Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37

 134
tropik mintaqalarida )liana,buta va kichik daraxtlardir. Poyasi (palaklari) dag‘al 
tuklar bilan qoplangan ko‘pincha ichi kovak bo‘ladi. Barg qo‘ltig‘idagi gajaklar 
oddiy yoki murakkab tuzilishga ega. Barglari oddiy, butun,o‘yilgan yoki patsimon 
qirqilgan, yon bargchasiz, poyaga ketma-ket joylashgan. Gullari to‘g‘ri, bir yoki 
ikki uyli o‘simliklar,barg qo‘ltig‘idagi guli yakka yoki to‘pgul hosil qiladi. Gul-
qo‘rg‘oni murakkab 5 a'zoli. Kosacha barglari o‘zaro qo‘shilgan 5 tishcha-
li.Gultojibarglari ham o‘zaro birikkan qo‘ng‘iroqsimon, kamdan kam erkin holda 
joylashgan. Changchilari 5 (3) ta shulardan 4 tasi ko‘p turkumlarida ikkitadan juft 
bo‘lib,qo‘shilib o‘sadi, bittasi erkin qoladi. Urug‘chisi ko‘pincha uchta meva 
bargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan .Tugunchasi ostki,uch uyali va ko‘p 
urug‘kurtakli. Mevasi yirik, soxta, rezavorsimon qovoq meva,yoki ko‘sakcha. 
Ahamiyati. Qovoqdoshlar oilasining ko‘pchilik vakillari oziq-ovqat, em-
xashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida foydalaniladi. Oziq-ovqat sifatida 
qadimdan ekib o‘stirib kelinayotgan qovun, tarvuz, bodiring, qovoq kabi 
o‘simliklar inson hayotida katta ahamityaga ega. Ayrimlarining 
(qozonyuvgich)mevasi tolali bo‘lganligidan machalkalar tayyorlanadi va xonadon-
larda qozon yuvgich sifatida ishlatiladi. Uning urug‘i tarkibida 25 –42% yog‘ 
bo‘ladi.Uni ovqatga ishlatish mumkin. Suvqovoqning mevasini ichi bo‘sh 
bo‘lganligidan suv tashish va donlar solib qo‘yishda foydalaniladi. Suvqovoqning 
mayda mevalaridan esa nosdonlar tayyorlanadi. 
 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR
1.Gerbariylardan foydalanib qovoqdoshlar oilasining muhim vakillari bilan 
tanishing, ularning bir-biridan farq qiluvchi belgilarini aniqlang. 
2.Tanlab olingan o‘simliklardan birining poya tuzilishiga tuklar bilan 
qoplanganligiga, gajaklariga, changchi va urug‘chi gullarining shakliga, chang-
chilarini uch guruh bo‘lib joylashishiga,gul qismlariga, meva tuzilishiga e'tibor 
bering. Ularni rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing. 
Ekiladigan bodiring;      Ca
(5)
Co
(5)
A
(2)+(2)+1
;    
        Ca
(5)
Co
(5)

(3) 
3.Quyidagi asosiy oila vakillarining lotin va o‘zbek tilidagi nomlarini yoz-
ing: Cucumis-bodiring; Melo-qovun; Citrullus-tarvuz; Cucurbita-qovoq; Luffa-
qozonyuvgich; Lagenaria-suv qovoq, nos qovoq; Bryonia-tarvuz palak. 
 
KARAMDOShLAR  OILASI- BRASSICACEAE 
Morfologik ta'rifi: Karamdoshlar oilasi 380 ta turkum va 3000 ga yaqin 
turni birlashtirib, gulli o‘simliklarning eng qadimiy shu bilan polimorf oilalaridan 
biri hisoblanadi. Oila vakillari asosan 1, 2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar ba'zi vaki-
lari chala buta va buta shaklida shimoliy yarim sharning mo‘'tadil va sovuq iqlimli 
hududlarida o‘suvchi o‘simliklar orasida muhim o‘rinni egallaydi.Barglari oddiy 
,butun yoki qirqilgan,poyada navbatlashib o‘rnashgan,yon bargchasiz. Gullari 
oddiy yoki murakkab shingil, ro‘vak to‘pgullarda joylashgan. Gullari to‘g‘ri,ikki 
jinsli,qo‘shgulqo‘rg‘onli kosachabarglari va gultojibarglari 4 tadan, erkin qarama-
qarshi bo‘lib, butsimon joylashgan. Shanchisi 6 ta,bulardan 4tasi uzun,ikkitasi qis-
qa,ikki doirada joylashgan urug‘chisi bitta,ikkita mevabarchalarning qo‘shilib 


 135
o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki,ikki uyali,tumshuqchasi ko‘pincha shar-
simon. Mevasi odatda pastdan yuqoriga qarab ikkita pallaga bo‘linadigan ko‘p 
urug‘li qo‘zoq, qo‘zoqcha yoki bir urug‘li chatnamaydigan yong‘oqcha. Ba'zan 
qo‘zoq chatnamaydigan bo‘g‘imli bo‘lib, faqat bo‘g‘imidan par chalanadi.Urug‘i 
endospermsiz . 
Ahamiyati. Bu oilaga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligi sabzavot 
o‘simliklar hisoblanib, oziq-ovqat sifatida ko‘p ishlatiladi.Boshqa turlari esa dori-
vor, bo‘yoq beruvchi em-xashak va manzarali o‘simliklar hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
           71-rasm. 
Qovoqning urg’ochi va erkakgulli palagi. 
 
 
 
 
 
 


 136
 
 
 
   72-rasm. 
 Karam guli: A--shodasimon to’pgul, B—pishmagan qo’zog’i  (mevasi), V—yetilgan 
qo’zog’i (mevasi), G—urug’i, D—zarodishi, Y—urug’ining ko’ndalang kesimi, J—gul 
changchisi, va urug’chisi.  
 
 
 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR
1.Ixtiyoringizga berilgan gerbariydan foydalanib, karamdoshlar oilasining 
muhim sistematik belgilari bilan tanishib chiqing. 
2.Tanlab olingan o‘simlikning poyasiga, tuklar bilan qoplanganligiga, ular-
ni xiliga barg, gul va mevalarining tuzilishiga, changchilarini uzun va qisqaligiga 
e'tibor bering, ularni rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing. Karam gulining 
formulasi 
                   Ca
2+2
Co
4
A
2+4
G
(2) 
 
3.Quyidagi keltirilgan o‘simliklarning lotin va o‘zbek tilidagi nomlarini 
yozing.Brassica- karam, Raphanus- turp, Sisymbrium- qurtana, Isatis- o‘sma, 
Crambe-qatron, Lepidium- torol, Cardaria- boltriq, Eruca-indov, Capsella- jag‘-


 137
jag‘. Strigosella- chitir, Еuclidium- oq chitir, Alyssum-momoqoldiroq, Armoracia-
хren. 
  
22-MAVZU: GULXAYRIDOShLAR, ZIRADOShLAR, UZUMDOShLAR 
OILALARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: Oilalarga mansub o‘simliklarning morfologik 
tuzilishini, hayotiy shakllarini, tarqalishini, muhim vakillarini lotincha nomlarini 
va ahamiyatini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: gerbariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval nina va 
boshqalar. 
 
GULXAYRIDOShLAR OILASI – MALVACEAE 
Morfologik ta'rifi. Bu oilaga 90 ga yaqin turkum va 1500 dan ortiq tur 
kiradi. Ular shimoliy qutbga yaqin mamlakatlardan tashqari hamma erda o‘sadi, 
issiq mamlakatlarda ko‘proq tarqalgan. Oila vakillari daraxt-buta goho o‘t 
o‘simliklardan iborat. Ularning barglari oddiy, uzun bandli, butun yoki panjasimon 
qirqilgan, navbatlashib joylashgan va yonbargchalidir. Guli ikki jinsli, to‘g‘ri, 
qo‘sh gulqo‘rg‘onli, yirik bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida bittadan yoki shoxlarining 
uchidagi to‘p gulda joylashadi. Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarda kosacha barglari 
ostida 2-5-9 ta bargchadan iborat ostki kosachasi bo‘ladi. Changchilari ko‘p bo‘lib, 
ikki doirada joylashadi. Odatda, tashqi doiradagi changchilar qisqargan va stami-
nodiylarga (shiradonlarga) aylangan bo‘ladi. Ko‘pincha changchi iplari, qo‘shilib 
o‘sib, urug‘chi ustunchasini o‘rab olgan naycha hosil qiladi. Urug‘chisi 3ta yoki 
undan ko‘proq meva bargchalarining birikishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. 
Mevasi ko‘p urug‘li ko‘sak yoki mevabarglarining bir-biridan ajralishi natijasida 
hosil bo‘ladigan buyraksimon yong‘oqchalardan iborat qo‘zoq meva. 
Ahamiyati. Oilaning xo‘jalikdagi ahamiyati jihatidan eng muhim vakili 
g‘o‘za o‘simligi hisoblanadi. To‘qimachilik sanoati uchun kerakli jami tola 
mahsulotining 70-75% paxtadan olinadi. G‘o‘za chigiti tarkibida 18-21 % yog‘ 
bo‘ladi. Bu yog‘ oziq-ovqat va texnik maqsadlari uchun ishlatiladi. Yog‘i olingan 
chigitdan chorva mollari uchun em sifatida kunjara olinadi. Sovun tayyorlanadi. 
Kanop va dag‘al kanop kabi o‘simliklar ham tola beruvchi o‘simliklar hisoblanib, 
ulardan turli buyumlar tayyorlanadi. Shuning bilan bir qatorda dorivor va manzara-
li turlari ham uchraydi. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1. Gerbariylardan foydalanib oila vakillarini bir-biridan ajratuvchi morfol-
ogik belgilarini o‘rganing. 
2.Gulxayri yoki g‘o‘za o‘simligi misolida gulxayridoshlar oilasiga xos mu-
him belgilar: ostki va ustki kosachabarglar, changchilar va ularni chang iplarini 
qo‘shilib, urug‘chi ustunchasini o‘rab olib naycha hosil qilishi bilan tanishing. Gul, 
urug‘, meva tuzilishining rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing, oilaning 
umumiy gul formulasi: 
             Ca
3(3),(6-10)+5
Co
5
A
(
 )
G(
)  


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə