Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37

 157
Bu oilacha vakillari savatchalaridagi gullarining hammasi naychasimon
ikki labli yoki har xil. Masalan, markazdagilari naychasimon, chetdagilari soxta 
tilchasimon, yoki varonkasimon bo‘ladi. 
2.Tilchasimonguldoshchalar oilachasi –Liguliflorae.  
Bu oilacha o‘simliklarining savatchasidagi barcha gullar tilchasimon, no-
to‘g‘ri, ikki jinslidir. 
Ahamiyati.  Oila vakillari orasida moy beruvchi o‘simliklar ham bo‘lib, 
ularning urug‘ini tarkibidagi moyi oziq-ovqatga ishlatiladi. Ba'zi turlari esa bo‘yoq 
beruvchi, kauchuk, saqlovchi, dorivor va manzarali o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
82-rasm. Kungaboqar (helianthus anuus): 
A—o’simlikning yuqori qismi: 1—Tilsimon sohta gul, 2—trubkasimon gul, 3—kosacha, 
4—gultoj, 5—changchilari, 6—kungaboqar gulining orqa tomonidan ko’rinishi.  
 
 
 
 


 158
 
 
 
 
 
 
83-rasm. Qoqio’t (Taraxacum): 
A—umumiy ko’rinishi, B—to’pguli, V—uzunasiga kesilgan to’pguli, G—ayrim guli, D—
changchisi, E—mevasi, J—uzunasiga bo’lingan mevasi, 1—o’rovchi bargchasi, 2—gul 
o’rni, 3—ukpari.  
 
 
 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariy na'munalaridan foydalanib, oilaning umumiy morfologik 
tuzilishi bilan tanishing, turkum va turlarini aniqlang, ularning tuzilishini tahlil 
qiling. O‘rganilayotgan o‘simliklarning bargiga, poyasiga, savatcha va uning 
o‘rama barglar soniga, gul o‘rniga, gul tiplarining xillariga va ularning qaysi biri 
qanday jinsga ega yoki ega emasligiga e'tibor bering va farqli tomonlarini qisqacha 
ta'riflab, rasmlarini chizib oling. 


 159
2.Gul tiplarining formulasini tuzing: 
 
a) naychasimon gul:
 
 
     
Ca
(5)-0-pap
Co
(5)
A
(5)
G
(2)
  
 
b) tilchasimon gul:   
    Ca
(5)-0-pap
Co
(5)
A
(5)
G
(2)
 
 
v) soxta tilchasimon gul: 
  Ca
(5)-0-pap
Co
(3)yoki(3-2)
A
(0)
G
(2)
 
 
g) karnaysimon gul:  
    Ca
(5)-0-pap
Co
(5-7)
A
(0)
G
(0) 
 
Meva kollektsiyalaridan foydalanib, oila vakillari mevasining tuzilishini 
o‘rganing. Mevada saqlanib qolgan ukparini (popuk) rangiga, ba'zan ularning 
bo‘lish bo‘lmasligiga nazar tashlang va rasmlarini chizib oling. 
Quyidagi oilacha o‘simliklarini lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing. 
A) Naychasimonguldoshchalar; Helianthus annuus-oddiy kungaboqar, Car-
thamus-mashar. Matricaria-moychechak, Ashillea-bo‘ymadaron, Artemisia -
shuvoq, A.absinthum-ermon, A.annua-burgan, Centhaurea-bo‘tako‘z. Cirsium- lat-
ta tikan. Xanthium-qo‘y tikan. Acroptilon-Kakra, Carduus- qush qo‘nmas. 
V).Tilchasimonguldoshchalar, Cichorium- Sachratqi, Tragopogon-echki 
saqol, Taraxacum- qoqi o‘t. Sonchus- bo‘ztikan. Scorzonera-Skorzonera, Lactuca-
laktuk,(sut cho‘p). 
 
27-MAVZU: BUG‘DOYDOShLAR,(G‘ALLADOShLAR), LOLADOShLAR, 
PIYoZDOShLAR, HILOLDOShLAR, (QIYoQDOShLAR) OILALARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: Oilaning morfologik tuzilishini, hayotiy 
shakllarini, tarqalishini, keng tarqalgan vakillarini lotincha nomlarini va 
ahamiyatini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: Gebariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval nina va 
boshqalar. 
 
LOLADOShLAR OILASI-LILIACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Oila vakillari ildiz poyali, piyoz boshli o‘simliklar 
hisoblanadi. Barglari oddiy, butun qirrali, gulqo‘rg‘oni gultojtsimon. Gultojibargla-
ri ikki qavat o‘rnashgan. Changchilari oltita, urug‘chisi bitta, uchta mevabargchas-
ining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sak yoki re-
zavor.  
Ahamiyati. Oila vakillarining ko‘pchiligining gullari chiroyli va xushbo‘y 
hidga ega bo‘lganligi uchun manzarali o‘simlik sifatida ko‘plab ekib o‘strilmoqda. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
Gerbariylardan foydalanib, loladoshlar oilasining morfologik belgilari bilan 
tanishing, turkumlarini aniqlagich yordamida aniqlang. 
Lola o‘simligini morfologik jihatdan tahlil qiling. Uning piyoz boshiga, 
poya va bargning tuzilishiga. gulqo‘rg‘oniga, changchi va urug‘chilariga 


 160
tugunchaning gul o‘rnida joylanishiga va mevasiga e'tibor bering, ularning rasmla-
rini chizing. 
 
Gul formulasini tuzing.             P
3+3 

3+3 

(3)
 
 
Oilaning quyidagi vakillarining lotincha va o‘zbekcha nomlarini yoz-
ing.Tulipa greigii-greyg lolasi. T. ferganica- Farg‘ona lolasi, T. uzbekistanica-
o‘zbekiston lolasi, Lilium-liliya, Gagea-boychechak. Eremurus- shirach. Colchi-
cum-savrinjon. 
 
PIYoZDOShLAR OILASI-ALLIACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Piyozdoshlar oilasining vakillari ko‘p yillik, piyoz 
boshli va maxsus hidli o‘t o‘simlikdir. Ular er sharining hamma qismida, uchraydi. 
Barglari etli, tasmasimon yoki naychasimon.To‘pguli oddiy soyabonsimon. Gul-
qo‘rg‘oni oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6ta, asosiy qismlari 
qo‘shilgan. Changchilar 6ta, urug‘chisi 1ta, 3 mevabargchaning qo‘shilishidan 
hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha. 
Ahamiyati. Bu oila vakillari, sabzavot o‘simligi sifatida ko‘plab ekib 
o‘stirilib, ovqatga ishlatiladi va dorivor o‘simlik sifatida keng foydalaniladi. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariy na'munalaridan foydalanib, oila uchun xos belgilarini o‘rganing. 
Loladoshlar oilasi bilan taqqoslang farqli belgilarini yozib oling. 
2.Oila vakillaridan oddiy piyoz o‘simligining sistematik belgilarini 
o‘rganing. Uning piyoz boshi shakliga, poya va bargning tuzilishiga, to‘pguliga, 
gulqo‘rg‘on xiliga va ularning qo‘shilgan yoki qo‘shilmaganligiga, changchi va 
urug‘chilarga va meva tipiga e'tibor berib, ularning rasmlarini chizib oling. Gul 
formulasini tuzing. 
     Р
(3)+(3)
A
3+3
G
(3)
 
 
3.Quyidagi o‘simliklarning lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozib oling. 
Allium cepa-oddiy piyoz, osh piyoz, A.sativum- sarimsoq piyoz, 
A.suvorovii-suvorov piyozi, anzur piyoz, A. Pskemense- Pskom piyozi, tog‘ piyoz, 
A. Schubertii- cho‘chqa piyoz.  
 
HILOLDOShLAR OILASI- CYPERACEAE. 
Morfologik ta'rifi. Bu oila 95 ta turkum 3500 turni o‘z ichiga oladi. Ular 
er sharinig hamma qismida keng tarqalgan, ko‘p yillik ba'zan, bir yillik o‘t 
o‘simliklardir. Poyasi ko‘pincha uch qirrali, bo‘g‘imsiz, ba'zan tsilindrsimon. Bargi 
tilchasiz, yopiq qinli, uch tomonga qarab o‘sgan bo‘lib, ko‘pincha poyasining ost 
tomonida joylashadi. Plastinkasi qattiq, ensiz lentasimon, chetlari g‘adur-budur. 
Gullari ikki yoki bir jinsli. Bir uyli ba'zan ikki uyli o‘simlik. To‘pguli boshchasi-
mon, boshoqsimon, supurgisimon, soyabonsimon va boshqa xilda bo‘lishi mum-
kin. Gullari gulqo‘rg‘onsiz, ba'zan tukcha va qiltiqlari bo‘ladi. Changchilari asosan 
3ta, ba'zan 6 tagacha bo‘lishi mumkin.Urug‘chisi bitta, 2-3 ta mevabar-


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə