Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37

 116
 
 
61-rasm.Endospermsiz loviya urugi: 
A -Umumiy ko'rinishi,б-murtakli ko'rinishi,1-ildizcha,2-micropile,3-4-urug 
choki, 5-urug posti,6-kurtakcha,7-poyacha,8-ildizcha,9-urug pallasi 
 
 
 
 


 117
62-rasm.Urug tiplari: a-murtakli orab olgan endosperma,б-endospermli   
bugdoy urugi,1-urug posti,2-endosperm,3-ildizcha, 4-poyacha, 5-kurtakcha, 
6-palla bargchasi,perisperm 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Urug‘ qanday vazifani bajaradi? 
2.Urug‘ tiplari necha xil bo‘ladi? 
3.Urug‘ palla qanday vazifani bajaradi? 
4.Bug‘doy doni qanday tuzilgan? 
5.Loviya urug‘i tuzilishni tushintirng? 
 
GULLI O‘SIMLIKLAR SISTЕMATIKASI 
 
18-MAVZU: AYIQTOVONDOShLAR, KO‘KNORIDOShLAR, 
OILALARI. 
MAVZUNING MAQSADI: Oilalarga mansub keng tarqalgan o‘simlik 
vakillarining morfologik belgilarini, hayotiy shakllarini, tarqalishini va asosiy 
vakillarining lotincha nomlarini hamda ahamiyatini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: gerbariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa pintset, preporoval nina va 
boshqalar. 
 
1.AYIQTOVONDOShLAR OILASI – RANUNCULACEAE. 
Morfologik ta'rifi: Ayiqtovondoshlar oilasi 50 turkum, 2000 turni 
birlashtirib, asosan ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar, ba'zan chala butalar yoki liana-
simon o‘simliklardan iborat. Oila vakillarining barglari oddiy, bo‘laklarga 
bo‘lingan, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari to‘g‘ri va noto‘g‘ri, gulqo‘rg‘oni 
oddiy va qo‘sh gulqo‘rg‘onli ya'ni kosacha va gultojibarglarga ega. Changchi va 
urug‘chilar soni cheksiz. Tugunchasi ustki. Gul qismlari ketma-ket, xalqasimon 
bo‘lib joylashgan. Mevasi bargakcha, to‘p bargak, yong‘oqcha ba'zan rezavor 
meva yoki ko‘sakcha. 
Ahamiyati: Bu oila o‘simliklari tarkibida alkaloidlar, glikazidlar, saponin-
lar bo‘lib, zaharli o‘tlar hisoblanadi. Tibbiyotda ulardan dori tayyorlashda foydala-
niladi. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
 
Gerbariylardan foydalanib, ayiqtovondoshlar oilasining muhim morfologik 
belgilari bilan tanishing. 
Oila vakillardan birining gul tuzilishini o‘rganing. Bunda gul o‘rnining 
shakliga gul a'zolarining soniga gulqo‘rg‘on qismlarining doira bo‘lib joylanishiga 
e'tibor bering. 


 118
Gerbariy namunalaridan yoki jadval, adabiyotlardan foydalanib o‘rganilgan 
o‘simliklarni umumiy ko‘rinishini, alohida olingan gul va meva tuzilishlarini va 
shakllarini chizib olinadi. Ularning gul formulasi tuziladi. 
 
Ayiqtovon:
..................
..........
Ca
5
Co
5
A
...
G

............
  
 
                                        Isfarak 
......
         Ca
5
Co
(2)
A
......
G
1

4. Quyidagi keltirilgan oila vakillarining lotin va o‘zbek tilidagi nomlari 
yoziladi. Ranunculus-ayiqtovon, Delphinium-isfarak, Aquillegia - akvilegiya, Ni-
gella- sedana, Clematis- ilon cho‘p, Adonis- adonis. 
 
2. KO‘KNORDOShLAR OILASI - PAPAVERACEAE 
 
Morfologik ta'rifi: Bu oilaga 30 turkum, 700dan ortiq tur kirib, ular 
Sharqiy Osiyoda, Janubiy va Shimoliy Amerika, O‘rta er dengizi atrofida tarqal-
gan. Oila vakillari bo‘g‘imli yoki bo‘g‘imsiz, sutli naychalarida sut shiralari 
bo‘lgan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardir, ba'zan buta va daraxtsimon vakillari ham 
uchraydi. Barglari ko‘pincha patsimon. Qirqilgan, ketma-ket joylashgan, yon-
bargchasiz. Gulari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, poyada yakka-yakka joylashgan. Ba'zan 
simpodial yoki monopodial tipga ega bo‘lgan to‘pgullardan tashkil topgan. Ikki 
jinsli,kosachabargi 2 ta bo‘lib, guli ochilishi bilan tezda to‘kilib ketadi, gultojibargi 
4 ta,changchisi cheksiz,ba'zan 2-3ta, urug‘chisi 2 yoki bir nechta meva bar-
gli,tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko‘sakcha yoki yong‘oqcha. Urug‘lari 
mayda, endospermli. 
Ahamiyati.  Oilaning ayrim vakillaridagi sut shirasining tarkibida morfin
kodein, papaverin, tabsinga o‘xshash alkoloidlar bor. Ulardan meditsinada dorilar 
tayyorlanadi. Urug‘ning tarkibida 50% gacha yog‘ to‘planadi. Undan oziq-ovqat 
tayyorlashda foydalaniladi. 
 
 


 119
 
 63-rasm.  
Ayiqtovon (Ranunsulus acer):                        
A--umumiy ko’rinishi B--gulining 
Pasdan ko’rinishi; V--guli asosidagi nektardonli tojibarg; G--mezacha; D--gul diagram-
masi.   
            
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 120
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
64-rasm. 
Isfarak (Del phin  iu m): A--uzunasiga yorilgan gul, B--mevasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 121
 
 
 
 
 
 
 
          65-rasm. 
 Tovus ko’knor (Papaver pavoninum): 
 
 
 
 
 


 122
 
 
 
 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariylardan foydalanib, ko‘knordoshlar oilasiga xos morfologik bel-
gilarni o‘rganing. 
2.Oila vakillaridan birining gul tuzilishini, mevasining ko‘ndalang kesimini 
o‘rganing. Guldagi kosacha, gultojibarg, changchi va urug‘chilar soniga e'tibor 
bering. 
3.O‘rganilgan o‘simlikni umumiy ko‘rinishini gul va meva tuzilishlarini va 
shakillarini chizib oling. Gul formulasini tuzing. 
 
Ko‘knorining gul formulasi :        Ca
2
Co
4
A
 
G
  
 
4.Oilaning asosiy vakillrini lotin va o‘zbek tilidagi nomlari yoziladi. Papa-
ver-ko‘knori, Roemeria -qizg‘aldoq, Glaucium-o‘rmon qora. 
 
19 MAVZU:  TUTDOShLAR, YoNG‘OQDOShLAR, TOLDOShLAR, 
СhINORDOShLAR OILASI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: Oilalarning o‘ziga xos morfologik belgilarini
hayotiy shakillarini, tarqalishini, keng tarqalgan turlarini lotincha nomlarini va xalq 
xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: gerbariylar, o‘simliklar aniqlagi-chi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, to‘p mevalar, ildizmevalar, urug‘lar, lupa, 
pintset, preparoval nina va boshqalar. 
TUTDOShLAR- MORACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Bu oila 75 ta turkum va 1550 turni o‘z ichiga oladi. 
Ular daraxt, buta ba'zan o‘t o‘simliklaridir. Oila vakillari har ikkala yarim sharning 
tropik, suptropik, ayrimlari mu'tadil iqlim hududlarida tarqalgan. Daraxt va bu-
tasimon vakillari sut shirasiga boy bo‘ladi. Barglari oddiy butun yoki bo‘lakli, yon 
bargchali poya va shoxlarda ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari 
ko‘rimsiz, bir jinsli, bir yoki ikki uyli, tsimoz to‘pgullarga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 
oddiy, yashil rangda, gulkosasimon bo‘lib 4 ta, ba'zan 2-6 ta bargchadan iborat. 
Changchilari gulqo‘rg‘on soniga teng. Urug‘chisi ikkita meva bargchadan iborat. 
Tugunchasi ustki, yoki ostki bir uyali. Mevasi to‘p danakcha yoki yong‘oqchadir. 
Ahamiyati: Oilaning tut turkumiga mansub o‘simliklari mevasining tarka-
bida 80 % gacha qand moddasi va vitaminlar bor. ular oziq-ovqat sifatida ishlati-
ladi. Barglari ipak qurti uchun oziq hisoblanganligadan, ko‘pgina navlari ekib 
o‘stiriladi. Anjir o‘simligi mevasi istemol qilinadi, dorivor xususiyatga ega. Uning 
1000 yaqin turi ma'lum. Oila vakillari meditsianada dori-darmon tayyorlashda foy-
dalaniladi.  
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə