Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37

 61
 
 
 
      25-rasm:    Qovoq ildizning ikkilamchi tuzilishi: 
            1-dastlabki yogochlik,2-lub,3-ikkilamchi 
           Yogochlik,4-periderma,5-chechevichka, 
           6-kambiy,7-ozak nurla 


 62
 
26-rasm: Sabzi ildizning ikkilamchi tuzilishi: 
1-boshlangich ksilema,2-ikkilamchi ksilema,3-radius nurlari,4-kambiy, 
5-Dastlabki va ikkilamchi floema,6-ikkilamchi postloq parenximasi,7- pokak 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 63
 
27-rasm: Turp ildizining ikkilamchi tuzilishi: 
1-dastlabki ksilema,2-ikkilamchi  ksilema,3-radius nurlar,4-kambiy 
5-dastlabki va ikkilamchi floema,6-ikkilamchi postloq parenximasi, 
7-pokak 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Nima uchun ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi deyiladi?   
2.Sabzi ildizmevasi qanday to‘qimalardan tuzilgan? 
3.Sabzi, turp va lavlagi ildizmevalarining ichki tuzilishidagi farq nimada? 
4.Metamorfoz deganda nimani tushunasiz? 
5.Nima uchun sabzi shirin, turp taxirroq va sersuv bo‘ladi? 
 
10-MAVZU: NOVDA, UNING ShAKL O‘ZGARIShLARI, ShOXLANISh 
TIPLARI. BIRLAMShI ANATOMIK TUZILIShI (MAKKAJO‘XORI VA 
BUG‘DOY POYaSI MISOLIDA ). 


 64
 
MAVZUNING MAQSADI: Kartoshka tuganagi, piyozbosh, ajriq ild-
izpoyasi misolida o‘zgargan novdalarni, gerbariylar asosida poya tiplarini va shox-
lanish tiplarini makkajo‘xori va bug‘doy poyasining ko‘ndalang kesmasi asosida 
poyaning birlamchi anatomik tuzilishini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIXOZLAR: kartoshka tuganagi, piyozbosh, ajriq ildizpoyasi, 
gerbariylar, makkajo‘xori, bug‘doy poyasi, mikroskop, floroglyutsin, glitserin, 
xlorid kislota, mayda asboblar, rasmlar va jadvallar.  
Novdaning asosiy vazifasi ildiz bilan barglar orasida moddalarni hara-
katlantirishdir. Poyada o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalar rivojlangan bo‘ladi. 
O‘simlikning yashash sharoitiga qarab novda ichki va tashqi qiyofasini o‘zgartiradi 
ya'ni metamorfozlashadi. Metamorfozlashgan novdalar ko‘rinishiga qarab turli va-
zifani bajaradi.  
ISh TARTIBI:  Еr ustki novdalar ko‘pincha barg shakliga kiradi va barg 
vazifasini bajaradi. kaktus, ruskus. Novdaning gajak yoki tikanga aylanganligini 
uzum, qovoq, do‘lana kabi daraxtlarda uchratish mumkin. Novdaning er ostki 
qismi ham metamorfozlanadi. Piyozbosh – piyoz, lola, sarimsoqlarda va boshqal-
arda, tuganak – kartoshkada, ildiz poya - ajriqda ko‘rishimiz mumkin.  
Shoxlanish tiplari: Novda, asosan o‘simlik tanasidan o‘sib chiqadigan 
shoxchalardir. Ular joylashishiga va rivojlanishiga qarab har – xil shoxlaydi. 
Novdaning shoxlanishi to‘rt xil bo‘ladi: 1) dixotomik, 2) monopodial, 3) simpodi-
al, 4) soxta dixotomik.  
Poya o‘simliklarning er ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo‘lib, bargni ildiz 
bilan morfologik hamda funktsional bog‘laydi. O‘simlik poyalari o‘sish harakteri-
ga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo‘ladi. Poyalarning 
ko‘ndalang kesmasini ko‘rsak, ko‘pchilligi doirasimon ( arpa, bug‘doy ) uch qirrali 
(qiyoq, salomalaykum), to‘rt qirrali ( yalpiz, rayhon) va ko‘p qirrali (qovoq, tar-
vuz) bo‘ladi. 
O‘simlikning hayot kechirishi davriga ko‘ra: daraxt, buta, chala buta va o‘t 
o‘simliklarga bo‘linadi. 
Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Daraxtlar ko‘p yillik 
bo‘lib, yuqori qismi shoxlanib shox-shabba ko‘rinishini oladi. Masalan: terak, ol-
ma, nok va boshqa daraxtlar. 
Buta o‘simliklar ham  ko‘p yillik bo‘lib, asosiy poya yaxshi taraqqiy 
etmaydi va ildiz bo‘g‘zidan bir nechta poya hosil bo‘ladi. Poyasining er ustki va 
ostki qismi yog‘ochlanadi. Atirgul, anor, bodom, kabi o‘simliklar shular 
jumlasidandir. 
Shala buta o‘simliklarida poyaning pastki qismi yog‘ochlanib, qishlaydi. 
Erta ko‘klamda mana shu sovuq urmagan qismidagi kurtaklar ko‘kara 
boshlaydi.Bular jumlasiga cho‘l shuvog‘i, izen', sho‘rak kabi o‘simliklar kiradi. 
 
 
POYaNING BIRLAMShI ANATOMIK TUZILIShI
 
UMUMIY TUShUNShA: Poyaning ichki tuzilishi eng yosh- uchki qismi-
dan boshlab o‘rganiladi, poyaning eng uchki qismida kurtak bo‘lib, kurtakda yosh 


 65
xali yozilmagan barglar bilan o‘ralgan holda poyaning o‘sish konusi joylashgan 
bo‘ladi. O‘sish konusida birlamchi hosil qiluvchi to‘qima- meristema joylashadi. 
Poya to‘qimasi 3ta asosiy zonalarga bo‘linadi: 
1.Proderma, (tunika) epidermisni hosil qiladi. 2.Prokambiy o‘tkazuvchi 
to‘qima, peritsikl, floemani, kambiy ksilemani hosil qiladi.3. Asosiy meristema- 
asosiy to‘qima parenximalarini vujudga keltiradi. Uchki meristema hujayralarining 
uzluksiz bo‘linish natijasida poya uchidan o‘sadi, poya bilan barg bir vaqtda 
o‘sadi. Barg o‘tkazuvchi naylar to‘dasi bilan tutash bo‘ladi. 
Poyaning uchki qismidagi tepa meristemadan paydo bo‘lgan hujayralar 
dastlab o‘sadi, keyin esa bulardan har xil vazifalarni bajaruvchi to‘qimalar rivojla-
nadi. Bu to‘qimalarni birlamchi to‘qimalar deyiladi. Umuman olganda  bir pallali 
o‘simliklar poyasida birlamchi qoplovchi to‘qima -epiderma, va birlamchi hosil 
qiluvchi to‘qima- prokambiy bo‘ladi. Prokambiy birlamchi ksilema va floemani 
vujudga kelishga to‘liq sarflanib ketadi. Shuning uchun ham bir pallali o‘simliklar 
poyasining ichki tuzilishi birlamchi anatomik tuzilishiga ega bo‘ladi. 
Oldindan fiksatsiyalab qo‘yilagan makkajo‘xori poyasidan yupqa 
ko‘ndalang kesmalar kesib olinadi. Kesmani buyum oynasidagi suvga qo‘yiladi, 
floroglyutsin va xlorid kislota ta'sir ettirib, ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. Tayyor 
bo‘lgan preparatni mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘rsak, uni quyidagi 
to‘qimalardan tashkil topganligini ko‘ramiz. Poyaning sirtqi qismi bir qator hujay-
ralardan iborat, epidermadan tuzilgan bo‘ladi. Epiderma ostida hujayralarning 
po‘sti qalinlashib yog‘ochlangan mexanik to‘qima- sklerenxima joylashadi. Bu 
to‘qima floroglyutsin va xlorid kislota ta'sirida qizil rangga kiradi. Sklerenxima os-
tida yupqa po‘stli, tirik hujayralardan iborat asosiy parenxima to‘qima joylashgan. 
Bu hujayralar o‘zida shakar moddasini to‘playdi. Parenxima hujayralari oralig‘ida 
o‘tkazuvchi naylar to‘dasi sochilgan holda joylashgan bo‘ladi. O‘tkazuvchi naylar 
to‘dasi mexanik to‘qima hujayralari bilan o‘ralgan. Mikroskopning katta qilib 
ko‘rsatadigan ob'ektivida tekshirilsa, o‘tkazuvchi naylar to‘dasining bir tomonida 
qizil tusdagi birlamchi ksilemaning naylari, ikkinchi tomonida esa naylarning 
bo‘yalmagan lub hujayralari va elaksimon naylarini ko‘rishimiz mumkin. Barcha 
o‘tkazuvchi naylar to‘dasi yopiq kollateral tipda bo‘ladi. Ksilema va floema 
orasida kambiy bo‘lmaydi. Demak, prokambiy hujayralarining hammasi 
to‘qimalarga aylanadi va o‘tkazuvchi naylar to‘dasining to‘qimalari birlamchi 
bo‘ladi. 
Bug‘doy poyasining ichki tuzilishini o‘rganish uchun uning eng ustki 
bo‘g‘im oralig‘idan ko‘ndalangiga yupqa kesma tayyorlanadi, kesma yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilgan usullarda bo‘yaladi. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopda 
ko‘riladi. 
Bug‘doy poyasining tashqi tomoni ham epiderma bilan qoplangan. Epi-
derma hujayralari orasida og‘izchalar joylashgan. Og‘izchalar assimilyatsion 
to‘qimalarga taqaladi. Epidermis ostida esa bir necha qavat xalqasimon bo‘lib, 
mexanik to‘qima sklerenxima joylashadi. Sklerenxima poyaga mustahkamlik berib 
turadi. Sklerenximadan ichkariroqda asosiy parenxima joylashadi, bu to‘qimada 
yopiq kollateral nay-tola bog‘lamlari poyada tartib bilan joylashadi. Daftarga 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə