Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37

 82
 
 
 
39- rasm:Barglarning joylashishi: 
а-navbatma-navbat,б-qarama-qarshi,в-xalqasimon 
 
 
 
 
 
 
 


 83
 
 
40-rasm G'oza  bargi anatomik tuziliushi: 
I-barg  tuzilishi,II- barg etining korinishi:1-epidermis, 
2-kutikula,3- ogizcha,4-ustinsimon toqima,5-govak 
tokima,6- asosiy parenxima,7- kollenxima,8-lub, 
9-yogochlik,10-oddiy tukcha 
 


 84
 
 
 
 
41-rasm.Makkajoxori bargining tuzilishi : 
1-ustki epidermis,2-motor xujayralar,3-mesofill,4-otkazuvchi boglam, 
5-otkazuvchi biglamni orab oluvchi mezofill, 
6-pastki epidermis 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Barg necha qismdan iborat? 
2.Oddiy va murakkab barglarning farqi nimada? 
3.Murakkab barg xillarini aytib bering? 
4.Shakli o‘zgargan barglarga misollar keltiring? 
5.G‘o‘za bargida necha xil to‘qima ishtrok etadi? 
6.Makkajo‘xori bargining to‘qimalari qanday xususiyatga ega? 
 
13-MAVZU: GUL, CHANGChI VA URUG‘ChINING TUZILIShI. 
TUGUNChANING TIPLARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: Gul, changchi va urug‘chining tuzilishini 
tuguncha tiplarini o‘rganish. 


 85
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, luppa, pintset, nina, buyum oynasi, 
qoplag‘ich oyna, fiksirlangan g‘o‘za va beda gullari, doimiy preparatlar, rasmlar, 
jadvallar va boshqa asboblar. 
Umumiy tushuncha: Gul yoniga shoxlash qobiliyatini yo‘qotgan, 
o‘zgargan, qisqargan novdadir. Yopiq urug‘lilarning jinsiy ko‘payishi, gulning 
paydo bo‘lishiga bog‘liq. Gul o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi uchun xizmat qi-
ladigan eng muhim organdir. Gullar ma'lum tuzilishiga ega, bu tuzilish yopiq 
urug‘lilarning har qaysi tiplariga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra sistematikada, 
o‘simliklarning gul va meva tuzilishiga qarab tur, turkum, oila, tartib va boshqa 
sistematik birliklar aniqlanadi. 
Gulning bandi qisqarib, yassi botiq yoki konussimon shakilni oladi, bunga 
gul o‘rni deyiladi. Gul o‘rinda gulkosa, gultoji, changchi va urug‘chilar joylashgan 
bo‘ladi. 
Gulkosacha va gultoj barglari gulqo‘rg‘on deb ataladi. Gulqo‘rg‘on gulk-
osacha va gultojidan tashkil topgan bo‘lsa, ikki qavatli gul deyiladi. (g‘o‘za, olcha 
gullari).  
Agar ikkisidan biri mavjud bo‘lsa, oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. (lola sho‘ra 
gullari). Ayrim o‘simlik gulqo‘rg‘onlari qisqarib, hatto yo‘qolib ketadi. (Masalan, 
bug‘doy, tol, terak gullari ). Bular qavatsiz gullar deyiladi. Gullar to‘liq va to‘liqsiz 
gullarga bo‘linadi. (Gulbandi, gulo‘rni, gulkosacha, gultoj, changchi (androtsey) va 
urug‘chi (ginetsey) lardan iborat bo‘lgan gullar to‘liq gullar deyiladi. Masalan, 
g‘o‘za, olma, gilos, o‘rik gullari. Agarda gul a'zolaridan biri mavjud bo‘lmasa 
to‘liqsiz gullar deyiladi. qovoq, lola, tol, terak gullari). 
Gul tuzilishining umumiy xususiyati va simmetriyasiga qarab to‘g‘ri (ak-
tinomorf) gul va noto‘g‘ri (zigomorf)larga bo‘linadi. To‘g‘ri gultojlarning hamma 
tojibarglari bir xil bo‘lib, gul yuzasidan bir nechta teng qismga bo‘ladigan bir 
qancha simmetrik chiziq o‘tkazish mumkin (g‘o‘za, olma, lola, qovoq gullari). No-
to‘g‘ri (zigomorf ) gullarning tojibarglari bir xil emas va uni teng ikki qismga 
bo‘luvchi bittagina chiziq o‘tkazish mumkin (masalan, beda, no‘xot, movrak, ray-
hon gullari). 
Ba'zi o‘simliklar gulining gultojisidan bitta ham simmetrik chiziq o‘tkazib 
bo‘lmaydi. Bunday gullar assimmetrik gul deyiladi (kanna, valeriana gullari). 
СhANGChINING TUZILIShI. 
Changchi (androtsey) gul qavatlarining ichki tomonida joylashadi. Chang-
chi changchi ipi, bog‘lagich va changdondan iborat. Changchi ipining changdonga 
birikkan joyi bog‘lagich deb ataladi. Changdonlarda ko‘plab mayda changlar-
mikrosporalar rivojlanadi. 
Changdonlar ikkita chang xaltachalardan tashkil topib, ularning ichida 
chang bo‘ladi. Changchilar gul o‘rnida doira yoki spiral shaklida joylashadi. Ular 
erkin yoki bir biriga qo‘shilib o‘sgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, g‘o‘za gulida 
changchilar qo‘shilib naycha bo‘lib o‘sadi, dukkakdoshlarda esa to‘qqizta changchi 
birga qo‘shilib o‘sadi, o‘ninchisi alohida (erkin)o‘sadi. 
Chang xaltachalarining ichki bo‘shlig‘ida chang donasi etiladi, chang do-
nasi etilgan vaqtda changdon chatnab ketadi. 


 86
СhANG DONASI. Har xil o‘simliklarda chang donachalarining shakli tur-
licha bo‘ladi. Ular yumaloq, sharsimon, cho‘ziq, uchqirrali, ko‘p qirrali bo‘lishi 
mumkin. Chang donasi odatda sariq, oq, ko‘kish, qizg‘ish va boshqa ranglarda 
bo‘ladi. Katta kichikligi 8–800 mikrongacha etadi. Еtilgan chang donasining hu-
jayrasi bitta yadroli va qo‘sh (tashqi va ichki )qobiqli bo‘ladi. Tashqi qobiq -ekzina 
deb ataladi. Unda har xil o‘siqlar, tikanlar va ninalar bo‘lib, bular changning tum-
shuqchaga yopishishi uchun yordam beradi. Ichki qobiq -intina deb ataladi. Chang 
donasi tarkibida bitta yadroli quyuq tsitoplazma, moy tomchilari, kraxmal 
donachalari bo‘ladi. 
URUG‘ShINING TUZILIShI. 
Urug‘chi (ginetsey) bitta yoki bir nechta bo‘lib gulo‘rnining ichki qismida 
o‘rnashgan bo‘ladi. Har bir urug‘chi bitta yoki bir nechta urg‘chi bargidan rivojla-
nadi. Urug‘chi uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Tugun-
cha urug‘chining asosiy qismi hisoblanadi. Tumshuqchaning vazifasi changni 
qabul qilishdir, ustuncha esa qabul qilingan changni tugunchaga o‘tkazib beradi. 
Tuguncha gul o‘rnida joylashishiga qarab ustki tuguncha, o‘rta tuguncha va ostki 
tugunchaga ajratiladi..Tuguncha gulning ustki qismida o‘rnashgan bo‘lib, gulning 
qolgan qismlari esa (changchi, gulqo‘rg‘onlari) uning ostida o‘rnashgan bo‘lsa, 
ustki tuguncha deyiladi (olcha,o‘rik,gilos gullari). Gulo‘rni chuqur ko‘zacha 
shaklida bo‘lib, lekin urug‘chi tuguni bilan birlashmagan, shu gulning boshqa 
qsimlari tugunchaning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, o‘rta tuguncha deyiladi. Guln-
ing boshqa qismlari tuguncha ustida o‘rnashgan bo‘lsa, ostki tuguncha deyiladi. 
(Masalan, qoqio‘tda, olmada, behida, bodring, qovoqda). 
URUG‘KURTAK TUZILIShI VA TIPLARI. 
Yopiq va ochiq urug‘lilarning urug‘ ko‘rtagi tuzilishi jixatidan bir-biriga 
ancha o‘xshashdir. Biroq ochiq urug‘lilarning urug‘kurtagi katta va oziq moddaga 
boy, integumenti bir qavat bo‘lishi bilan farq qiladi. 
Yopiq urug‘lilarning urug‘kurtagi mayda, oziq modda to‘plamaydi, chunki 
urug‘chining tugunchasida urug‘kurtakning rivojlanishi uchun yaxshi muhit 
yaratilgan. 
Urug‘kurtak asosan megasporangiy (nutsellus )va uni o‘rab olgan integu-
mentdan iborat. Integument uchining qirrasi ochiq qolgan joyi mikropil (chang yo-
ki urug‘ yo‘li) deyiladi. Urug‘ kurtakning ostki qismi, ya'ni funikulusga o‘tish joyi 
esa xalaza deyiladi. 
Urug‘kurtaklarning 3 ta morfologik tipini ko‘rib chiqamiz. 
1.Ortotrop, ya'ni to‘g‘ri urug‘kurtakning chang yo‘li funikulusga per-
pendikulyar joylashgan. Ortotrop, urug‘kurtak yong‘oq va chinor o‘simliklarida 
uchraydi. 
2.Anatrop, ya'ni teskari urug‘kurtakning chang yo‘li pastga qarab 180
0
 ga 
egilib platsentaga yaqin, funikulus yoniga qator joylashgan. Anatrop urug‘kurtaklar 
asosan ikki pallali o‘simliklarda mavjud. 
3.Gemitrop urug‘kurtakning chang yo‘li 90
0
 egilib qiyshaygan ko‘rinadi. 
Gemitrop urug‘kurtakni ituzumdoshlar, govzobondoshlar va labguldoshlar oilala-
rining vakillarida ko‘rishimiz mumkin. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə