Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37

 123
1. Gerbariy namunalaridan foydalanib, tut o‘simligining getrofiligiga 
hodisasiga e'tibor bering. 
2. Tut o‘simligining to‘pgulini, to‘pmevasini uzunasiga kesmasi tuzilishini 
o‘rganing. Guldagi changchi va urug‘chilar soniga e'tibor bering. 
1. To‘pgul va to‘pmevalarning tuzilishini chizib oling. 
Gul formulasini tuzing. Jinslariga e'tibor bering. 
Tut-      P

A
0
G
(2)           
   
   
P
4
A
4
G

4.Oilaga mansub asosiy o‘simliklarining lotin va o‘zbek tilidagi nomlarini 
yozib oling. Morus -tut: Ficus-anjir: Maclura -maklyura, Morus nigra-shotut. Mo-
rus alba-oq tut, baliqtut. Broussonetia pappyrifera -qog‘oz daraxti. 
 
СhINORDOShLAR OILASI – PLATANACEAE 
Morfologik ta'rifi: Bu oila faqat bitta chinor turkumi va 10 ga yaqin turni 
o‘z ichiga oladi. Ular shimoliy Amrerika, Еvropa va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida 
uchraydi. Bu oila vakillari yirik daraxtlardir. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan, 
barg yaprog‘i panjasimon qirqilgan, yon barglari qo‘shilib o‘sib qolpoqchaga 
aylangan bo‘lib, kurtakchani yopib turadi. Barg chiqishi bilan tushib ketadi. Gullari 
sharsimon to‘pgulga yig‘ilgan, bir uyli ayrim jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchi 
gullari 3-8 ta changchiga, urug‘chi gullari esa 3-6 ta urug‘chiga ega. Har qaysi 
urug‘chi 1 yoki 2 mevabargchadan iborat. Tugunchasi ustki. Mevasi chetnamaydi-
gan yong‘oqcha. 
Ahamiyati.  Сhinor o‘simligining tanasi qattiq bo‘lganligidan, undan me-
bellar har xil buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Manzarali o‘simlik sifatida 
ko‘kalamzorlashtirish ishlarida keng foydalaniladi. Сhinor ko‘p yil yashaydigan 
daraxt bo‘lib, u 2300 yil yashashi mumkin. 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
 
1.Gerbariy namunalaridan foydalanib, chinor o‘simligining morfologik 
tuzilishini o‘rganing. Bunda o‘simlikning barg tuzilishiga to‘pgullariga changchi 
va urug‘chilar soniga, mevasiga e'tibor bering, ularni rasmlarini chizing. Gul for-
mulasini tuzing. Сhinor. 
            Ca
4-5
Co
4-5
A
3-8
, :        Ca
4-5
Co
4-5
G
(2) 
 
2.Сhinor o‘simligini lotincha va o‘zbekcha nomini yozing: 
Platanus orientalis –Sharq chinori, P. occidentalis-g‘arb chinori. 
      
2.YoNG‘OQDOShLAR OILASI- JUGLANDACEAE. 
Morfologik  ta'rifi: Bu oilaning 8 turkumi va 70 ga yaqin turi ma'lum. 
Ular shimoliy yarim sharning mu'tadil iqlimli mintaqalarida hamda Osiyoning 
sharqida va Amerikaning tropik qismlarida o‘sadi. Barglari poyada ketma-ket joy-
lashgan, yirik murakkab toq patsimon. Gullari ayrim jinsli bir uyli o‘simlik. 
Changchi gullari ko‘p gulli bo‘lib, ko‘pincha o‘tgan yilgi novdaning tushib ketgan 
barg qo‘ltig‘idan chiqib kuchala tarzida osilib turadi. Changchilar soni 8-40 taga 
etib boradi. Urug‘chisi bitta yoki bir nechta bo‘lib, yangi o‘sib chiqqan serbarg 


 124
novdaning uchida joylashadi. Har qaysi urug‘chi gulini 2ta gul yonbargchaci va 4 
ta gul kosa bargi bor. Urug‘chi gulkosa bargi, gulyonbargchachalari bilan qo‘shilib 
o‘sib mevaning po‘stlog‘ini hosil qiladi. Urug‘chisi 2ta meva bargchaning 
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, 2 tumshuqchali. Tugunchasi ostki, bir uyali va bir 
urug‘kurtakli. Mevasi yong‘oq yoki danakli soxta meva bo‘lib, dastlab sirtidan 
yashil etli po‘stloq bilan o‘raladi, keyinchalik po‘stloq mevadan ajralib tushib 
ketib, chin yong‘oqqa aylanadi. 
Ahamiyati: Bu oilaning eng ahamiyatli turi chin yong‘oq hisoblanadi. Un-
ing urug‘ida 77% gacha qimmat baxo oziq -ovqat va texnika maqsadlari uchun ish-
latiladigan moy bor. Pishib etilmagan yong‘oqlarda ko‘p miqdorida «S» vitamini 
uchraydi. Yong‘oqning pishgan mag‘zi iste'mol qilinadi va ko‘plab konditer 
mahsulotlari tayyorlanadi. Yong‘oq tanasi har xil buyumlarni tayyorlashda ishlati-
ladi. Mevasining yashil po‘sti, barglari va po‘stlog‘idan oshlovchi modda va jigar 
rang buyoq olinadi. 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariylardan foydalanib, chin yong‘oqning barg tuzilishiga, novdada 
hosil bo‘lgan changchi va urug‘chi gullarining joylanish holatiga e'tibor bering. 
2.Fiksatsiya qilingan gullar asosida, changchi va urug‘chining tuzilishini va 
ularning sonini lupa yordamida o‘rganib, rasmlarini chizing. Gul formulasini tuz-
ing. Shin yong‘oq: 
               P
5-6
A
8-40
G
0,
         P
4
A
0
G
(2)
        
 
3.Yong‘oq turlarini lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing: Juglans  regia-
chin yong‘oq : J.manshurica- man'juriya yong‘og‘i: J.nigra -qora yong‘oq.  
 
TOLDOShLAR –SALICACEAE 
Morfologik ta'rifi: Toldoshlar oilasiga 3 turkum va 400 dan ortiq tur kira-
di. Ular asosan shimoliy yarim sharning mu'tadil va sovuq iqlimli mintaqalarida 
o‘sadi.  
Barglari oddiy, yonbargchachali poyada ketma-ket joylashgan. Gullari 
boshoq yoki kuchala to‘pgulda joylashgan.Gulqo‘rg‘oni rivojlanmagan, ayrim 
jinsli, ikki uyli o‘simlikdir. Changchisi ikkita yoki ko‘pdir. Urug‘chisi ikkita 
mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali, ko‘p 
urug‘kurtakli. Mevasi ko‘sakcha. Tol turkumiga kiruvchi o‘simliklarning kurtaklari 
bittadan tangacha bargga ega, ular barg chiqarmasdan oldin gullaydi. Terak kurtak-
lari bir necha tangacha barglardan iborat bo‘lib, ular yopishqoq holida bo‘ladi.  
Ahamiyati: Oilaning tol, terak turkumlaridan xalq xo‘jaligida keng foyda-
laniladi. Tolning yog‘ochidan har xil buyumlar yasaladi, shuningdek, ulardan 
qurilish materiallari tayyorlanadi. Ingichka va egiluvchan novadalaridan savat 
to‘qiladi. Terak ham qurilish materiali sifatida xo‘jalikda ko‘p ishlatiladi. Bulardan 
tashqari manzarali o‘simlik sifatida ham shahar va qishloqlarda ariq bo‘ylariga 
ko‘plab ekib o‘stiriladi. 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə