Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

 149
Ahamiyati. Bu oila vakillari o‘z tarkibida oshlovchi moddalar va 
glikozidlarni saqlaydi. Ba'zi turlari xalq meditsinasida ishlatiladi. Poliz ekinlari va 
boshqa agrofitotsenozlarda uchraydigan eng xavfli begona o‘t hisoblanadi. 
 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1. Gerbariylar asosida oilaning sistematik belgilarini o‘rganing. Yaqin oila-
lar bilan solishtiring, bir-biridan farqlang. 
2. Oila vakillaridan shumg‘iya turkumiga mansub o‘simliklar turlari bilan 
tanishing. Ularni qanday hayot kechirishiga, poyasiga, gul tuzilishi va uning 
qismlarini birikib o‘sishiga, mevasiga, urug‘lari soniga e'tibor bering. Ularning 
rasmlarini chizing. 
Gul formulasini tuzing. 
                 
    Ca
(4)-(5) 
Co
(5)
A
2+2 
G
(2) 
3. Nomlari keltirilgan o‘simliklarni lotincha va o‘zbekcha nomlarini yoz-
ing. Orobanche cumana- kungaboqar shumg‘iyasi, O.aegyptiaca- misr 
shumg‘iyasi, O. aemoena- nozik shumg‘iya, O. brassicae- karam shumg‘iyasi, 
Cistanche flava-sariq gulli ilon cho‘p, C.ambigua- shubhali ilon cho‘p. 
 
GOVZOBONDOShLAR OILASI –BORAGINACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Bu оilaga 100 ga yaqin turkum, 2000 tur kiradi. Ular er 
sharining deyarli hamma nuqtasida uchraydi. Oila vakillari, bir yoki ko‘p yillik o‘t, 
buta va daraxt, ba'zan liana kabi o‘simliklar hisoblanadi. Barglari oddiy, poyaga 
ketma-ket joylashgan. Poya va barglari qattiq, dag‘al tuklar bilan qoplangan. 
To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat. Gullari to‘g‘ri, ba'zan biroz noto‘g‘ri. 
Gulkosa va gultojibarglari beshtadan. Changchilari ham beshta bo‘lib, gultojibar-
glarining asosiga o‘rnashgan. Urug‘chisi ikkita meva bargchasining qo‘shilishidan 
hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, 4 ga bo‘lingan. Mevalari quruq, to‘rtta 
yonog‘chaga ajraladi, ba'zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir.  
Ahamiyati. oilaning ba'zi turlari dori olinadigan buyoqqa va shira beruvchi 
o‘simliklar qatoriga kiradi. Ayrimlari qishloq xo‘jaliklari ekinzorlarida begona o‘t 
sifatida uchraydi. Bularning orasida zaharlilari ham bor.  
 
 
 
 
 
 


 150
 
 
78-rasm. Qo’ypechak (Convolvulus arvensis): 
A—gullagan shoxining bir kesimi, B—gulning bo’ylama kesimi, V—mevasi, G—urug’i, 
D—gul, B—gul diagrammasi.  


 151
 
 
79-rasm. Beda ildiziga ilashgan shumgiyox. 
1—beda, 2—shumgiyox novdasining gullagan qismi, 3—shumgiyox o’simligining 
ostki qismi
 
 
 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
Gerbariy namunalaridan foydalanib, oilaning o‘ziga xos morfologik bel-
gilarni o‘rganing. 
Govzobondoshlar oilasining keng tarqarlgan vakillaridan ,ho‘kiz tili, kam-
pirchopon kabi o‘simliklarning poya va barg tuzilishiga, ularning har xil tuklar bi-
lan qoplanganligiga, to‘pgullariga,gul qismlariga, gultojibarglarining rangiga, 
changchilarni uzun va qisqaligiga, mevasining qanotli yoki qanotsizligiga e'tibor 
bering. O‘rganilgan o‘simlikning umumiy halatda rasmini chizing. Gul formulasini 
tuzing. 
 


 152
      Ca
5
Co
5
A
5
G
(2) 
Nomlari keltirilgan, o‘simliklarni lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozib ol-
ing. Trichodesma incanum- oq tukli kampirchopon, Heliotropium –ko‘kmaraz, 
Lindelophia-quyonquloq, Anchusa- govzobon, ho‘kiz tili, Onosma-mehrigiyoh, 
Echium-exium, Lappula- lappula. 
 
 
 
25-MAVZU, ITUZUMDOShLAR,YaLPIZDOShLAR (LABGUL-
DOShLAR) OILALARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: Har bir oilaning morfologik belgilarini, hayo-
tiy shakllarini, tarqalishini keng tarqalgan vakillarini lotincha nomlarini va 
ahamiyatini o‘rganish.  
KЕRAKLI JIHOZLAR: gerbariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval, nina va 
boshqalar. 
 
ITUZUMDOShLAR OILASI-SOLANACEAE. 
Morfologik ta'rifi; Ituzumdoshlar oilasi 85 turkum, 2500 ga yaqin turdan 
iborat bo‘lib, er sharining mo‘'tadil iqlimli va tropik hududlarida tarqalgan. Ular 
asosan o‘t o‘simliklar, ba'zan chala buta va kichik daraxtlardir. Barglari oddiy, bu-
tun yoki patsimon qirqilgan, yon bargsiz bo‘lib, poyada ketma-ket joy-
lashadi.Gullari yakka-yakka ko‘pincha oddiy yoki murakkab gajak, shingil to‘pgul 
hosil qilib to‘g‘ri yoki biroz noto‘g‘ri och sariq, pushti, binafsha, oqimtir ko‘k 
rangli,ikki jinsli, qo‘shgulqo‘rg‘onli. Gulkosa va gultojbarglari 5ta bo‘lib qo‘shilib 
o‘sgan, gultojisi karanaysimon, qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi.Changchilar 5ta, 
ko‘pincha changdoni chetlari bilan birlashib urug‘chi ustunchasini va nay hosil qi-
lib o‘rab turadi. Urug‘chisi bitta ikkita mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil 
bo‘lgan, tugunchasi ustki, tuguncha atrofida xalqa bo‘lib joylashgan beshta 
bo‘lakchali shiradoni bor. Mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha. 
Ahamiyati. Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ba'zilari iqtisodiy jihatdan 
katta ahamiyatga ega bo‘lib oziq-ovqat sifatida ishlatiladi, ulardan spirt, kraxmal 
olinadi, ayrimlari sabzavot ekinlari va dorivor, o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Ixtiyoringizga berilgan gerbariylardan foydalanib, ituzumdoshlar oilas-
ining o‘ziga xos morfologik tuzilishi bilan tanishing, aniqlagich yordamida tur-
kumlarini bir-biridan farqlang. 
2.Oila vakillaridan kartoshka o‘simligining umumiy tuzilishi, gul qismlari, 
meva va o‘zgargan er osti novdalari – tuganak va stolonlari bilan tanishib, ularni 
rasmlarini chizib oling. Gul formulasini tuzing.
  
      Ca
(5) 
Co
(5)
A

G
(2)
 
3.Quyidagi o‘simliklarning lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə