Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37

 125
 
 
 
 
 
 
 
 
      66-rasm.  
Tut guli: 1--kuchalasimon erkak to’pguli, 2--erkak guli, 3--urg’ochi to’pguli, 4--urg’ochi 
guli, 5--to’pmevasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 126
 
 
 
 
 
 
 
 
  67-rasm. 
 
Yong’oq (Juglans regia): 
A--erkak to’pgullari pastda, urg’ochi to’pgullari yuqorida joylashgan shoxi, B--ostki erkak 
gul va changdan (pastda), V--urg’ochi gulning bo’ylama kesimi, pastda-tashqi ko’rinishi 
G--ochilgan mevasi, urug’i ko’rinib turibdi, D--meva orqali bo’ylama kesimi, (etdor meva 
po’stidan tashqari). 
 
 
 
 
 
 


 127
 
 
 
 
 
 
 
 
    68-rasm. 
Tol (Salix carpea): A—erkak kuchalasi, B—urg’ochi kuchalasi, V—mevali kuchalasi, G—
erkak guli, D—urg’ochi guli, E—urug’i, uchmasi bilan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 128
 
 
 
 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
Gerbariy namunalaridan foydalinib tol, terak o‘simliklarning morfoligik 
tuzilishini o‘rganing. 
Har ikkala o‘simlikning kuchala tarzida yig‘ilgan to‘pguliga, alohida 
ajratilgan gulning changchi va urug‘chilariga, ikki uyli bir jinsliligiga, meva va 
urug‘ tuzilishiga e'tibor bering va ularni rasmlarini chizing. 
Tolning gul formulasini tuzing:       P
0
A
2
G

:
  
  

   
P
0
A
0
G
(2) 
Tol va terak o‘simligining lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing. Salix 
alba-oq tol, S.excelsa-Qora tol, S. babylonica-majnun tol, Populus nigra-qora terak, 
P.alba-oq terak, P. bachofenii-ko‘k terak, P.densa- baqa terak. 
 
20-MAVZU: ShO‘RADOShLAR, ShINNIGULDOShLAR, 
GULTOJIXO‘ROZDOShLAR OILALARI. 
 
Mavzuning maqsadi: Oilalarning o‘ziga xos morfologik belgilarini, hayo-
tiy shakillarini, tarqalishini, keng tarqalgan turlarini lotincha nomlarini va xalq 
xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: gerbariylar, o‘simliklarni aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, to‘pmevalar, ildizmevalar, urug‘lar, lupa, 
pintset, preparoval nina va boshqalar. 
 
1.ShO‘RADOShLAR OILASI -CHENOPODIACEAE
Morfologik ta'rifi: Bu oila 100 dan ortiq turkum va 1500ga yaqin turni o‘z 
ichiga oladi. Ularning ko‘pchiligi bir yillik, ikki va ko‘p yillik o‘t, ba'zilari esa buta 
va daraxt o‘simliklaridir. Bular barcha qit'alarning sahro va chala sahrolardagi 
qumlarda, sho‘r bosgan tuproqlarda, ko‘pincha cho‘llarda har xil manzara hosil qi-
lib o‘suvchi o‘simliklar hisoblanadi. Bu oila vakillarining tanasi ko‘pincha sersuv, 
turciz yoki har xil tuklar bilan qoplangan. Barglari yonbargchasiz, oddiy, butun, 
poyada ketma-ket yoki ba'zan qarama-qarshi joylashgan. Barg yaprog‘i yirik, yas-
si, ipsimon, bigizsimon, ba'zi hollarda nixoyatda qisqargan (reduktsiyalangan) yoki 
butunlay bo‘lmasligi ham mumkin. Gullari mayda ko‘rimsiz, gulyonbargchasiz 
yoki mayda gulyonbargchali, to‘g‘ri, ba'zan noto‘g‘ri, ikki bir jinsli, 5 a'zoli, 
boshoq yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy kosachasimon yoki 
rangsiz pardasimon, ba'zan gulqo‘rg‘oni butunlay bo‘lmaydi. Changchilari 5ta, 
kosachabarg  soniga teng. Urug‘chisi ko‘pincha 2.3 (4.5)ta meva bargchalarining 
qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi yong‘oqcha 
ko‘sakcha,ba'zan rezevorsimon to‘p meva hosil qiladi. Urug‘i perispermli yoki en-
dospermsiz. 
Ahamiyati:  Sho‘radoshlar oilasining bir qancha vakillari xalq xo‘jaligida 
katta ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqat, em-xashak sifatida ishlatiladi. Ayrimlari 


 129
zaharli o‘simlik bo‘lib, uning ildizpoyasi tarkibida anabazin alkaloidi bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashda preparat tayyorlashda ishlati-
ladi. Bulardan tashqari,saksovul kabi o‘simliklar cho‘l mintaqasida qumlarni 
ko‘chishining oldini olishda va ularni mustaxkamlashda alohida o‘rin tutadi. 
Strategik o‘tin bo‘lib hisoblanadi. 
 
 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR: 
1.Gerbariylardan foydalanib oilaning keng tarqalgan vakillarining asosiy 
marfologik belgilari bilan tanishing. 
2.Tanlab olingan o‘simlikning poyasi va unda joylashgan barglarni katta 
yoki kichikligiga, to‘pguliga alohida olingan gulning qisimlariga va meva tuzilish-
iga e'tibor bering va ularni rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing. 
 
Lavlagi:             P
5
A
5
G
(3)
 
3. Quyidagi keltirilgan oila vakillarining lotin va o‘zbek tilidagi nomlari 
yoziladi. Beta-lavlagi, Chenopodium-sho‘ra, Atriplex-olabuta, Spinacia-ismaloq, 
Holoxylon-saksovul, Anabasis-anabazis, Salsola-sho‘rak, Climacoptera-baliqko‘z, 
Kochia-izen, Salicornia-qora sho‘ra. 
 
2.ChINNIGULDOShLAR OILASI-- CARYOPHYLLACEAE
Morfologik ta'rifi. Bu oila 80 ta turkum va 2000 dan ortiq turni o‘z ichiga 
olib bir yoki ko‘p yillik o‘t, chala buta, buta ba'zan tropik mintaqalarda uchraydi-
gan kichik daraxt o‘simliklardir. Oilaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, 
urug‘larining perspermli va murtagi bukilgan holda, ya'ni kampilotrop bo‘lishdir. 
Barglari oddiy butun poyaga qarama-qarshi joylashgan, yonbargchasiz, ba'zan par-
dasimon yonbargchalidir. To‘pgullari ko‘pincha dixoziy tipida bo‘lib, ba'zan yakka 
holida bo‘lishi ham mumkin. Gullari to‘g‘ri 5ta a'zoli, 2 jinsli. Gul qo‘rg‘oni mu-
rakkab, gulkosa va gultojibarglarga ajralgan, ba'zan oddiy changchilari 5-10 ta 
urug‘chasi 1-4 yoki 5 ta meva bargchalarining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. 
Tugunchasi ustki, bir uyali. Urug‘kurtak ko‘p sonli. Mevasi ko‘pincha tishchalar 
yoki pallalar bilan ochiladigan ko‘sakcha, ba'zan yong‘oqcha yoki rezavor meva-
dir. 
Ahamiyati: Bu oila vakillari orasida manzara beruvchi o‘simlik turlari 
uchraydi. Ulardan bir qancha navlar etishtirilib chiqilgan.Ular o‘zining ajoyib 
xushbo‘yligi ko‘rinishi tufayli ko‘pdan beri ekib o‘stirilib kelinmoqda. Еtmak 
o‘simligining ildizi tarkibida saponin deb ataluvchi modda uchraydi. Undan ko‘pik 
hosil qilishda, nisholda, holva va boshqa ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. 
Shuningdek jun gazlamalarni yuvishda ishlatiladi. 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
Gerbariylardan foydalanib oilaning muhim vakillari bilan tanishing, ularn-
ing farq qiluvchi morfologik belgilarini o‘rganing. 
Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri etmak (bex), yulduz o‘tni alohida 
ajrating. Bunda uning poyasiga, barglarni joylanishiga, shakliga, gulqo‘rg‘onning 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə