Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37

 73
KAMBIYNING IShI. Po‘stloq bilan yog‘ochlik o‘rtasida tirik hujay-
ralarldan iborat kambiy joylashadi. U o‘zidan tashqariga ikkilamchi floemani, 
ichkariga esa ikkilamchi ksilemani hosil qiladi. Kambiy hujayrasi mitoz yo‘li bilan 
ikkiga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan hujayralardan biri kambiy xalqasi hujayrasi bo‘lib 
qoladi. Poyaning ko‘ndalang kesigining markaziga yaqin turgani kambiy hujayrasi 
bo‘lib qolsa, tashqisi esa floemani hosil qiladi. Agar bu hujayraning tashqisi 
kambiy bo‘lib qolsa, ichki tomondagisi ksilema elementlariga aylanadi. Odatda, 
kambiy ksilemani ko‘proq hosil qiladi. Bir yil mobaynida hosil bo‘lgan bitta floe-
ma hujayrasi 2-4 ta ksilema hujayrasiga to‘g‘ri keladi. 
Kuz va qish oylarida o‘simliklarda kambiy xalqasi ta'siri sezilmaydi. Ba-
horda o‘simlik tanasida suv harakatining boshlanishi bilan kambiy o‘z ishini 
boshlaydi. Erta ko‘klamda kambiydan hosil bo‘lgan ksilema naylari yirik (naylar 
teshigining diametri 0,2 mm gacha bo‘ladi). Yozda esa ular bir muncha maydala-
shadi (nay teshigi diametri 0,01 mm. Kuzga borib esa kambiy hujayralari 
bo‘linishdan to‘xtaydi. Natijada yillik xalqa hosil bo‘ladi. Erta bahorda yana shu 
jarayon takrorlanadi. 
Poyaning ko‘ndalang kesmasidagi yillik xalqalarga qarab o‘simlik yoshini 
aniqlanadi. G‘o‘za poyasining ko‘ndalang kesmasini rasmini chizing va undagi 
to‘qimalarning nomini yozib qo‘ying. G‘o‘za aslida ko‘p yillik bo‘lib, vege-
tatsiyasining o‘rtalarida epiderma o‘rniga ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma 
hosil bo‘ladi. 
 
TUT DARAXTI POYaSINING ANATOMIK TUZILIShI. 
Maxsus tayyorlangan doimiy preparatni ichki tuzilishini mikroskopda 
ko‘rsak, tut daraxti poyasining ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishiga 
o‘xshashligini va quyidagi qismlardan tuzilganligini ko‘ramiz. 
1.Periderma: 2.Po‘stloq: 3.Kambiy: 4.Yog‘ochlik: 5.O‘zak.  
Periderma 3ta to‘qimadan 1.po‘kak, 2.Fellogen, 
3.Fellodermadan tashkil topadi. 
O‘simlik tanasini tashqi tomondan periderma o‘rab turadi. Peridermaning 
tashqi qismida hujayralari bir-biriga zich joylashgan, bir necha hujayralar to‘plami 
– po‘kak joylashadi. Po‘kak hujayralari po‘sti yog‘simon suberin moddasi bilan 
to‘yingan ichi havo bilan to‘lgan o‘lik hujayralardir. 
Po‘kak peridermaning asosiy qismlaridan bir bo‘lib,o‘simlik tanasini har 
xil infektsiyalardan va mexanik ta'sirlardan saqlaydi. Po‘kak hujayralarining ichi 
havo bilan to‘la bo‘lishligi issiqlikni kam o‘tkazishga,hujayra po‘stida suberin 
qatlami bo‘lishi, suv va havoning kam o‘tishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa 
o‘simlikni ortiqcha suvni yo‘qotishdan saqlaydi. 
 
 
 
 


 74
 
 
 
34-rasm: Go'za poyasining ikkilamchi tuzilishi: 
1-o'zak,2-dastlabki yogochlik,3-yogochlik tolalari
4-radial nur,5-suv naylari,6- ikkilamchi yogochlik, 
7- kambiy, 8- ikkilamchi lub,9-dastlabki lub, 
10-postloq parenximasi, 11-pokak 
 
 
 
 
 
 
 


 75
                        
 
 
35-rasm : Tut darxti,tort yillik novdasining kondalang kesimi: 
1-ozak,2-dastlabki yogochlik,3- ikkilamchi yogochlik, 
4-kambiy,5- ikkilamchi lub,6- kochma qobiq,7-yillik xalqasi, 
8-koklamgi yogochlik,9- kuzgi yogochlik,10-sutlama naylar, 
11-lub tolalari 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
Poyaning ikkalamchi tuzilishi deganda nimani tushinasiz? 
Birlamchi ksilema bilan ikkalamchi ksilemaning farqi nima? 
Kambiy vazifasi nima? 
Yillik xalqalar qanday hosil bo‘ladi? 
 
12-MAVZU: BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILIShI. 
(G‘O‘ZA VA MAKKAJO‘XORI MISOLIDA). 


 76
 
MAVZUNING MAQSADI: Pomidor, o‘rik, yong‘oq, karam, no‘xat bar-
glari misolida oddiy va murakkab barglarni barg joylanishini va shakli o‘zgargan 
barglarni o‘rganish. G‘o‘za va tut bargi misolida ikki pallali o‘simliklar, makka-
jo‘xori bargi misolida bir pallali o‘simliklar bargining anatomik tuzilishini 
o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: g‘o‘za, tut, makkajo‘xori bargi, mikroskop, 
floroglyutsin, glitserin, xlorid kislota, mayda asboblar, rasmlar va jadvallar, lupa, 
gerbariylar. 
UMUMIY TUShUNShA: Barg o‘simlik hayotida eng muhim vazifalardan 
biri fotosintez va suv bug‘latish (transpiratsiya) vazifasini bajaradi. Novdaning 
o‘sish konusidagi meristema hujayralaridan boshlang‘ich bargchalar hosil bo‘ladi. 
Boshlang‘ich bargchalar hosil bo‘lishi bilan barg plastinkasi, bandi va yon 
bargchalar shakllana boshlaydi. Demak, gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan 
bargi quyidagi qismdan: barg plastinkasi, barg bandi, yon bargchalardan iborat 
bo‘ladi. 
Barg plastinkasi har xil shaklga ega. Barg plastinkasi bilan novda o‘rtasida 
barg bandi bo‘ladi. Barg bandi bargni yaxshi joylanishiga imkon yaratadi. Ba'zi 
o‘simliklarda barg bandi bo‘lmaydi, bunday barglarni bandsiz (o‘troq) barglar 
deyiladi. Ularni piyoz, bug‘doy, makkajo‘xori kabi o‘simliklar  barglarida ko‘rish 
mumkin. 
Ayrim o‘simliklarda barg bilan poya qo‘shilgan joyidan alohida o‘simtalar 
chiqadi, bular yon bargchalar deyiladi. 
Bargning eng muhim qismi plastinkasi bo‘lib, uning shakli, kattaligi 
o‘simlik turiga, yashash sharoitiga qarab har xil bo‘ladi. Ular shakliga ko‘ra 
yuraksimon, lantsetsimon, ovalsimon, nayzasimon kabi ko‘rinishlarga ega. 
Barglarning shakli xilma-xil bo‘lishiga qaramay barg bandidagi 
plastinkalar soniga qarab ikki guruhga bo‘linadi:  
1.Barg bandida bitta barg joylashsa oddiy barg deb ataladi (o‘rik, nok, 
g‘o‘za bargi). 
2.Barg bandida bir nechta barg plastinkasi joylashsa, murakkab barg 
deyiladi. Murakkab barglarning bir necha xillari bor. Uch bargli murakkab barglar-
ga beda, qulupnay barglari misol bo‘ladi. Panjasimon murakkab barg. Bunda aso-
siy barg bandining uchidagi barg plastinkalari panjasimon joylashadi. (nasha, 
kashtan o‘simlik barglari). Patsimon murakkab, barg toq va juft bo‘ladi. Toq 
patsimon murakkab bargda asosiy barg bandiga bargchalar ketma-ket yoki qarama-
qarshi joylashib uchi barg bilan tugaydi. Barg plastinkalar soni toq bo‘ladi. Masa-
lan, akatsiya, yong‘oq o‘simliklari barglari. No‘xot, yasmiq kabi o‘simliklarda esa 
asosiy barg bandining uchi tikan yoki jingalak bilan tugagan. Bularda barglar soni 
juft bo‘ladi. Bunday barglar juft patsimon murakkab barg deyiladi. 
Barg plastinkasi mezofill va barg tomiridan tuziladi. Tomirlar barg 
plastinkasini tik tutib turadi, bukilib ketishdan saqlaydi va o‘tkazuvchi vazifani ba-
jaradi. Barglar tomirlanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: parallel (bir pallalilar sin-
fida), yoysimon (zubturm bargi), patsimon (tol, olma), panjasimon (terak, chinor, 
tok va g‘o‘za o‘simliklari bargida). 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə