Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37

 33
qo‘yiladi, ninada to‘g‘rilab usti qoplag‘ich oyna bilan berkatiladi. Dastlab mikros-
kopning kichik, keyin katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivida ko‘riladi. Geran epi-
derma hujayralarining shakli noto‘g‘ri va hujayra po‘sti ham egri bugri ekanligi 
ko‘rinadi. Epiderma hujayralari o‘zaro zich joylashgan bo‘lib, ularning orasida 
bo‘shliq yo‘q. Epidermis hujayralarining po‘sti yupqa, ichidagi tsitoplazma va 
yadrosi ko‘rinib turadi. Hujayralar orasida og‘izchalar bo‘lib, shakli va yirikligi ji-
hatidan epiderma hujayralaridan ajralib turadi. Epidermis sirti tukchalar bilan 
qoplangan. Tukchalar to‘g‘ri, shoxlangan boshchali, yulduzsimon shakldagi bir hu-
jayrali, ko‘p hujayrali, oddiy va bezli bo‘ladi. Bezli tuk epidermis hujayralarining 
alohida o‘sishidan hosil bo‘ladi. Oddiy tukcha tirik va o‘lik bo‘ladi, o‘lik tukchada 
protoplast bo‘lmaydi, ichki bo‘shlig‘i havo bilan to‘lib qoladi. Yosh barglarda 
oddiy tukchalar quyosh nurini singdirib bug‘lanishini susaytiradi. Bezli tukchalar 
efir moy ajratib, o‘simlikni hayvonlar tomonidan shikastlanishdan saqlaydi. 
Shuningdek, bug‘lanuvchi modda ajratib barg va poya haroratini pasaytiradi. 
Mikroskopda epidermis hujayralarning shaklini va ulardan hosil bo‘lgan sodda 
bezli tukchalarini, ust'itsalarini aniqlab, rasmini daftarga chizing va nomlarini 
ko‘rsatib yozing. 
B) G‘o‘za bargi tukchalarini o‘rganish. 
G‘o‘za bargidan nina uchi bilan shilib olingan epidermis buyum oynasidagi 
suv tomchisiga joylashtirib preparat tayyolanadi va mikroskopda tekshiriladi. Epi-
dermisda ko‘p miqdorda oddiy va bezli tukchalar ko‘rinadi. G‘o‘za bargida bu tuk-
chalar asosan barg tomiri ustiga joylashgan bo‘ladi (shuning uchun barg tomiri te-
varagidagi epidermani olib tekshirish kerak). Oddiy tukchalar 4-5 tadan guruh 
bo‘lib joylashadi. Bezli tukcha yupqa po‘stli bir nechta tirik hujayralardan tashkil 
topgan. Bezli tukchalar ichidagi ortiqcha suyuqlikni  chiqarib turadi. Preparat usti-
dagi qoplag‘ich oynaning cheti sal ko‘tarilib, fil'tr qog‘oz vositasida suvi tortib oli-
nadi, so‘ngra unga sudan III reaktivi tomizilsa, tukcha bo‘yalib yaqqol ko‘rinadi. 
Mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘rib g‘o‘za bargidagi bezli tukchalar 
tuzilishlari bilan tanishiladi va rasmi daftarga chizib olinadi. 
PЕRIDЕRMA VA PO‘STLOQ. 
Kelib chiqishi ikkilamchi bo‘lgan qoplag‘ich to‘qima periderma deyiladi. 
Bu to‘qima o‘ziga xos  tuzilishga ega  bo‘lib, uchta qavatdan iborat: 1-sirtqi qavat- 
po‘kak yoki fellema, ya'ni po‘sti po‘kaklashib qo‘ng‘ir tusga kirgan o‘lik hujay-
ralar qatlami; 2-fellogen yoki po‘kak kambiysi-bo‘linadigan, quyuq protoplazma 
va yadrosi bo‘lgan tirik hujayralarning o‘rta eng yupqa qavati: 3-felloderma- fel-
logendan hosil bo‘lgan ichki tirik hujayra qavati. 
Fellogen ichkariga qarab tirik xlorofilli parenximatik hujayralarni hosil qi-
ladi. Bu hujayralar siyrak joylashib, ular orasida hujayralararo bo‘shliqlar qoladi. 
Bu to‘qima felloderma deyiladi. Demak, fellogen, po‘kak (fellema) hamda fel-
lodermani birgalikda periderma deyiladi. 
Yasmiqchalar (chechivichkalar). Birlamchi qoplovchi to‘qima (epi-derma) 
dagi og‘izchalar poyada bargdagiga nisbatan kamroq bo‘ladi va keyinchalik epi-
derma bilan birga to‘kiladi. Biroq epidermadagi ba'zi bir og‘izchalar ostidagi 
birlamchi parenxima hujayralaridan maxsus guruh xlorofilsiz hujayralar hosil 
bo‘ladi. Ular kengayadi, bu hujayralar bir-biridan ajralib, sharsimon shaklga kiradi. 


 34
Ana shu hujayralar ostida yasmiqchalar fellogen rivojlanadi.bunday hujayralar ba-
jaruvchi to‘qima deyiladi. Natijada bajaruvchi hujayralar po‘sti po‘kaklashadi va 
ichi havo bilan to‘ladi, ular orasida ko‘p miqdorda hujayralararo bo‘shliqlar 
vujudga keladi va shu joy bo‘rtadi, epiderma yoriladi, hosil bo‘lgan yoriqli bo‘rtma 
yasmiqcha deyiladi. Tashqi muhit bilan poyani ichki to‘qimalari orasida havo al-
mashinuvi jarayoni shu yasmiqchalar orqali bo‘ladi. 
Yasamiqchalarni marjon daraxti –buzinada ko‘rishimiz mumkin. 
QURUQ PO‘STLOQ; Daraxtlarning poyasi kambiy qavatining uzluksiz 
rivojlanishi natijasida doimo eniga o‘sib yo‘g‘onlashib turadi va shuning natijasida 
2-3 yildan so‘ng periderma yoriladi. Poya po‘stlog‘ining ichki qatlamlaridan yangi 
fellogen hosil bo‘ladi va undan yangi po‘kak qavati rivojlanadi, vaqt o‘tishi bilan 
tashqi tomonda joylashgan po‘stloqning hamma to‘qimalari, fellogen va felloder-
malar ham o‘ladi shu po‘stloqning o‘lik to‘qimalari yig‘indisi quruq po‘stloq 
deyiladi. 
TUT PO‘STLOG‘INI O‘RGANISh: 
Keksa tut po‘stlog‘idan olib probirkadagi glitserin aralash spirtga bir necha 
kun solib qo‘yiladi yoki uni bir necha minut qaynatamiz, natijada po‘stloq yum-
shaydi. So‘ngra uning usti lantsetda tekislanadi va undan bir nechta yupqa kesiklar 
tayyorlanadi. Bu kesiklardan bittasi buyum oynasidagi glitserin tomchisiga qo‘yib 
va usti qoplag‘ich oyna bilan yopilib, mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘riladi. 
Bunda sariq tusdagi po‘stloqning ketma-ket joylashgan po‘kak hujayralari yaqqol 
ko‘rinadi. Po‘kak qavatlari orasida o‘lib qolgan parenxima hujayralari bo‘lib, ular 
ichida lub to‘qimasi ora-sira ko‘rinib qoladi. Po‘kak qavatining bukilgan joylarida 
toshsimon hujayralar guruhi bo‘ladi, bu hujayralar atrofida ba'zan romb shaklida 
oddiy kristallar ko‘rinadi. Po‘stloqning ko‘ndalang kesimida o‘zaro tutashgan 
po‘kak ham ko‘rinib turadi. Po‘stloqning yosh qismlarida peridermaning barcha 
bo‘laklari, ya'ni po‘kakdan tashqari fellogen va felloderma to‘qimalari ham yaqqol 
ko‘rinadi. 
Po‘kakning tashqi qavati bir muncha mayda hujayralardan iborat bo‘ladi, 
bu ham asta-sekin qurib o‘lib ketadi. Po‘kak to‘qimaning ayrim hujayralari uzilib 
ketib chechevichka(yasmiqcha) hosil etadi, shu chechevichka orqali havo almashib 
turadi. Po‘stloq va periderma to‘qimalarining rasmi chiziladi va nomlari yoziladi. 
 
 
 
 
ASOSIY TO‘QIMALAR; 
 
UMUMIY TUShUNShA. Asosiy to‘qima parenxima hujayralaridan iborat 
bo‘lib, hujayra shakli ko‘p qirrali, sharsimon, dumaloq sal cho‘zinchoqroq bo‘ladi, 
o‘tkir uchlisi bo‘lmaydi. Hujayra po‘sti tsellyulozadan iborat. Asosiy parenxima 
hujayralari tirik, ichida protoplast, plastidalar va zapas oziq moddalar bor. Paren-
xima hujayralari orasida havo yo‘liga aylangan bo‘shliq ko‘p bo‘ladi. Hujayralara-
ro bo‘shliqning vazifasi hujayrada havo  almashinishini engillashtirishdir. Boshqa 
barcha to‘qimalar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turadigan asosiy parenximada 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə