Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37

 44
simon, xalqasimon, spiralsimon va boshqa shakildagi naylar xizmat qiladi. Radius 
nurlari-tirik va o‘lik parenxima hujayralardan tuzilgan, tirik hujayralarda zapas 
oziq moddalar chegaradan markazga harakat qiladi. O‘lik hujayralarda istemol 
moddalar markazdan chegaraga qarab harakat etadi. 
Qovoq poyasini bo‘yiga kesmasini o‘rganish. 
Ish tartibi. Qovoq poyasidan bo‘yiga bir nechta kesik tayyorlab, buyum 
oynasidagi suv tomchisiga qo‘yib, ustidan qoplag‘ich oyna bilan yopamiz. Tayyor-
langan preparatni dastlab mikroskopning kichik ob'ektivida so‘ngara katta ob'ek-
tivda ko‘riladi. O‘tkazuvchi to‘qima naychalarining rasmi chiziladi. 
 
O‘TKAZUVShI BOG‘LAMLAR. 
UMUMIY TUShUNShA: O‘tkazuvchi bog‘lamni o‘simliklarda ikkita 
asosiy qism tashkil etadi. 1).Ksilema (yog‘ochlik), 2).Floema (lub). O‘tkazuvchi 
bog‘lam orasida boshqa to‘qimalar tirik parenxima, sut naylari, sklerenxima ham 
bo‘ladi. Yog‘och va lub to‘qimalari murakkab to‘qimalardir, bularning tarkibiga 
o‘tkazuvchi, mexanik, zahira oziq saqlovchi to‘qimalar kiradi. 
Yog‘ochlik to‘qimalari 3 quyidagi to‘qimalardan tuzilgandir: 
1.Suv naylari yoki traxeidlar. Bular ko‘tariluvchii oqimni bajaradi. 
2.Yog‘och parenximasi. Bular zahira oziq to‘playdi. 
3.Yog‘och tolalari – zichlik beradi. 
Lub to‘qimasining tuzilishida ham 3 xil hujayralar ishtirok etadi: 
1.Elaksimon naylar (tushish oqimini bajaradi). 
2.Lub parenximasi (zahira oziq to‘playdi). 
3.Lub tolalari (zichlik beradi). 
Boshlang‘ich lublarda lub tolalari bo‘lmaydi. 
Ksilema va floemaning tolali naylari bog‘lami har xil o‘simliklarda har xil 
tuzilgan, kontsentrik, kollaterial, bikollaterial va radial tip bog‘lamlar bor. 1). 
Bog‘lamdagi ksilema floemani yoki floemani ksilema o‘rab olgan bo‘lsa kontsen-
trik bog‘lam deyiladi. Bunday bog‘lam bir pallalik o‘simliklarda va paporotniklar-
da uchraydi. 
2).Floema bilan ksilema yonma-yon joylashib, ichki tomonda ksilema, 
tashqi tomonda floema joylashsa kollaterial o‘tkazuvchi bog‘lam deyiladi. Bu 
bog‘lamning asosiy qismini ksilema tashkil etadi. Ildizning birlamchi tuzilishida 
ksilema ildiz markazida radial nurlar hosil qilib joylashib ksilema nurlari orasida 
floema bo‘ladi. Bu bog‘lamni radial bog‘lam deyiladi. Bunday bog‘lam yuksak 
o‘simliklar ildizlarida va plaunlar poyasida uchraydi. 
Tarkibida kambiy bo‘lgan eniga o‘sadigan bog‘lamga ochiq bog‘lam 
deyiladi. Yopiq o‘tkazuvchi bog‘lamda floema bilan ksilema orasida kambiy qavati 
bo‘lmaydi va eniga o‘sa olmaydi. Bu yopiq bog‘lam bo‘lib, bir pallali 
o‘simliklarda uchraydi. 
 
 
 
 
MAKKAJO‘XORI POYaSINING YoPIQ BOG‘LAMINI O‘RGANISh. 


 45
 
ISh TARTIBI: Makkajo‘xori poyasini bo‘yiga kesib preparat tayyorlab 
olamiz. Makkajo‘xori poyasidan tayyorlangan preparatni mikroskopni kichik 
ob'ektivida keyin esa katta ob'ektiviga o‘tkazib ko‘ramiz. Uning asosiy parenxima 
hujayralari oraliqlarida esa bir qancha yopiq bog‘lam borligini ko‘ramiz. 
O‘tkazuvchi bog‘lam po‘sti qalin bo‘lib, unda ikkita yirik teshikli nay ko‘rinib tu-
radi. Bu naylar orasida yupqa po‘stli, tsitoplazmalari ko‘p bo‘lgan parenxima hu-
jayralari va diametri kichikroq ko‘rinishga ega bo‘lgan, spiralsimon va xalqasimon 
bir nechta naylar borligi ko‘rinadi. Bularning hammasi ksilema elementlaridir. Ksi-
lema bilan floema tutashgan joyida, kambiy xalkasi bo‘lmaydi. Floema tarkibida 
plastinka shaklidagi to‘rsimon to‘siqchali naychalar bo‘lib, bularga tsitoplazma bi-
lan to‘lgan yo‘ldosh hujayralar kelib tutashadi. Ichida zahira moddalari bo‘lgan 
parenxima hujayralari ham floemaga kiradi. Makkajo‘xorining lub to‘qimalarida 
lub tolalari bo‘lmaydi. Ksilema va floemani po‘sti qalin bo‘lgan mexanik to‘qima 
sklerenxima o‘rab turadi. 
Makkajo‘xorining mikroskopda ko‘ringan yopiq o‘tkazuvchi bog‘lami 
daftarga chizib olinadi nomlari yoziladi.  
Qovoq poyasidagi bikkolaterial bog‘lamni o‘rganish. 
Qovoq poyasidan yupqa kesib olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga 
qo‘yamiz va qoplag‘ich oyna bilan ustidan yopamiz bu tayyorlangan preparatni, 
mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘ramiz. Qovoq poyasida bikkollaterial 
bog‘lam ikki qator bo‘lib joylashadi, ichkisi yirik, tashqisi mayda bo‘ladi. Biz 
mikroskopda tashqi mayda bog‘lamni va elaksimon floema naylarini ko‘rishimiz 
mumkin. 
Ksilema tarkibiga hujayra po‘sti har xil qalinlikda bo‘lgan spiralsimon 
to‘rsimon, xalqasimon va suv naylari kiradi. 
Naylar atrofida va spiralda hujayra po‘sti qalinlashgan yog‘ochlik tolalari 
joylashadi. Ochiq bog‘lamda lub bilan yog‘ochlik orasida kambiy joylashadi. 
Kambiy ichkariga yog‘ochlik hujayralarini tashqi tomonga lub hujayralarini hosil 
qiladi. Yo‘g‘onlashish yog‘ochlik va lubni ko‘payishi hisobiga bo‘ladi. Kambiydan 
paydo bo‘lgan bu yangi elementlar ikkilamchi lub va ikkilamchi yog‘ochlikka 
aylanadi. Bunday o‘tkazuvchi bog‘lam ochiq bog‘lam deyiladi. 
Qovoq poyasidagi o‘tkazuvchi bog‘lamni mikroskopda ko‘rinishi rasmi 
chiziladi va nomlari yozib qo‘yiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 46
 
 
 
 
14-rasm:Kollenxima 
A-kichik ob'ektivdagi ko^rinishi,Б-katta ob'ektivdagi korinishi 
 
 
 
 


 47
 
 
15-rasm:Sklerenxima va yogochli tola: 
A-Б-kondalang kesimi ,B- boyiga kesimi 
1-hujayra pusti,2-sodda teshikcha,plazmadesma,3-hujayra boshligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə