Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37

 107
G‘o‘za, tol o‘simliklarining gul changlarining 3-5 % li shakar eritmasida 
o‘stiring. 
Buyum oynasiga mum xalqa yopishtiring, so‘ngra buyum oynasiga 
shakarning 1 tomchi eritmasini tomizib, unga gul chang donachalarini soling, 
keyin esa qoplag‘ich oynani buyum oynasidagi mum xalqa ustiga joylashtiring. 
Tayyorlangan preparatni mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi 
ostiga qo‘yib, chang donachalarining unushini kuzating. Bunda chang dona-
chasining una boshlashdagi holatiga va chang naychasi hosil bo‘lishiga e'tibor ber-
ib, ularning rasmlarini chizib oling.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
56-rasm.Yopiq urugli o'simlarning changlanishi va uruglanishi: 


 108
1-changdon,2-tuguncha,3-tumshukcha,4-urug kurtak,5-gulkosa, 
6-gul bandi,7-urug yoli,8-sinergid,9-tuxum xujayra, 
10-murtak xaltachasi vayadrosi,11-urugdon qavatlari 
12-antipodlar 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.
 
Changlanish deb nimaga aytiladi? 
2.
 
Changlanish usullari necha xil bo‘ladi? 
3.
 
Shetdan changlanish bilan o‘z-o‘zidan changlanishning farqini ayting? 
4.
 
Shamol va hashoratlar yordamida changlanadigan o‘simliklar gullarining 
farqini aytib bering? 
5.
 
Qaysi olim o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayonini kashf etgan? 
6.
 
Qo‘sh urug‘lanish jarayonini aytib bering? 
 
16-MAVZU: MЕVANING TUZILIShI VA TIPLARI 
 
IShNING MAQSADI: Meva tuzilishini va tiplarini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: lupa, pichoq, mayda asboblar, fiksatsiyalangan 
yoki yangidan yig‘ilgan mevalar hamda quruq mevalar. 
UMUMIY TUShINShA: Qo‘shurug‘langandan keyin taraqqiy etgan va 
ichida urug‘i bo‘lgan tugunchaga meva deyiladi. O‘simliklarning mevasi yirik-
maydaligi, tashqi ko‘rinishi, rangi qattiq-yumshoqligiga qarab bir-biridan farq qi-
ladi. Ular bir qancha belgilariga: kelib chiqishi, meva qatining tuzilishi va urug‘ 
coniga qarab tasnif qilinadi. Kelib chiqishiga ko‘ra mevalar: haqiqiy, soxta, oddiy, 
murakkab va to‘pmevaga bo‘linadi. Haqiqiy mevalar faqat urug‘chi tugunchas-
ining o‘zidan vujudga keladi. Masalan, olcha, o‘rik, shaftoli mevalari. Soxta 
mevalar esa urug‘chi tugunchasi bilan birga ko‘pincha juda o‘sib ketgan gulo‘rni 
va gulkosacha ishtirokida hosil bo‘ladi. Masalan, behi, olma, anor mevalari. soxta 
meva hisoblanadi. 
Agar gulda bitta urug‘chi bo‘lib, uning tugunchasidan meva hosil bo‘lsa, 
oddiy meva deyiladi. (o‘rik, olcha, gilos, bodom). Murakkab meva, bitta gulning 
bir nechta urug‘chisi ishtirokida hosil bo‘ladi. (malina, maymunjon). To‘p meva 
gullari juda zich joylashgan, to‘pguldan hosil bo‘ladi (tut, shotut). Mevalar 
qatining tuzilishiga qarab, quruq va ho‘l mevalarga bo‘linadi. Quruq mevalarning 
meva qati quruq, qalin va yog‘ochsimon bo‘ladi, ba'zan esa po‘choqqa o‘xshaydi. 
Ho‘l mevalarning meva qati seret, sersuv, ko‘pincha ravshan rangli bo‘ladi. Quruq 
va ho‘l mevalarning urug‘i har hil miqdorda bo‘ladi. Urug‘lar soni bittadan bir 
necha yuz donagacha bo‘lishi mumkin. Urug‘larning soniga qarab mevalarni: 
1.Bir urug‘li va ko‘p urug‘li quruq mevalar. 
2.Bir urug‘li va ko‘p urug‘li ho‘l mevalar guruhlariga ajratish mumkin. 
Bir urug‘li quruq mevalarga: pistacha, don, yong‘oq, xakalak va qanotli 
mevalar kiradi. 


 109
Pistacha bir urug‘li, bir uyali meva bo‘lib, ikkita mevabargchadan hosil 
bo‘ladi, urug‘i meva qati bilan qo‘shilib o‘smaydi (kungaboqar pistasi),. donlarn-
ing meva qati urug‘ga qo‘shilib o‘sadi (bug‘doy, arpa va sholi doni). 
Yong‘oq mevaning qati (po‘chog‘i)qattiq, yog‘ochsimon bo‘lib, uning 
mag‘izi po‘stloq ichida erkin turadi. Hakalak ham yong‘oqqa o‘xshaydi, lekin un-
ing meva qati uchta qattiq meva bargchadan hosil bo‘ladi, (eman hakalagi). Qanotli 
mevalar pistacha bo‘lib, ularning meva qatlami bitta yoki bir nechta ingichka 
qanotsimon o‘simta chiqaradi (qayrag‘ochning qanotli mevasi). Ba'zan pistacha 
qo‘shilib o‘sib, qo‘sh qanotli meva hosil qiladi(zarang mevasi). Ko‘p urug‘li quruq 
mevalarga: ko‘sak, qo‘zoq, qo‘zoqcha dukkak va yayma kiradi. 
Ko‘sak bir-biri bilan qo‘shilib o‘sgan bir nechta meva bargchadan hosil 
bo‘ladi. Ko‘sak ko‘pincha pallalari ajralib (g‘o‘za ko‘sagi) yoki teshikchasi 
(ko‘knori) bilan ochiladi. Ba'zan mevaning uchidagi qopqoqchasi ajraladi. Masa-
lan, ming devona. 
Qo‘zoq ikki uyali cho‘ziq meva bo‘lib, ikkita quruq qattiq meva bargchan-
ing qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi. Urug‘lari mevaning o‘rtasidan o‘tgan soxta 
pardaning chetlariga birikib turadi. Ular ikki pallaga ajralib ochiladi. Qo‘zoqcha 
qo‘zoqqa o‘xshash bo‘lsada, lekin, bir muncha qisqa va eni bo‘yidan keng bo‘ladi.  
Dukkak bir uyali meva bo‘lib, bitta meva bargchadan hosil bo‘ladi, odatda 
uchki chokidan ajralib ochiladi. Urug‘ pallalari yopishib turadi. (no‘xot, loviyaning 
mevalari). 
Yayma ham bitta meva bargchadan hosil bo‘ladi. Bu meva bir uyali bo‘lib, 
qorin chokidan ajralib ochiladi (ayiqtovondoshlarda). 
Bir urug‘li ho‘l mevalarga bir yoki bir nechta meva bargchadan hosil 
bo‘lgan, seret mevaqati juda o‘sib ketgan bir urug‘li danakli mevalar kiradi. Meva 
qatining ichki qismi yog‘ochlanib danak hosil qiladi, danak ichida urug‘i (mag‘zi ) 
bo‘ladi. Olcha, o‘rik, shaftoli ana shunday mevadir.  
Meva ikki qismdan, meva qati (perikarp) va urug‘dan iborat bo‘ladi. Meva 
qati tugunchaning devoridan hosil bo‘ladi va quyidagi uch qavatdan tashkil topadi. 
Ekzokarp (tashqi qavat). 
Mezokarp (o‘rta etli va suvli qavat)  
Endokarp (ichki) qavat.  
Ko‘p urug‘li ho‘l mevalar umumiy nom bilan rezavor mevalar deb ataladi. 
Rezovor mevalar bitta yoki bir nechta bargchadan hosil bo‘ladi, tashqi tomondan 
yupqa po‘st bilan qoplanadi, ichki tomonda esa ko‘p urug‘li seret meva qati 
bo‘ladi. Uzum, pomidor, limon rezavor mevaga misol bo‘ladi. Qovoqlar meva 
qatining tashqi qismi qattiq bo‘lgan uch uyali rezavor mevalardir, (masalan, 
qovoq,tarvuz, bodirng). 
Meva qatining tashqi qismi seret va ichi qattiq pardadan hosil bo‘lgan ol-
ma, nok, behi ham shu mevalar tipiga kiradi.  
ISh TARTIBI. Mevalarni bir-biridan ajratib ularning qaysi tipga kirishini 
aniqlab ho‘l va quruq, soxta, chin, rezavor mevalarga ajratib rasmlarini daftarga 
chizib nomlarini belgilang. Ho‘l va quruq mevalarni, dukkak va qo‘zoq mevalarni 
ikkiga ajratib, urug‘larini joylashishiga e'tibor bering. Tut to‘p mevasining mu-
rakkab mevadan farqini aniqlab gul o‘rniga ahamiyat berib, rasmlarini chizing. Re-


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə