishga qanday tayyorlanadi? 
2.Mikroskop qanday asosiy qismlardan iborat ? 
3.Kichik ob'ektivdan katta ob'ektivga qaysi vaqtda o‘tkaziladi? 
4. Preparat nima uchun kerak ? 
5.Qoplag‘ich oyna nima uchun zarur? 
6.Preparat qanday tayyorlanadi? 
7.Doimiy preparat bilan vaqtinchalik preparat farqini aytib bering? 
 
 


 11
2-MAVZU: O‘SIMLIKLAR HUJAYRASINING ShAKLI VA 
TUZILIShI. TsITOPLAZMA ORGANOIDLARI. PLASTIDALAR, 
ULARNING TUZILIShI, VAZIFALARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI. Hujayralarning shaklini, tuzlishini, piyoz 
po‘sti va paxta tolasi hujayralari misolida o‘rganish. Tsitoplazma organoidlari 
xaqida umumiy tushuncha berish. Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini 
yo‘sin bargi va qalampir mevasi misolida o‘rgatish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, piyoz, buyum va qoplag‘ich oynalar, 
chyotka, suv, nina, lantset, pintset, yod, paxta tolasi, yusin bargi va qalampir meva-
si. 
UMUMIY TUShUNShA. O‘simliklar mikroskopik tuzilishiga ega bo‘lgan 
hujayralardan tashkil topgan. Hujayra o‘zaro bog‘langan tsitoplazma va yadrodan 
iborat. O‘simlik to‘qimalari tirik va o‘lik, bir yoki ko‘p hujayralardan tashkil top-
gan. Har bir hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi, bo‘linib ko‘payadi. Gulli 
o‘simliklardagi ayrim hujayralarning kattaligi 10-60 mmgacha boradi (paxta to-
lasi), olma, tarvuz, mandarin, pomidor, hujayralari ham yirik bo‘ladi. O‘simlik hu-
jayrasi o‘z ichidagi suyuqlikni o‘rab olgan po‘stga ko‘ra ma'lum shaklda bo‘ladi. 
Tirik hujayra ichida odatda protoplazmadan iborat protoplast hamda yadro bo‘ladi. 
Protoplazma shilliq qumoq modda bo‘lib, tsitoplazma ham deb ataladi. Protoplaz-
ma va yadro hujayraning tirik qismidir. Hujayra o‘sgan kattalashgan sari uning 
protoplazmasida bo‘shliq vakuolalar paydo bo‘ladi. Vakuolalarda hujayra shirasi 
bo‘ladi.  
Hujayralar ba'zan bo‘yiga cho‘ziq, ya'ni bo‘yi enidan bir necha marta uzun 
bo‘ladi. Bunday hujayralarni prozenximatik shakldagi hujayralar deb ataladi, ma-
salan paxta tolasining hujayrasi uzunligi bir necha mkm etadi. Ba'zan o‘simlik hu-
jayralari shakli yumoloq, yulduzsimon, ko‘p qirrali va boshqa shaklda bo‘ladi. 
Bo‘yi eniga teng o‘sgan hujayralarni esa parenximatik hujayra deb ataladi. Masa-
lan piyoz po‘sti hujayralari. 
Piyoz po‘stidagi parenximatik hujayralarni o‘rganish. 
ISh TARTIBI: Piyozning seret qobig‘ini ajratib, uning orasidagi yupqa 
pardasidan bir bo‘lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi, so‘ngra ni-
na bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. Shu usulda tayyorlangan 
preparatni mikroskop stolchasiga qo‘yib, kichik qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali 
qaraganda, piyoz po‘stining parenximasi yonma-yon joylashgan, cho‘ziq rangsiz 
hujayralaridan iborat ekanligi ko‘rinadi. Preparatga mikroskopning katta qilib 
ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po‘st bilan 
qoplanganligi va ichida vakuola, tsitoplazma, yadro borligini ko‘ramiz. Yadro hu-
jayra o‘rtasida yoki po‘stga yaqin o‘rnashgan bo‘ladi. 
Piyoz po‘stidan tayyorlangan preparatga yod tomizilsa tsitoplazmasi va 
yadrosi sarg‘ish rangga kiradi. 
Paxta tolasi prozenxima hujayrasining tarkibini aniqlash. 
ISh TARTIBI: Paxtaning bir necha tolasini olib, buyum oynasidagi suv 
tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra nina uchi bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna 
yopiladi. Tayyorlangan preparat eng avval mikroskopning kichik ob'ektivi orqali 


 12
ko‘rib tekshiriladi. Mikroskopning kichik ob'ektivida har bir tola rangsiz po‘st va 
o‘lik prozenxima hujayra shaklida ko‘rinadi. Bu hujayraning ayrim joylarida pro-
toplastning o‘lik qoldiqlari uchraydi. Elektron mikroskopda, hujayraning tarkibini, 
uning bir qancha organoidlardan tuzilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan hujayra 
po‘sti, tsitoplazma, yadro, plastidalar mitoxondriya, (xondrisoma), Goldji apparati
endoplazmatik to‘r, ribosoma va shunga o‘xshash submikroskopik organlar 
ko‘rinadi. Bulardan tashqari hujayra protoplastidagi moddalar almashinuvi na-
tijasida hosil bo‘lgan mahsulot- vakuola,  oziqli ergastik va biologik aktiv modda-
lar (vitamin, ferment, garmonlar) ham bo‘ladi.  
 
 
TSITOPLAZMA ORGANOIDLARI 
UMUMIY TUShUNShA. Tsitоplaзma hujayraning asosiy massasi bo‘lib, 
ko‘rinishi tuxum oqiga o‘xshash tiniq, rangsiz shilimshiqsimon suyuqlikdir. 
Tsitоplaзmaning ximiyaviy tarkibini 70-80% suv tashkil qiladi. Shu bilan birga 
anorganik moddalar, RNK, moysimon moddalar, uglevodlar va oqsil moddalari 
ham bo‘ladi. Tsitоplaзma yosh hujayralarning barcha bo‘shliqlarini to‘ldirib turadi. 
Tsitоplaзmaning ximiyaviy tarkibi turg‘un emas. O‘simliklar tirik hujay-
rasidagi tsitoplazmaning doimo yangidan hosil bo‘lishi, turli moddalarning par-
chalanish jarayonlari ro‘y beradi. Oddiy moddalardan murakkab moddalar va 
ularning parchalanishidan oddiy moddalar hosil bo‘ladi. Keksa hujayralarning ko‘p 
qismini bitta yoki bir necha vakuolalar egallaydi. Elektron mikroskopda 
ko‘rilganda tsitolplazma 3ta qavatdan iboratligi ko‘rinadi: Tashqi qavat- plazma-
lemma. O‘rta qavat- mezoplazma. Ichki qavat tonoplast. 
1).Plazmalemma- hujayra po‘sti hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Hujayradagi 
o‘tkazuvchanlikni va moddalarning shimilishini tartibga soladi. 
2).Mezoplazma- tsitoplazmaning o‘rta qavati bo‘lib, uning asosiy qismini 
tashkil etadi. Bunda barcha organoidlar joylashgan bo‘ladi. Jumladan, endoplaz-
matik to‘r, ribosoma, mitoxondriya, Goldji apparati, yadro va boshqalar. 
3).Tonoplast- «tonus» lotincha taranglashish degan ma'noni beradi. Bu esa 
hujayradagi vakuolani tashqi tomonidan o‘rab turadi, yarim o‘tkazgich xususiyati-
ga ega. 
Endoplazmatik to‘r o‘zaro bog‘langan pufak va tsisternalardan iborat. 
Endoplazmatik to‘r hujayralarga singib ketgan, o‘zaro bog‘langan, to‘qimalar hosil 
qilgan bo‘shliqlar tizimidan iborat. Yadro qobig‘ini tashkil qiluvchi qo‘sh mem-
brana bo‘shlig‘i bilan endoplazmatik to‘rning bo‘shliqlari sistemasi o‘zaro bog‘liq 
bo‘ladi. Endoplazmatik to‘r hujayra ichida moddalarning harakati va taqsimotida, 
moddalar almashinish jarayonida, assimilyatsiya mahsulotlarni o‘simlik bo‘ylab 
harakatida, assimilyatorlar oqsil va fermentlar sintezida ishtirok etadi. Endoplaz-
matik to‘r hujayradagi moddalarni tashishda asosiy rol' o‘ynaydi.  
Ribosomalar.  Hujayra ribosomalari tarkibida 50% oqsil, 50% RNK 
mavjud. Ribosomalar oqsilni sintez qilish markazi hisoblanadi. Gialoplazmada joy-
lashgan erkin ribosomalar yakka holda (mikrosomalar) yoki 4-10 ta bo‘lib birlash-
gan maxsus zanjirlarni hosil qiladi. Bu to‘plamni poliribosomalar deyiladi. Mitox-
ondriya va plastidalarda kichik ribosomalar ham bo‘ladi. Aminokislotalardan oqsil-


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə