Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

 147
2.Oila vakillaridan birini alohida ajrating. Uning poya tuzilishiga, barg va 
yon barglarning shakliga, gajaklarni hosil bo‘lishiga, to‘pgullariga gul qismlariga, 
kosacha, gultojibarglariga, changchilarning chang iplarini qo‘shilgan yoki 
qo‘shilmaganligiga, urug‘chining tuzilishiga, meva va urug‘ning shakllariga e'tibor 
bering va ularni rasmlarini chizing. 
 
Gul formulasini tuzing.  beda  
     Ca
(5)
Co
1+2+(2)
A
(9)+1
G
1
 
Oilaning quyidagi vakillarini lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing. Pi-
sum sativum-ko‘k no‘xot, Cicer arietinum-no‘xot, Phaseolus aureus-mosh
Phaseolus vulgarus- loviya, Arachis hypogaea- eryonog‘oq, Medicago – beda, Al-
chagi – yantoq, Glycyrrhiza- qizil miya, Trifolium- sebarga, Lathyrus- burchoq, 
Vicia- boqla, Melilotus- qashqar beda. 
 
24-MAVZU. PЕShAKDOShLAR, GOVZOBONDOSHLAR, ZARPЕShAK-
DOShLAR, ShUMGIYoHDOShLAR OILALARI. 
 
Mavzuning maqsadi: Oilalarning o‘ziga xos morfologik tuzilishini, hayo-
tiy shakllarini, tarqalishini, keng tarqalgan vakillarini lotincha nomlarini va xalq-
xo‘jaligidagi ahamiyatini va zararli tomonlarini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: Gerbariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval nina va 
boshqalar. 
 
PЕShAKDOShLAR OILASI – CONVOLVULACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Bu oilaga 50 ga yaqin turkum va 1500 tur kiradi. Ular 
asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan buta, chala buta va o‘t 
o‘simliklardir. Poyasi ayrim vakillarida chirmashib o‘sadi. Barglari oddiy, butun, 
ba'zan o‘yilgan yoki patsimon qirqilgan bo‘lib, poyaga ketma-ket joylashgan, yon-
bargchasiz. Gullari asosan bitta ba'zan dixaziy to‘pgulini hosil qiladi. Gullari ikki 
jinsli, to‘g‘ri. Gulkosa barglari 5ta, erkin yoki birikib o‘sgan. Gultojbarglari 5ta, 
karnaysimon. Changchilari 5ta, urug‘chisi ikki yoki 3-5 mevabarchaning birikib 
o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha,rezavor yoki 
yong‘oqchalarga ajraluvchi uvoq meva. 
Ahamiyati. Oilaning ayrim vakillari ipak qurtining pilla o‘rashi uchun das-
ta sifatida va manzarali o‘simlik sifatida foydalaniladi. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR
1.Gerbariylar asosida pechakdoshlar oilasining morfologik belgilarini 
o‘rganing.  
2.Oila vakillaridan Mingbosh,qo‘ypechak, karnaygul kabi o‘simliklarning 
poyasini tuzilishiga, gullarini yakka dixaziy to‘pgul hosil qilishiga kosacha-
barg,gultojibarglarni qo‘shilib o‘sganligiga,changchi va urug‘chilar soniga, 
mevasini ko‘sakcha shakildaligiga e'tibor bering,ularni rasmlarini chizing.Gul for-
mulasini tuzing. 
     Ca
(5)
 Co
(5)
A
5
G
(2)-(5)
 


 148
3.Nomlari keltirilgan o‘simliklarning lotincha va o‘zbekcha nomlarini yoz-
ing. 
Convolulus arvensis –Dala pechagi, qo‘ypechak, S.subhirsutus-Dag‘altukli 
pechak, mingbosh, Calystegia-Govpechak, Ipomea-Karnaygul. 
ZARPЕShAKDOShLAR OILASI- CUSCUTACEAE 
Morfologik ta'rifi. Bu oila bitta turkum va 100 turni o‘z ichiga olgan yash-
il, bargsiz, xlorofilsiz, haqiqiy ildizlarga ega bo‘lmagan, ipsimon, poyasidan 
chiqqan gaustoriylari bilan xo‘jayin o‘simlikni so‘rib oziqlanuvchi bir yillik parazit 
o‘simliklar bo‘lib, tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Barglari reduk-
tsiyalangan, tangachasimon. Gullari mayda, to‘g‘ri, ikki jinsli va 
qo‘shgulqo‘rg‘onlidir. Kosachabarg va gultojbarglari ko‘pincha 5 tadan. Chang-
chilari 5 ta, urug‘chisi 2 ta, mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. 
Tugunchasi ustki. Mevasi qo‘sakcha. 
Bu oila vakillari qishloq xo‘jaligi ekinzorlaridan butunlay yo‘qotilishi zarur 
bo‘lgan juda xavfli parazit begona o‘tlardir. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR
1.Gerbariy materiallaridan foydalanib, zarpechakdoshlar oilasining 
umumiy morfologik belgilari bilan tanishing. 
2.Oilaning keng tarqalgan turlaridan birining poyasini ingichka ipsimon 
tuzilishiga, so‘rg‘ichlariga mayda gullariga, kosacha va gultojbarglarini birikib 
o‘sganligiga, meva va urug‘larini tuzilishiga e'tibor bering, ularni rasmlarini chiz-
ing.  
Gul formulasini tuzing. 
 
      Ca
(5)
Co
(5)
A
(5)
G
(2) 
 
3.Oilaning quyidagi asosiy vakillarining lotincha va o‘zbekcha nomlarini 
yozib oling: 
Cuscuta approximata – Ingichka poyali chirmoviq, zarpechak, sariq 
chirmoviq, C. Lehmamiana- Lemon chirmovug‘i, dev pechak, C.campestris- Dala 
chirmovug‘i. 
 
ShUMGIYoHDOShLAR OILASI- OROBANCHACEAE
Morfologik ta'rifi. Shumgiyohdoshlar oilasi 12 ta turkum, 140dan ortiq 
turni o‘z ichiga oladi. Ular asosan shimoliy yarim sharning o‘rta iqlimli mintaqal-
arida, tropiklarda va janubiy yarim sharda uchraydi. Oila vakillari har hil 
o‘simliklarning ildizlarida parazitlik qilib, yashovchi xlorofilsiz bir yoki ko‘p yillik 
o‘t o‘simliklardir. Poyasi sarg‘ish, oq etli, oddiy yoki shoxlangan, bezli tuklar bilan 
qoplangan. Barglari juda qisqargan, tangachasimon poyaga ketma-ket joylashgan. 
To‘pguli shingil yoki boshoqsimon gullari noto‘g‘ri. Ikki jinsli besh a'zoli. Gulk-
osachabarglari 4-5 ta bo‘lib birikib o‘sgan. Gultojbarglari qo‘shilib ikki labni hosil 
qiladi. Changchilari 4ta, ulardan ikkitasi uzunroq chang ipiga ega. Urug‘chisi 
ko‘pincha 2ta mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tugunchasi ustki. 
Mevasi ko‘sakcha. Urug‘lari mayda bitta ko‘sakchasida soni 2000-2500 ta gacha 
urug‘ bo‘ladi. Tuproqda urug‘ining unib chiqish qobiliyati 8-12 yilgacha saqlanadi.  


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə