Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya


v). OLMADOShShALAR - POMOIDEAE



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

 142
v). OLMADOShShALAR - POMOIDEAE. 
Bu oilachaning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning barglari
oddiy, ba'zan murakkab, yonbargchali. Gulkosacha va gultojbargi 5 tadan, joylash-
gan. Changchilari soni ko‘p. Urug‘chisi bitta, ba'zan 2-5 ta mevabargchadan iborat. 
Gul o‘rni botiq. Tugunchasi ostki, mevasi sersuv soxta meva. 
g). OLXO‘RIDOShShALAR –PRUNOIDEAE. 
Olxo‘ridoshchalar vakilliari daraxt va buta o‘simliklardir. Barglari oddiy, 
butun, poyaga ketma-ket joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, 5 tadan joylashgan. 
Changchilari 10-20 ta. Urug‘chisi bitta mevabargchadan hosil bo‘lgan. Tugunchasi 
ustki. Mevasi quruq yoki sersuv, danakcha. 
Ahamiyati. Atirguldoshlar oilasining ko‘pchilik vakillari oziq-ovqat 
o‘simligi hisoblanadi. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har hil organik 
kislotalar, vitaminlar va efir moylari uchraydi. Shuningdek bir qancha turlari tib-
biyotda dori tayyorlashda, manzarali o‘simlik sifatida istirohat bog‘larida ekib 
o‘stirib kelinmoqda. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariy na'munalaridan foydalanib, Atirguldoshlar oilasining umumiy 
morfologik belgilari bilan tanishing va oilachalarning bir-biridan farqlang. 
2.Har bir oilacha vakillaridan birini alohida ajrating, ularning bargiga 
(oddiy yoki murakkabligiga), to‘pguliga,ayniqsa gul qismlariga ;kosachabarg, 
gultojibarg, changchi, urug‘chilar soniga, tugunchaning gul o‘rnida joylanish hola-
tiga, meva hillariga va ularni tuzilishiga e'tibor bering va ularning rasmlarini chiz-
ing. Gul formulalarini tuzing; 
a)Tubulg‘idoshchalar.         Ca
5
Co
5
A

 G
(5)
  
  
b)Itburundoshchalar.        Ca
(5)
Co
5
A
 G() 
   
c)Olmadoshchalar.         Ca
(5)
Co
5
A

 G
(1-5)
 
g)Olxo‘ridoshchalar.        Ca
5
Co
5
A
5,

 G
1
 
3.Nomlari keltirilgan oilacha o‘simliklarining lotincha va o‘zbekcha nom-
lari yozing. 
A) Tubulg‘idoshchalar ;Spiraea-Tubulg‘i. 
V) Itburundoshchalar, Rosa-itburun, na'matak, R.canina-itburun na'matagi, 
Fragaria-qulupnay, Rubus-Malina, maymunjon. Potentilla-G‘ozpanja. 
G).Olmadoshchalar, Malus domestica-madaniy olmasi, M.sylvestris-
yovvoyi olma, Pyrus communis- olmurt, nok, Crataegus- Do‘lana. Cydonia-Behi. 
D).Olxo‘ridoshchalar, Amygdalus communis-shirin bodom. Armeniaca 
vulgaris -o‘rik. Persica vulgaris- shaftoli, Cerasus-Olcha, Prunus-Olxo‘ri. 
 
2.DUKKAKDOShLAR OILASI-FABACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Bu oila 500 ga yaqin turkum va 12 ming turni o‘z 
ichiga oladi. Ular daraxt, buta, chala buta, ko‘p yillik, ikki yoki bir yillik o‘t 
o‘simliklari hisoblanib butun er yuzida tarqalgan. 


 143
Poyasi tik, o‘rmalovchi va yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari asosan mu-
rakkab uchtalik, panjasimon, toq va juft patsimon,ba'zan oddiy, yon bargchalarga 
ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqlari ba'zan shaklini 
o‘zgartirib, gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, 
noto‘g‘ri, ba'zan to‘g‘ri bo‘lib shingil, boshcha soyabon yoki boshoqsimon 
to‘pgulda joylashgan. Changchisi va urug‘chilari hashoratlar yordamida ba'zan 
o‘z-o‘zidan changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab, kosachabargi 5 ta, ko‘pincha 
qo‘shilib o‘sgan, tojibargi ham 5 ta. Ustki tojibargi yirikroq bo‘lib, «elkan», yoki 
«bayroqcha» deyiladi. Ikki yonidagisi «eshkak», Ikkita ostkisi esa, changchilarni 
o‘rab turgani «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10 ta ulardan bittasi 
erkin, qolgan 9 tasining chang iplari o‘zaro qo‘shilib o‘sgan. Ba'zi hollarda 10 ta 
changchining chang iplari hammasi bir biri bilan qo‘shilib ketadi yoki uning aksi, 
hammasi erkin holda ham bo‘ladi. Urug‘chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan. 
Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil  shaklga va kattalikka ega bo‘lgan 
dukakdir. Dukkagi ko‘pincha qorin va orqa choklari bo‘ylab yoki bosh chokidan 
bo‘linadigan, ba'zi hollarda bo‘linmay shakllangan yong‘oqsimon bo‘ladi. Duk-
kagida bitta yoki bir nechtagacha buyraksimon dumaloq urug‘lar hosil bo‘ladi. 
Urug‘lari endospermsiz. 
Ahamiyati. Bu oila vakillarining ildizlari tuganak bakteriyalar bilan birga 
simbioz holatda yashab atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. 
Shuning uchun ham almashlab ekishda keng foydalaniladi. Oilaning bir qancha 
turlari tarkibida oqsil bo‘lganligi uchun, tuyimli ovqat sifatida ishlatiladi. Ba'zi 
vakillaridan moy, bo‘yoq va dorilar tayyorlandi. Manzarali o‘simlik sifatida ham 
ayrim turlari ekib o‘stiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 


 144
 
 
75-rasm. Olma guli: 
A—to’p guli, B—yorib ko’rsatilgan, V—uzunasiga bo’lingan sohta meva, G—
ko’ndalangiga bo’lingan sohta meva. 
.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 145
 
 
 
 
 
76
-rasm. Olcha guli:  
A—gulli shohchasi, B—uzunasiga bo’lingan gul, V—uzunasiga bo’lingan meva.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 146
 
 
 
 
 
 
 
77-rasm. Beda (medisago sativa):  
A—to’pgulli shox, B—gulning b’ylama kesimi, V—mevasi, yon tomondan va yuqoridan 
ko’r- inishi. 
 
 
 
 
 
 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariylardan foydalanib, oilaning umumiy morfologik belgilari bilan 
tanishing, aniqlagich yordamida turkumlarini bir-biridan farqlang. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə